Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)
Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)
XX-asrning shubhasiz eng buyuk fiziklaridan bo‘lmish Albert Eynshteynning umr lahzalarini tarixga muhrlagan ushbu oq-qora fotosuratlar, uninng yorqin va murakkab hayot yo‘li haqida tilsiz guvohlik berib turibdi. Quyidagi fotosuratlar, Eynshteyn siymosi, uni o‘rab turgan muhit va olimlar davrasi haqida yorqin tasavvurlar hosil qilishga ko‘maklashadi degan umiddamiz…
1. Albert Aynshteynning otasi German Eynshteyn
2. Albert Aynshteynning onasi Paulina Kox
3. Yosh Albert Eynshteyn singli Alberta-Mariya Eynshteyn bilan
4. Eynshteyn 14 yoshlik paytida
5. Albert Eynshteynga Aarau (Shveytsariya) o‘rta maktabi tomonidan berilgan, tugallangan o‘rta ma’lumot haqidagia shahodatnoma (1896-yil)
6. Albert Eynshteyn do‘stlari bilan. (1903-yil)
7. Albert Eynshteyn 25 yoshlik chog‘ida. (1904-yil)
8. Birinchi Solvey kongressi qatnashchilari. (Bryussel, Belgiya, 1911-yil)
9. Ikkinchi Solvey kongressi qatnashchilari. (Bryussel, Belgiya, 1911-yil)
10. Eynshteynning birinchi xotini Mileva Marich
11. Eynshteyn ikkinchi xotini Elza bilan fotobuxbirlar uchun tabassum qilishmoqda
12. Albert Eynshteyn Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo instituti rahbari Frinst Gaber bilan.
13. Eynshteyn o’zining Berlin universitetidagi kabinetida.
14. Albert Eynshteynning Yerk rasadxonasiga tashrifi (1921-yil)
15. Nyu-Jersidagi Markoni stansiyasi bo‘ylab ekskursiya (1921-yil)
16. Albert Eynshteynning Toxoku (Yaponiya) universitetiga tashrifi (1922-yil).
17. Albert Eynshteyn portreti. 1925-yil
18. Albert Eynshteynning 1930-yildagi fotoportreti
19. Mashhur olimlar Albert Eynshteyn va Nils Bor Bryusseldagi Solvey konressida (1930-yil)
20. Albert Eynshteyn Berlindagi radio-shousini ochib bermoqda
21. Albert Eynshteyn Amerikaga jo‘nab ketmoqda (1930-yil dekabr)
22. Eynshteynni Amerikalik jurnalistlari qurshab olib, nisbiylik nazariyasi haqida batafsil tushuncha berishini so‘rashmoqda. U esa, buning uchun ularga kamida uch kun kerak bo‘lishini aytyapti. (1931-yil)
23. Albert Eynshteyn Amerikalik olimlar Albert Maykelson va Robert Millikenlar bilan.» (1931-yil)
24. Albert Eynshteyn va Nils Bor (1925-yil dekabr)
25. Albert Eynshteyn o‘g‘li va qizi bilan (1930-yil)
26. Albert Eynshteyn (1934-yil).
27. Albert Eynshteyn skripka chalyapti (1941-yil).
28. XX asrning buyuk fizik olimlari Albert Eynshteyn va Robert Oppengeymer Prinston Universitetida ish jarayonida (1940-chi yillar)
29. Nils Bor, Jeyms Frank va Albert Eynshteyn (1954-yil).
Eynshteyning eng so‘nggi fotosuratlaridan biri.
30. Albert Eynshteyn 1947-yilda
31. Eynshteyn Prinston institutida ma’ruza o’qimoqda (40-chi yillar)
32. Eynshteyn skripkada konsert bermoqda (1941 yil)
33. Eynshteynning 70-yillik yubilieyi bn tabriklagani yig’ilgan hamkasblari bilan
34. Albert Eynshteyn va Robindranat Tagor
35. Eynshteyn Venada ma’ruza o’qimoqda (1921-yil)
36. Eynshteyn Barselonada
37. Albert Eynshteyn Leyden universiteti professori Pol Erenfestning uyuda mehmon bo’lmoqda
38. Eynshtey Amsterdamda Piter Zeeman va Pol Erenfestlar bilan fizika laboratoriyasida
39. Eynshteyn vafot etgani haqidagi xabar chop etilgan gazetaning bosh sahifasi
40. Va albatta, Eynshteynning mashhur timsoli — tilini chiqargan daho
O‘sha ma’lum va mashhur fotosurat.
Albert Eynshteyn tilini katta qilib chiqarib turibdi.
Fotosuratga turlicha izoh berishadi.
Ular ichida eng keng tarqalgani va ishonchlisi quyidagicha:
Allaqachon butun dunyoga dong‘i ketgan olim Albert Eynshteyn o‘zining 72-yoshga to‘lishi munosabati bilan Prinston universitetida berilgan ziyofatdan chiqib kelar ekan, uni Artur Sass ismli fotograf ta’qib qilardi. Shunda olim u tomon nogahon kutilmaganda qayrildi va tilini katta qilib chiqarib o‘z kulguli siymosini tarixga muhrladi.
Eynshteyn o‘zi bu fotosuratga shunday sharh bergan: «Siz ko‘rgan narsa — insoniylik ishorasdir. Istalgan oddiy odam ham, zamonamiz diplomatlari uchun imkonsiz bo‘lgan, oddiy insoniy qiliqlarni qila oladi«.
Bu davrda lahzani fotosuratga muhrlash hozirgidek bitta tugmani bosish bilan osongina bajariladigan ish bo‘lmay, balki butun boshli tayyorgarlikni talab qiluvchi 1-3 daqiqalik jarayon bo‘lgan. Fotografning o‘z ortidan qolmayotganini ko‘rgan Eynshteyn uni tayyorlanib ulgurmaydi deb o‘ylagan va bir onga u tomon qayrilib tilini chiqargan. Vaholanki Sass tayyor edi va uning omadi kelib tarixda eng mashhur fotosuratlardan birining muallifiga aylandi. Eynshteyn bu suratdan o‘zining do‘stlariga hazil maktublar yo‘llashda va bayram tabriknomalari tayyorlashda ko‘p foydalangan.
Fotosuratda Eynshteyn avtomobil salonida o‘tiribdi, uning hamrohlari — doktor Eydelot va uning rafiqasi. 14-mart, 1951 yil Prinston.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Horijiy olimlar
Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)
Manba:orbita.uz