Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi — G’oliblari aniqlandi!
(Rasm Busy.org)
Assalom alaykum.
Noyabr oyi boshida, Texnoman.uz sayti qayta ochilganiga 4 yil bo’lgani munosabati bilan, «Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi — Texnoman 4 yoshda» doirasida «Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi» e’lon qilgan edik.
Ushbu tanlov uchun Texnoman.uz saytida Algoritm blogida umumiy 7 ta maqola joylandi. So’ng, g’oliblarni aniqlash uchun ovoz berish jarayoni tashkil etildi.
Demak, tanlov g’oliblarini aniqlash uchun Texnoman.uz’ning telegram kanalida bo’lib o’tgan ovoz berish jarayoni natijalari quyidagicha:
1-o’rin: (2). Berilgan N sonigacha bo’lgan tub sonlarni topishning eng samarali algoritmi (Muallif: Javohir707) – 108 ta ovoz;
2-o’rin: (3). Birlashmali saralash (Merge Sort) (Muallif: SabirovTemurbek) – 83 ta ovoz;
3-o’rin: (5). Binar qidiruv( Binary Search ) (Muallif: java1009) – 53 ta ovoz;
4-o’rin: (6). Shunting-yard algoritmi! (Muallif: shranet) – 9 ta ovoz;
5-o’rin: (7). Berilgan sonning barcha tub bo’luvchilarini topishning samarali usullaridan biri (Muallif: Javohir707) – 7 ta ovoz;
6-o’rin: (4). So’zlarni alifbo tartibida saralash algoritmi (Muallif: juraevuz) – 4 ta ovoz;
7-o’rin: (1). Chiziqli va binar qidiruv (Muallif: abdujabbor1987) – 2 ta ovoz.
Tanlov shartlariga ko’ra, go’liblar homiylar va Texnoman.uz sayti ma’muriyati tomonidan quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o’rin 200.000 so’m;
2-o’rin 150.000 so’m;
3-o’rin 100.000 so’m.
Go’liblardan(Javohir707, SabirovTemurbek, java1009) mana bu yerda shaxsiy telefon raqam va ismlari qoldirilishi so’raladi.
Texnoman.uz sayti ushbu «Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi»da qatnashgan barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligini bildiradi. Keyingi tanlovlarimizda Sizlardan yana qiziqarli maqolalar kutib qolamiz.
Yangiliklar
Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi — G’oliblari aniqlandi!