“Al-Xorazmiy buyuk matematik” tadbir ssenariysi
“Al-Xorazmiy buyuk matematik” tadbir ssenariysi 1-boshlovchi: Assalom , ey davramizning eng aziz mehminlari Assalom , ey ilmu-fanning sohibu-davronlari Assalom , aziz do’stlar , ham fikrdosh o’rtoqlar Kechamizga xush kelibsiz , barcha tengdosh o’rtoqlar. 2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz va mehribon ustozlar, hurmatli mehmonlar. Barchangizni “Al-xorazmiy buyuk matematik” deb atalmish kechamizga xush kelibsiz. 1-boshlovchi: Beqiyos o’zbek olimi ,ya’ni vatandoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy tavalludiga bu yil 1231 yil to’ldi. 2-boshlovchi: Bobomiz Xorazmiy ruhin etib shod Durdona so’zlarin bir-bir etib yod Asarlari mag’zini yurakka joylab Qatnashsa kechaga kimki marhamat. 2-boshlovchi: Hammamizga ma’lumki, Al-Xorazmiy bobomiz ham shu mart oyida tavallud topganlar.Bugun biz qo’shaloq bayramni nishonlayapmiz. Shu fursatdan foydalanib iz sdinfimiz bilan sizlarga chiroyli she’rlarimizdan armug’on etamiz. Ruxsat bering boshlamoqqa matematik kechani Turli-tuman savol bilan o’ylataylik barchani. Bobomiz Xorazmiyga bag’ishlangan kechamiz Ko’p bebaho asarlarin ma’nosini yechamiz. Har bir chiqishimizning ma’nosi keng bir jahon Rosa xordiq chiqargaysiz, she’rlarimiz tinglagan on. Qiziq topishmoqlar bilan sinaymiz kuchimizni Tenglama va boshqotirgich charxlaydi aqlimizni. Go’zal Xorazmdan , Ma’mun elidan Xorazmiy , Beruniy avlodlaridan Xivadagi asriy gumbazlardan ham Men sizga keltirdim otashin salom Qo’lim ko’ksimdadir salom assalom. Asrlar ortidan kelar asrlar Unut bo’lar o’tmish, zamon ko’p sirlar Ammo yaratilgan fan asoslarin Asrdan-asrga eltar nasllar. Matematika fani go’zallikka boy juda Go’zal son, go’zal yechim,go’zal chizma Boshqotirgich, sofizm aqlni peshlasagar Topishmoqli misollar o’ylashga majbur eyar. 1-boshlovchi: Buyuk bobomiz al-Xorazmiy jahonning buyuk matemtiklaridan bo’lib , 783- yilda Xorazmda tug’ilfanlar. Ular jahonga tatugulik asarlar yaratib , butun umrlarini ilmu-fanga , yangi madaniyat yaratishga bag’ishlaganlab ,850-yilda vafot etganlar. 2-boshlovchi: Ha, hozirda biz o’ganayotgan “Algebra” faniga asos solganlar, o’nli pozitsion sistemani ham fanga ular kiritganlar. 1-boshlovchi: Endi do’stlarimizdan matematika faniga bag’ishlan gan maqollardan tinglaymiz: Matematik maqollar Yetti o’lchab , bir kes. Sanamay sakkiz dema. Beshni beli bo’lguncha, oltini oyog’I bo’l. Bilagi zo’r birni yiqar,bilimi zo’r mingni. Oyno o’nbeshi qorong’u bo’lsa, o’nbeshi yorug’ bo’ladi. Yeridan ayrilgan yeti yil yig’lar, Elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar. Olltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, tepadagin undirar. Bir kun tuz totgan joyinga qirq kun salom qil. Mingni ko’rib fikr qil, birni ko’rib shukr qil. Do’sting ming bo’lsa ham oz Dushmaning bir bo’lsa ham ko’p. 1-boshlovchi: IX asr. Ma’mun akademiyasi. Olimlar davrasidagi suhbatdan lavha. Shox: Men kim, Xorazmshox Ma’mun , shuni e’lon qilamanki, bugun biz ustoz Xorazmiyni “Hisob al Hind” asarini muhokamasiga yig’ilganmiz.Shul bois ustoz Xorazmiy o’zlari ne derlar. Xorazmiy: Bu asarim o’nli pozitsion sistema, ya’ni 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar bilan ishlashga mo’ljallangan. Shoxim ,bu juda qiziq. Mana raqamlarni o’zingiz tinglab ko’ringlar: 0 – necha asrdan buyon , biz do’stimiz insonni, 1 – qutlamoq uchun keldik, bugun barcha mehmonni, 2 – biz o’nta pahlavonmiz, sir-asrorga makonmiz, 3 – necha-necha jumboqni hal etgan pahlavonmiz. 4 – biz bilan hisob-kitob qilgan diyor Hindiston, 5 – beshinchi asrdayoq ishlaredik, tez, oson. 6 – ustoz Xorazmiy bizga atab asar yaratdi, 7 – shu asar dong’imizni keng olamga taratdi. 8 – bu merosni o’ganing , ustoz ruhin shod eting, 9 – ma’rifat bo’stonini yashnating, obod eting. Olimlar: Ofarin, ofarin. Bu ulug’ kashfiyot. Tan berdik Xorazmiy , tan berdik. Shox: Hisoblashda mana shunday qulayliklar yaratib bergan Xorazmiydan cheksiz minnatdormiz. Hamma birgalikda: “Yashasin o’nli pozitsion sistema, yashasin raqamlar!”. 1-boshlovchi: Manashu o’nta raqamdan hozirgacha butun dunyo keng foydalanib kelmoqda.Buning uchun esa biz bobomiz Al-Xorazmiydan minnatdor bo’lishimiz kerak. 2-boshlovchi:Albatta ,shunday buyuk ajdodimiz bilan faxrlanamiz. Keling do’stlarimizdan yana chiroyli she’rlar tinglasak: Matematik fani yuksalmoqda kun sayin Bo’limlari xilma-xil qay birini aytayin Qanca-qancha muammo hal etigan ushbu on Komp’yuter savodi quloch yoymoqda chunon . Zamonlarning zamonida rivojlavgan, etigan Bobolarning merosidan bizga taqdim etikgan Al-Xorazmiy , Al- Beruniy, Ulug’beklar boyitgan Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan. Bundoq boqsam zamonga Tarix o’tmish tomonga Moziydagi bobomlarni Mashxurligini bildim. Mo’g’ullarga bas kelgan Chingiz xonni pas qilgan Tengsiz bobom Jaloliddin Mag’rurligin bildim. Ilm fanda tengi yo’q Maqtay desam cheki yo’q She’riyatni sultoni Naoiyligini bildim. Olloh bergan bizga bir fan Buni dunyo oladi tan Fanlar ichida matematika Iloxiyligini bildim. Butun dunyoni qaratgan Algoritmni yaratgan Al-Xorazmiy raqamlari O’chmasligini bildim. Barch ishlar ayon xudoga Ilm axli ustoz der kubroga Buyuk Xorazm beshigingda Valilaringni bildim. 2- boshlovchi: Bilasizlarmi do’stlar, Al-Xorazmiy bobomizning nomlari turli davrlarda turlicha talqin qilingan ekanlar: Ismlar guldastasi: Algorizme, Augrum, Algrismus, Agrime, Algrim, Algorism, Alxorezmus, Algoritmus. 1.Tekislikda turamiz Biz kesishgan on go’yo Yursak birga yuramiz O’zgaradi keng dunyo Lekin bilgin ikkovlon Qarang juda qiziqmiz Kesishmaymiz hech qachon Ayting anday chiziqmiz? Bir echki-uy, ikki uloq Ularda bor necha quloq Qancha oyoq, qancha tuyoq? Buni topgin, ey o’rtoq To’tdan biri qiz bola Necha xo’roz va tovuq O’g’il bola har biri Borligini o’ylab top. Terdi 10 tadan lola Dadam, oyim va buvim, Qizlar terdi 100 dona Ikki akam, besh singkim, Aytchi do’stim Zilola To’rtta xolam va ammam, Terildi qancha lola? Bittagina amakim Meni ham qo’shib so’ngra Natijani chiqargin. 2-boshlovchi: Mana ,oradan shuncha yillar o’tsa ham,biz matematika fanini o’rganishda,ayniqsa,kvadrat tenglamalarni yechishda bobomiz ko’rsatgan,hozirgi kunda formulalar deb ataluvchi qoidalardan foydalanayapmiz. 1-boshlovchi: Ha,biz katta sinfda kvadrat tenglamani yechishda diskriminantdan keng foydalanamiz. Kvadrat tenglama D
Diskriminanting agar, Diskriminanting agar Noldan kichik bo;lsa qachon Qiymati nol bo’lsa qachon Tenglamajon bo’lma xafa Yakka-yagona ildizing Ildizlaring yo’q o’shal on Topish siri menga ayon D>0 Hamma Diskriminanting agar To’la kvadrat tenlama Noldan oshib ketsa qachon Go’zal kvadrat tenglama Ikki turli ildizlaring Qo’ymading yech deb meni Formuladan topish oson. O’shal kvadrat tenglama. 1- boshlovchi: Shuning bilan Al-Xorazmiy bobomizga bag’ishlangan kamtarona kechamiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Kechamizni yakunlash uchun so’zni ma’naviyat ishlari bo’yicha director o’rinbosari Boboddinova Zamira ustozga beramiz… “Al-Xorazmiy buyuk matematik” tadbir ssenariysi
DO`STLARGA ULASHING:
“Al-Xorazmiy buyuk matematik” tadbir ssenariysi