Albert Eynshteyndan hayotiy saboqlar to’liq malumot oling
Albert Eynshteyn buyuk olim, bir qator olamshumul fizik qonuniyatlar kashfiyotchisi, bir nechta ilmiy asarlar muallifi sifatida tarixda nom qoldirgan. Uning dono fikrlari, hikmati so‘zlari ham mashhur. Dunyo ko‘rgan donishmand olimning hayotiy tajribalari, tavsiyalari sizu bizga ham foyda berishi shubhasiz.
Mundarija
скрыть
Barchamizda iqtidor bor. Lekin baliqni daraxtga tirmashib chiqish qobiliyati bor-yo‘qligi masalasida muhokama qilsangiz, u o‘zini bir umr lapashang his qilib o‘tadi.
Men hamma bilan bir xil muomala qilaman. Xoh u farrosh bo‘lsin, xoh – universitet rektori.
Tasavvur bilimdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Bilim biz hozir biladigan va tushunadigan narsalargagina tayanadi. Tasavvur esa butun olamni va biz qachonlardir tushanadigan, bilib oladigan narsarni ham qamraydi.
Mantiq sizga A nuqtadan B nuqtaga borib olishingiz uchun yordam beradi. Tasavvur esa butun dunyoni kezishingiz uchun qanot bag‘ishlaydi.
Odam yosh bo‘lgan paytda yolg‘izlik – azob, lekin kamolotga yeta borgani sari uning ilhombaxsh kuchi ortadi.
Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiligiga duch keladi. Chunki o‘rtacha aql egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.
Buyuk shaxslar go‘zal nutqlar vositasida emas, o‘z mehnatlari va ularning natijalari orqali shakllanadi.
Agar bolalaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar yanada aqlliroq bo‘lishlarini xohlasangiz, undanda ko‘proq ertak o‘qib bering.
Bilimni o‘zlashtirish qobiliyatimdan ko‘ra fantaziya qobiliyatim men uchun qadrliroq.
Erishgan barcha yutuqlarim alohida aql sohibi ekanimdan emas. Men masalalarni yechishda uzoq vaqt taslim bo‘lmayman.
Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma’no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir.
Shuhratim oshgani sari siyqalanib boryapman. Afsuski, bu – juda keng tarqalgan holat.
Hech qachon xato qilmagan odam biror-bir yangi narsani hech qachon sinab ko‘rmagan bo‘ladi.
Agar mavzuni oson tushuntira olmasangiz, demak uni yetarli darajada bilmaysiz.
Agar odam jazodan qochish yoki mukofot olish uchungina tartib-qoidalarga rioya qilsa, buning hech bir yaxshi jihati yo‘q.
Aqliy o‘sish tug‘ilgandayoq boshlanishi va faqat o‘lim paytidagina to‘xtashi kerak.
Bizning dunyoimiz yashash uchun xavfli joy. Ayrimlar yomonlik qilayotgani uchun emas, qolgan barcha buni jim kuzatib turgani uchun.
Tabiatga yaxshilab nazar soling, shunda ko‘p narsalarni chuqurroq anglaysiz.
Birinchi galda o‘yin qoidalarini yaxshilab o‘rganib olish zarur. Shundan so‘ng boshqalarga o‘xshamagan holda o‘ynay boshlaysiz.
Bilim bu – maktabda o‘rgatilgan hamma narsa esingdan chiqib ketgandan keyin o‘zingda qolgan narsalardir. Savol berishdan to‘xtamaslik juda muhim. Qiziquvchanlik odamga bejiz berilmagan. Chegaralarini bir marta kengaytirgan idrok hech qachon eski joyiga qaytmaydi.
Biz muammoni yaratgan fikrlash tarzimiz bilan uni hal eta olmaymiz.
Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bog‘langan bo‘lishingiz kerak.
O‘zingni xursand qilishning eng yaxshi yo‘li – boshqa birovga quvonch baxsh etishdir.
Ba’zida bir savol meni o‘ylantirib qo‘yadi: men ahmoqmanmi yoki mendan boshqa hamma?
Tinchlikka kuch bilan erishib bo‘lmaydi. Uni faqat murosa bilangina qo‘lga kiritish mumkin.
Kichik ishlarda haqiqatdan ko‘z yumadigan kishiga muhim ishlarni topshirib bo‘lmaydi.
Ommaga ergashgan odam undan o‘zib ketolmaydi. O‘z ongi bilan harakat qiladigan kishi esa hech kimning oyog‘i yetmagan manzillarga bora oladi.
Intuitsiya – ilohiy ne’mat, mulohazali aql – sodiq xizmatkordir.
Faqat aqlimga tayanganimda, birorta kashfiyot qila olmagan bo‘lardim.
Zakovat o‘qish-o‘rganish emas, unga erishish yo‘lidagi harakatlar mevasidir.
Men hech qachon kelajak haqida o‘ylamayman. Axir u shu yerda va hozirning o‘zida ro‘y beryapti.
Orif Tolib tarjimasi
«Yoshlik» jurnali, 2016 yil, 7-son
Aforizmlar
Albert Eynshteyndan hayotiy saboqlar