
ALAMBARDOR MAQBARASI haqida malumot bilib oling.
ALAMBARDOR MAQBARASI — Turkmanistondagi meʼmoriy yodgorlik (11-a.). Somoniylar sulolasidan Muntasir (1005-y. vafot etgan) dafn qilingan deb taxmin etiladi. Maqbara peshtoq gumbazli, bir xonali, murabba tarxli (10,35×10,35 m), devorlari qalin, gumbaz osti bagʻallariga gʻishtlar mavjli shaklda terilgan. Bosh tarzi uch qismga boʻlingan. Oʻrtadagi chuqur ravokli peshtoq va ikki yonidagi yassi ravoqda gʻishtlar naqsh hosil qilib terilgan.
Ensiklopediya.uz
ALAMBARDOR MAQBARASI