Al Forobiy falsafiy qarashlari to’liq malumot oling
Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari.
Mundarija
скрыть
Reja:
Kirish
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li.
Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari.
Forobiyning jamiyat va axloq haqidagi qarashlari
4.Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek, “Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon, Nitsshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etishimiz kerak[1]”.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlab o’tganlaridek, g’arb va sharq faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar ongiga ularni sharq faylasuflari fikrlari bilan uyg’unlashtirgan holda singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr sharq faylasuflarining, xususan Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‘rganish shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.
Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o’ziga xos ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g’arb va sharq faylasuflarining o’rni beqiyosdir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy – ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozim”. [4]
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li
Abu Nasr Forobiy O’tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug’ildi.Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o’tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o’zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o’rgandi va uni yahshi bilardi. O’zi turkiy halqlarga mansub bo’lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko’proq Bag’dodda yashagan.Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. U ko’proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi.
Forbiy turli ilmlarni yahshi o’zlashtirgan mavsu’iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o’nlab kitoblarni yozgan.
Forbiyning musiqa bo’yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo’lib hozirgacha asosiy manbalardan bo’lib kelmoqda.U «Qonun» nomli musiqa asbobini ihtiro qilgan.
Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi.
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
«Risola fi A’za il Inson».
«Risola fi A’za al-Hayvon».
«Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
«Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».
«Risola fil Millatil-fazila».
«Ta’liqot».
«Risola fi Tahsil is Saodat».
«Risola uyun ul-Masoil».
«Risola al-Mufarraqot».
«Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba’zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar.
Forbiy o’zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o’zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo’lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o’hshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.
O’sha paytda Aflotunning «at-Tosu’ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo’lgan bu kitobni o’qigan Forobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o’hshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan hursand bo’lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini ham muvofiйlashtish uchun harakat qilgan. Forbiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir hilda yahshi ko’rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo’lishini tasavvur qila olmas edi. Uning «al-Jam’u bayna ra’yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis» — Ikki hakim — Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb atalgan kitob Forbiyning bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi.
Forbiy o’zining bu ishi ila birinchi bo’lib Islom olamida Aflotun talim tarbiya va axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo’ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o’zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo’l ochib berdi.
Forbiy birinchi bo’lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay U zotning borligini yolg’iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi. U bor narsalarni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga taqsimlaydi. Mumkinul vujud dunyodagi mavjudotlar bo’lib ularning bo’lishi mumkin bo’lganidek, bo’lmasligi ham mumkin.Ularga qarasak ba’zilari yo’qolib, o’rniga boshqalari paydo bo’lib turganini ko’ramiz.
Ana o’shalar o’zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o’zgaradi va almashadi. Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni ko’ramiz.Bu silsilaning ohirgi nuqtasi bo’lishi kerak.Ana o’sha ohirgi nuqta, hamma mumkinul vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi vojibul vujud — vujudi vojib bo’lgan, u bo’lmasa boshqa narsalar bo’lmaydigan zotdir.
Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh — vojibul vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega:
Alloh taoloni ta’riflash mumkin emas.
Alloh taoloning boshqa narsalarga o’hshab mohiyati yo’q.
Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg’izdir, sherigi yo’qdir.
Alloh taolo modda emas. U holis aqldir.U holis yahshilikdir.
Forbiyning Islom aqiydasiga to’g’ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz’iy narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Shuningdek, Forbiy e’tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan.
Bilish jarayonini aql va sizgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz bo’lib, u inson jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani bilmaslikdan bilishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’nalish hodislar oqibatini bilishdan ularning sababini anglash, aksidensiyaadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo’yadi. Bilishda aql va mantiq, ilmining maqomi beqiyosdir. Mutafakkur talqinida aqliy bilish ikki jihatga ega: birinchidan, u aniqlikdan uzoqlashish va undan umumiy tamon va jihatlarni ajratib olishni, ikkinchi tamondan esa, ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatlarning mohiyatiga chuqurlashishni taqozo etadi..aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisal mohiyatini ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Forobiy bilish ta’limotining boshqa jihatlarini ham o’rgangan. U ilmiy tadqiqotda kuzatuv, bahs-munozara ,bilish metodlari, jonli mushohadaning cheklanganligi to’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan. Forobiy tufayli musulmon Sharqiy talim tarbiya axloqiy va falsafiy tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi.
Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari
Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda. SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» — shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» — shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Erdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar. Forobiy fikricha, «barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, oddiy jismlardan tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»[5].
Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo‘ladi va undan keyingina voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o‘tish moddaning muayyan shakl bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning qarama-qarshi shakllarining bir-birlari bilan to‘qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o‘zgarishlarni tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo‘lganligidan, juda ham qimmatlidir.
Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan.
Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:
Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan.
Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika.
Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom.
O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi.
Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Evropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta’sir o‘tkazib, ular taraqqiyotida katta o‘rin tutdi.
Tabiat qabul qiluvchidan (sub’ekt) oldin keladi, «his-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, unga taluqli bilimdan oldin mavjud bo‘ladi»[6]. Forobiy tabiatni bilish jarayonining cheksizligini qayd etib, uni bilmaslikdan bilish tomon ko‘tarilishi, oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, orazdan (aksidensiya) javhar (substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy bilishning ikki bosqichini – hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko‘rsatadi. Hissiy bilimning o‘rniga to‘xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan besh xil sezgining har biriga alohida e’tibor qaratadi. Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi badan a’zosi bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday sezgi badanning his qiluvchi a’zolariga hech kimga bog‘liq bo‘lmagan (ob’ektiv) holda mavjud bo‘lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy ta’siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash orasidagi o‘rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog‘laydi. Uning fikricha, ularning jismoniy a’zolari miyaning oldingi qismida joylashgan. Ammo inson uchun xos xususiyat ayrim olingan alohida hayvonlarda ham uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. Hayvonlardan farqli o‘laroq, «inson aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi»[7].«Aqliy kuch» tashqi buyumlarning fikriy qiyofasini beradi. His-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash jarayonida bilib boradi, ya’ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg‘ib, undagi eng umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, his-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tushunish xosdir[8]. Mavhum ilmiy tushunchalar, jumladan, riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi dunyodan ajralgan bo‘lib ko‘rinishlaridan qat’iy nazar, muayyan mavjud bo‘lgan jismlarning xususiyatlarini aks ettiradilar. Bilimning ikki shaklining usul va xususiyati – hissiy va aqliy – ularni ikki xilda bayon qilishni belgilaydi: sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, ya’ni muayyanlikdan majhullikka va jismlarning fikriy tomonlaridan ularning hissiy sifatlariga, ya’ni majhullikdan muayyanlikka.
Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu – muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida – muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim amalga oshadi.
Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi.U his-tuyg‘u ma’lumotlarini tafakkur uchun etkazadi. Tafakkur chuqur va har tomonlama bilimga olib boradi. Pirovardida, u dunyo to‘g‘risidagi barcha bilimlar bilan boyib, abadiylikka olib keladi.Faol aql inson bilan birinchi sabab o‘rtasida vositachi sifatida xizmat qiladi.Birinchi sabab uning o‘ziga ham taalluqlidir.Faol aql badanda joylashgan ruh bilan bog‘langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning xususiyati insonga o‘tadiki, uning bilimlari aqliy kuch timsolida abadiylikka qadam qo‘yadi.
Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida unvon bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha asarlariga sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning o‘zi ham mantiq bo‘yicha ko‘plab asarlarning muallifidir.
Forobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko‘rdi. Mantiq fikriy jarayonning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi va kategoriyalar, ya’ni aql bilan tushuniladigan mohiyatlar bilan ish ko‘radi. «Mantiq, — deb yozadi Forobiy, — qachonki falsafaning u yoki bu qismlarida qo‘llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo‘lib, uning yordamida nazariy san’at nimani qamrab olgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasi haqida ishonchli bilimlarga erishtiradi»[9].Forobiy mantiqiy istilohlarni (atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo‘shdi. U mantik bilan grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o‘rtasida aloqa topishga harakat qildi. Masalan, mantiq ob’ektini belgilab, u quyidagilarni ko‘rsatadi: 1) Iste’dodga ega bo‘lish va uning yordamida inson tushunchalar orqali fikrlaydi, fan va san’atni egallaydi; 2) inson ruhida paydo bo‘lgan va ichki nutq deb ataluvchi kategoriyalar; 3) aqlda paydo bo‘lgan ifoda – buni tashqi nutq deb ataydilar. Forobiyning mantiq bilan grammatikaning o‘zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.
Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab chiqishga katta e’tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, Forobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, bo‘linishlari va turli ko‘rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari – ularning oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya’ni ilmiy istilohlar masalasiga to‘xtab o‘tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va mazmundan kelib chiqib, sub’ekt (ega) va predikat (kesim)ning o‘zaro munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning hukmlarni ularda predikatlar sifatida chiqadigan predikabillarga bog‘liq ravishda ajratishga urinishi alohida e’tiborga sazovordir.
Biroq Forobiyning eng katta qiziqishi xulosaga nisbatan namoyon bo‘ladi. Uning deduktiv ( umumiylikdan juz’iylikka) xulosadan, boshlanish payti sifatida kelib chiqish mumkin bo‘lgan, haqiqiy muhokama (posыlka)lar haqidagi ta’limoti ajoyibdir. Qiyosning (sillogizm) birinchi muhokamasini va dalillardagi isbotlarni tashkil etuvchi bu haqiqatlar to‘rtta: maqbulot (aniqlash), mashhurot (umum qabul qilgan), maxsusot (xususiy sezish, hissiy bilim), maquloti avval (birlamchi tushunchalar; isbotsiz qabul qilinadigan haqiqatlar — aksiomalar). Forobiyning asarlarida qiyosning tuzilishi va shakllari, mantiqiy xatolarning kelib chiqish sabablari, qarama-qarshiliksiz qonunlar, asosning etarligigi va shunga o‘xshash bir qator qimmatli fikrlar mavjud.
Forobiyning Jamiyat va axloq haqidagi qarashlari.
Forobiy o‘rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyat haqidagi bir butun ta’limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida hamma tomonidan qabul qilingan. Forobiy o‘z asarlarida sezilarli darajada bir qator masalalarni yoritib bergan:
Ijtimoiy fanlarning mavzu va vazifalari.
Ijtimoiy birlashmalarning kelib chiqishi, tarkibi va ko‘rinishlari.
SHahar-davlat, uning vazifalari va boshqaruv shakllari.
Jamiyatda insonning o‘rni va majburiyati, ta’lim-tarbiya masalalari.
Davlat uyushmasining vazifalari va pirovard maqsadi, umumiy baxt-saodatga erishishning yo‘llari va vositalari.
Ijtimoiy hayot haqidagi fanlar jumlasiga Forobiy shahar-davlat yoki siyosiy fanni (al-madaniyya), huquqshunoslik (fiqh) va musulmon ilohiyotini (kalom) kiritdi. Axloq va ta’lim-tarbiya haqidagi fan (pedagogika) siyosiy fanlarning bir qismini tashkil etib, umumiy baxt-saodatga erishish yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. Axloq fani (etika) – bu jamiyat a’zolarining hatti-harakatlari haqidagi bilim bo‘lsa, siyosiy fan – umuman barcha jamiyat a’zolarining fe’l-atvori va hatti-harakatlarini boshqarish haqidagi bilimdir. Forobiy fikricha, davlatni boshqarish ikki xil bo‘ladi: davlat aholisini haqiqiy yoki xayoliy baxt-saodatga etaklab olib boruvchi. Boshqarish san’ati idora qilishning nazariyasini ham, amaliyotini ham nazarda tutadi. Ularni birga qo‘shib olib borish, ayrim olingan har bir muayyan holatda, davlatni to‘g‘ri boshqarish imkoniyatini beradi.
Kishilarning jamiyatga birlashishi urushlar va kuch ishlatish natijasida hamda odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishlari tufayli kelib chiqadi. U kishilarning mavjudligi va kamolot topishi uchun zarurdir[10]. Jamiyat turli xalqlardan tashkil topadi. Xalqlarning o‘ziga xos fe’l-atvorlari va xislatlarini Forobiy u yoki bu xalq yashayotgan jo‘g‘rofiy sharoit xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda tushuntiradi. Forobiy shahar-davlatlarni fozil yoki orzudagi va johilga bo‘ladi. Orzudagisi – bu shunday shaharki, u aholisining o‘zaro hamkorligi asosida mavjuddir. SHahar-davlatning ichki va tashqi vazifalari bor. Tashqi vazifasi – bu shahar mudofaasini tashkil qilish va uni tashqi hujumlardan saqlash. Ichki vazifasi – uning aholisining baxt-saodatini ta’minlash. Forobiy boshqaruvning uch shaklini ko‘rsatib o‘tadi: yakka hokimlik, oz sonli kishilar guruhining boshqaruvi, xalq tomonidan saylangan eng loyiq shaxsning hokimiyati[11]. Bunda Forobiy uchun hal qiluvchi narsa, boshqaruv shakllarining o‘zigina emas, balki uning sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligidir.
Kamolotning yuqori cho‘qqisiga erishgan jamiyatlarda kasb-hunarni ozodona tanlash imkoniyati bor. Bu erda yakkahokimlik yo‘q bo‘lib, haqiqiy ozodlik va tenghuquqlik hukmronlik qiladi. Bunday shaharlarning aholisi o‘z boshlig‘ini saylaydi, ammo uni har qachon hokimiyatdan mahrum qilishi ham mumkin. Bunday shaharlarning boshliqlari o‘z faoliyatlarida adolatlilik, teng huquqlik va umumiy farovonlik qoidasidan kelib chiqadilar[12]. Boshliq – bu o‘ziga xos muallim bo‘lib, o‘z o‘quvchilarini bilim olishga va baxt-saodatga erishish yo‘llarini o‘zlashtirishga o‘rgatadi. Ammo barcha talablarni bir kishida mujassamlashtirish qiyin, shuning uchun guruh tomonidan bo‘ladigan boshqaruvni tashkil etish mumkin. Bunday holatda jamiyatning har bir a’zosi ushbu xususiyatlardan birortasini mujassamlashtirmog‘i lozim bo‘ladi.
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi.
Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi.
Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar
Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod borligining birinchi sababidir.Bo’lishi mumkin bo’lgan turli tuman kamchiliklarning barchasidan ozod-pokdir.Undan boshqa barcha mavjud narsa nuqsonlik bo’lishi holatidan holi emas. (Nuqson) bir bo’lishi mumkin va yoki birdan ko’p bolishligi mumkin.
Ammo avvaliga kelsak, u barcha nuqsonlardan holidir. Uning borligi barcha (borliq)dan afzal va boshqa borliqlar oldin kelur, uning borligidan yana ustun bo’lga va undan oldin keladigan boshqa borliqning bo’lishi ham mumkin emas. Demak, u borliq ustunligi (fazilati) borasida eng yuksak darajadadur, borliq mukammalligi nuqtai nazaridan qarasak, u yuqori martabadadur.
Bunday shahar hokimi bo’ladigan odam (Allohdan boshqa) hech kimga bo’ysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n ikkita hislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri hokiimi avvalo to’rt muchchali sog’-solim bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. (Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshini so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi lozim, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur.(Uchinchidan), u anglagan, ko’rgan, eshtgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi lozim. (To’rtinchidan), u zehni o’tkir, zukko bo’lib har qanday narsaning bilinar – bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. (Beshinchi), u fikrini ravon tushuntira olish maqsadida, chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. (Oltinchi), u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi , o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi kerak. (Yettinchi), taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur.(Sakkizinchi). U haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. (To’qqizinchi), u o’z qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam bo’lishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tug’ma oliy himmatli bo’lishi, ulug’, oliy ishlarga intilishi zarur. (O’ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvimaydigan) bo’lishi zarur. (O’n birinchi), tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zallikni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’z haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. (O’n ikkinchi), o’zi zarur deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.
Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mobodo fozillar shahrida shunday barkamol insonlar topilibqolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi kamol topganda ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday odamlar yoq bo’lib qolganda ham (vafot etganda yhud boshqa joyga ketgan vaqitda – M.M.) ana shu imom (hokim) yohud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng birin – ketin shaharga boshliq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblariga amal qilinadi.
Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan hislatlar – fazilatlar yoshlidan shakillangan bo’lishi zarur. Ana shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:
Birinchi – donishmandlik.
Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega bo’lishi.
Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) sohaga taluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonuni o’ylab topishi uchun ijod, ixtiro qilishi quvvatiga ega bo’lish.
To’rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldinda ko’ra bilishi uchun bashoratgo’ylik hislatiga ega bo’lish. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilashda kerak bo’ladi.
Beshinchi – avvlgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg’in so’zlash – notiqlik hislatiga ega bo’lishi.
Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish; ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish.
Mobodo shu hislatlarning barchasini o’zida jamlagan bir odam topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni biri – donishmand, ikkinchisi – qolgan hislatlar sohibi bo’lsa) shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo’yish zarur. Mobodo bir guruh odamlar birgalikda ana shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni – birida bu , ikkinchisida u, uchinchisida boshqa hislatlar bo’lsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qo’yish zarur. Shu guruh a’zolari birgalashib, o’zaro kelishib harakat qilishsa har biri fozil hokim bo’lishi mumkin.Mobodo biror zamonda fozillar shaharda hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida boshqa zarur hislatlar bo’lsyu, ammo, donishmandlik bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi.
Fozillar shahrining ziddi bo’lgan shahar – johillar shahri, benomuslar shahri, ayriboshlovchilar shahri, dashgan, zalolatdagi odamlar shahridir.Bu shaharlarning vakillari – ayrim odamlar ham fozillarning ziddi bo’lgan odamlardir.
Johillar shahrining aholisi baht – saodatga intilmaydi, baxt — saodat nimaligini bilmaydi ham. Chunki jaholatdagi odamlar hech qachon baxt topmagan va baxt – saodatga ishonmaydilar. Faravonlikka kelsak, jaholatdagi odamlar (haqiqiy obdlikni bilmasdan) ba’zilar nazarida baxtu – davla bo’lib ko’rinadigan o‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol – dunyo jismoniy lazzatlarni, xirsu – shaxvatni, obro’, amal, shon- shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o’ylaydilar. Shu ne’matlardan har biri jaholatdagi odamlar nazarida hayotdan maqsad baht – saodat bo’lib ko’rinadi.
Zotan, (moddiy va ruhiy) ne’matlarning hammasi birgalikda uyg’unlashgan chog’dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu ne’matlarning teskarisi – tan kasalliklari, kambag’alchilik, zavq, lazzatlar va hurmat, obro’ning yo’qligi – baxtsizlik bo’lib ko’rinadi).
Johillar shahrining bir qancha turlari bor. Shulardan biri zaruriy ehtiyojlar shahridir. Bunday shahar aholisi faqat badan uchun zarur bo’lgan narsalar: oziq – ovqat , ichimlik, kiyim – kechak, turar joy, jinsiy aloqa hamda shularga erishish uchun bir – biriga yordam berish bilangina cheklangan odamlardir.
Ayriboshlovchilar shahrining aholisi – to’qchilik va mol –dunyoga erishuvda bir –birlariga o’zaro yordam berishni hayotning asosiy maqsadi deb biladilar.
Razolat (tubanlik) va badbaxtlik shahri – bunday shahar aholisi faqat yeyish, ichishda, jinsiy aloqada, huzur-xalovatga erishishiga, hissiy lazzatlar, ishrat , kayf-safoning barcha turlariga intiladilar.
Obro’parastlar shahari. Bunday shahar aholisi o’zaro bir – birlarini maqtashni , ko;kka ko’tarishni yaxshi ko’radilar. Ularni o’zga xalqlar so’zda ham, ishda ham ulug’lashlarni istaydilar.Bir –birlarining oldida yoki o’zgalar ko’ziga ulug’vor, shon – shavkatli bo’lib ko’rinishni hohlaydilar. (Bututn dunyoni bosib olishga intilgan Rumo(Rim) imperiyasi poytahti shunday shahar namunasidir – M. M. ).
Amalparastlar, hokimiyatparastlar shahri. Bunday shahar aholisi – barcha xalqlar ularga bo’ysunishini , o’zlari hech kimga bo’ysunmaslikni xohlaydi. Ularning fikru – zikri g’alabalar , futuxatlar nashidasini surishga qaratilgan.
Shahvatparastlar shahri. Bunday shahar aholisining har biri ehtiroslari tizginini jilovlamay, istalgancha shahvat nafslarini, tuban maylarni qondirishga intiladi.
Joholatdagi shaharning hokimi ham huddi shu shaharlar aholisi kabidur.Ular o’zlari hukumronlik qilgan shaharlarda yuqorida sanab o’tilgan shaxsiy sitaklarini tinimsiz qondirishga intiladilar.
Jahoatdagi shaharlar aholisining mashg’ulotlari ham yuqorida aytilgan maqsadlarga xizmat qiladi.
Benomuslar shahrining odamlari fozillar shahri odamlariday baht — saodatni, haq-taoloni, u yaratgan hilqatlarni, aqlni va boshqa narsalarni biladilar va ularga ishonadilar, ammo ularga amal qilamay, yuqorida aytaganimiz jaholatdagi shaharlarning aholisiga o’hshab yashaudilar.
Beqaror shahr. Bunday shahar aholisining nazariy qarashalari va amaliy ishlari avvalroq fozillar shahri aholisining qarashlari va ishlariga ohshsh bo’lgan, amo keyinchalik bu yurtga begona g’oyalar asta kiribolib, uning aholisi qarashlarini butunlay o’zgartirib yuborgan.
Adashgan shahar aholisining fikricha, baxt –saodatga faqat o’lgandan keyin erishish mumkin. Ammo, bu shahar xalqining Alloh – taolo azza va jalla haqida, uning yaratgan hilqatlari va faola aqliga doir fikr-mulohazalari, tasavurlari shu qadar chalkashib ketganki, bunday ta’savvurlar halol yashash uchun asos bo’la olmaydi, bu (chalkash) tasavvurlar Alloh yaratgan hilqatlarning suvratlarini ham aslini aks ettirmaydi.
Bunday shaharning birinchi boshlig’i o’zini ilohiy nur qilib ko’rsatadi, ammo aslida bunday emas; u o’zining ilohiyligini isbotlsh uchun aldov, riyo, kibru – havo bilan ish tutadi.
Bunday shsharning hokimlar fozillar shshari hokimlarining teskarisidir.Shaharning boshqarish usullari ham mutlaqo teskaridir.Bu fukr shu shahar aholisiga ham taaluqlidir.
Baxtning turli darajalarining bir-biridan afzalligi uch xil alomatga qarab belgilanadi. Biz quyida ko’rib chiqilayotgn hunar va san’atlarning bir-biridan afzalligi ham xuddi shu alomatlarga qarab aniqlanadi.
Hunar va san’atalar qaysi tur va sohalarga taluqli ekanligiga ko’ra bir –biridan afzal ko’rinadi. Masalan, bo’z to’qish, shoyi to’qish, attorlik, hovli supurish, raqs san’ati, fiqh ilmi, tabiblik yoki so’z san’ati bir-biridan qanchalik afzal bo’lsa bahtga erishuv dararjalari ham shunga o’xshashdir.
Bundan tashqari bir turdagi san’at, hunar sohiblari ham malaka (miqdori) jihatidan farqlanishi mumkin.Masalan, bir xattot o’z hunarining ko’pgina sirlarini bilishi, keng bilim egasi bo’lishi mumkin.Boshqa biri o’z hunari sirlarini kamroq bilishi mumkin. Mazkur hunar (xattotlik[13])ni yaxshi egallash uchun xattot tilini, so’z san’atini, husnixatni va hisob – kitob, riyoziyotni puhta bilishi zarur. Shu hunar egalaridan biri masalan, husnixatni va rioziyotni yaxshi biladi, boshqasi tilni, so’z san’ati va husnixatning ba’zi jihatlarini yaxshi biladi, uchinchisi – mana shu ilmlarning hammasuda mohir.
Xattotlarning sifat jihatdan bir-biridan afzalligi shundaki, masalan, husnihat san’atini egallagan ikki xattotdan biri (o’zi tanlagan) shu sohada kuchliroq, biri – kuchsizroq bo’lishi mumkin.Bu sifatdagi afzallikdir.
Baxtlilik darajasiga erishuvda ham insonlar yuqoridagiga o’xshash bir-biridan afzalroq bo’lishi mumkin.
Boshqa shaharning aholisiga kelsak, bu odamlarnin fe’li yomon bolanligi uchun hunarlari ham ularning ko’ngli yomonliklarini tuzataolmaydi.Yomon xattot tabiatan badbaxtligi tufayli yozuvi ham tobora hunuklashib boraveradi, uning hunari, san’ati tobora orqaga ketaveradi.Fazilatsiz shaharning odamlari yomon fellari, tabiatlai tufayli ko’ngillari – ruxlari ham yomonlashib boraveradi. Mobodo ular ana shu yomon ishlarida izchil sa’y – harakat, tobora kuch-g’yrat ko’rsatsa ularning ruhlari yanada ko’proq yomonlashadi va oxiri mayib-majruh bo’lib qoladi. Shu tufayli ular o’zlariga yoqadiga yomon ishlarda huzur-halovat oladilar. Vujudi, jismi kasal bo’lgan odam (masalan, bezgak tutayotgan kishi) mijozi buzulganidan, o’ziga yoqmaydigan taomlarni yeyisdan huzur qiladi va tabiatan me’dasiga yoqadigan taomlar unga yoqimsiz ko’rinadi; ruhan kasal odamlar ham yomon istaklari va odatlari tufayli buzulgan tasavvurlariga qarab, yomon, (ahloqsiz) fe’l – harakatlaridan huzurlanadilar va go’zala qiliqlarini, ishlarini yoqtirmaydilar yoki umuman go’zallikni tasavvur qila olmaydilar. Vujudi kasal odamlar o’z kasalligini bilmasdan o’zlarini soppa-sog’ (va fazilatli) deb o’ylab , rahbari , muallimi yoki ustozining nasihatlariga quloq solmaydilar.
Fozillar shahrining barcha aholisi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar quyidagilardir.
Birinchidan, ular asliy sababni va uning barcha sifatlarini bilishi zarur. So’ng moddiylikdan tashqarida mavjud narsalarni va ularning sifatlarini, shuningdek ularni faol aqlga qadar bo’lgan darajalarini hamda ularda har birining sifatlarini bilishi zarur. So’ng ular samoviy hilqatlarni va ulardan har birining sifatlarini, so’ng shu hilqatlardan pastdagi tabiy jisimlarni, shuningdek, ularni qanday vujudga kelishi va yo’qolishi hamda ularda yuz berayotgan barcha hodisalarni mukammaligi, yahlitligi, muruvvat, adolat bilan, oqilona ekanligini, bu hodsalarda hech bir nuqson, hech bir adolatsizliklar yo’qligini bilishlari zarur. Fozil odamlar yana odamzod qanday yaralganini (uning jismiga kirgan) ryhning hususiyatlarini , faola qal uning ruhini qanday qilib nurlantirganini, shu tufayli insonda dastlabki tushunchalar paydo bo’lganini, u Ollohning irodasiga bo’ysunish va nimalarda erkinligini bilishlari zarur. Fozil odamlar yana shahar (davlatning) birinchi rahbari u yoki bu vaqt mobaynida yo’q bo’lib qolganida (biror yoqqa ketganida), kasalligida va hokazo), uning o’rnini bosa oladigan rahbarlarni bilishi zarur. Fozillar shahri, uning aholisi, ularning dillari erisha oladigan baht – sodat nima ekanligini bilishlari zarur. Ular yana fazilatsiz shaharlar va ularning aholisi o’lganidan so’nga ruhlari oxiratda ne kechishini, ba’zilari bahtsizlik, falokatga uchrab, ba’zilari yo’q bo’lib ketishini, fozillar shahri aholisi ohiratda nelarga erishuvini, nelardan saqlanishlarini bilishlari zarur.
Shularning hammasini ikki yo’l bilan bilib olish mumkin: Birinchidan, yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga o’shandy o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida (o’shanday o’rnashib qolsa, bu bilimlar qiyos yki taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari his etish tufayli ko’ngillarida shu bilimlar vujudga keladi ).
Fozillr shahridagi donishmandlar bu narsalarni isbotlash yo’li bilan yoki dil sezgisi bilan bilib oladilar.Ba’zilar esa bu narsalarni boshqalarning tasavvurich taqlid orqali bilib oladilar. Bunday odamlar tabiatan yoki odatlariga ko’ra ruhiy bilimlarini aslida qanday mavjud bo’lsa , shunday tushinish qobiliyatiga ega emaslar. Mana shu ikki xil tasavvurlar ham bilim manbaidirlar, ammo donishmandlarning bilimlari, albatta eng yahshi bilimlardur.Narsa hodisalarning birovlarning tasavvuri orqali taqlidan biluvchi odamlar ham turlich darajada biladilar.
Har bir xalqning, yoki har bir shahar aholisining narsa hodisalarga doir tasavvurlari o’zlariga tanish tasavvurlardir.Ayrim xalqlarning muayyan hilqat haqidagi eng mashhur (keng tarqalgan) tasavvurlarda ham ozmi – ko’pmi tafavvut, farqlar bor. Chunki, har bir xalq o’sha narsa, hodisani o’zicha anglab, o’zi aks ettiradi.Shu tufayli fazilatli shaharlarning turli xalqlari yagona maqsadga (masalan, oxiratda jannatga munosib bo’lishga) intilsalarda, ularning dinlari turlicha bo’lishi mumkin.
Mana shu (turli xalqlar uchun umumiy) xilqatlar tegishli dalillar bilan bilib olingach, bu hilqatlar haqida hech qanday baxslarga ham, narsaning asl tabiatini tushunmay u haqida sohta tushunchalarga ega bo’lishdan kelib chiquvchi baxslarga ham o’rinqolmaydi.
Jaholatdagi shaharlar, (aholisini) maqsadlarini ko’zlaydigan (obro’-izzatga, mol-dunyoga, boylikdan rohatlanishga intiladigan) odamlar esaalohida toifadir. Bunday odamlar fozillar shahrida haligi maqsadlar bilan yashash taqiqlanganini ko’rib , u yerdagi (adolatli) qonunlarni buzishga , haqiqatga aloqador narsalardan uzoqlashishga , (bu qonun-qoidalar, tasavvurlarini) buzib aks ettirishga urinadila. Ular bu yo’lga ikki yo’l bilan erishadilar: U yuqorida aytilgan baxsli o’rinlarni o’zlaricha taxmin qiladilar, ikkinchidan, soxta donolik va aldov yo’liga o’tadilar. Ular jaholatli va tuban maqsadlariga erishuviga hech kim to’sqinlik qilmasligi uchun shunday yo’ldan boradilar. Bunday odamlarni fazilatli shaharlar jamoasiga qabul qilmaslik kerak.
Yana bir toifa odamlar ham borki, ular tafakkuri zaifligi tufayli haqiqatdan chalg’ib ketadilar va tasavvurlaridan qay biri to’g’riyu, qay biri yolg’on ajratolmay qoladilar. Ular hech baxs talab qilmaydigan haqiqiy tasvvurni ham yolg’on deb o’ylaydilar. Ular haqiqatni anglash uchun yaqinroq borganlarida zehni zaifligi tufayli chalg’ib ketadilar va haqiqatni aslidan boshqacha tushunib, yolg’onni o’zlaricha haqiqat deb o’ylaydilar. Oqibatda bu odamlar “Umuman haqiqat yo’q , haqiqatga yetishdim deganlar o’z-o’zini aldovchilardir, odamlarni haqiqat yo’lidan boshlamoqchi bo’lgan yolg’onchi, kazzoblar, ular bunday kattaroq mansablarga yoki boylikka erishish maqsadida shunday so’zlarni aytmoqdalar ” deb o’ylaydilar. Provard natijada bu toifa odamlarning ba’zilari gangib qoladilar, boshqalari narsa va hodisalarni olisdan ko’ruvchi yoki tushida (g’ira-shira) ko’ruvchi odamga o’hshab, haqiqat bor-ku ammo, uni bilishga odamzodning aqli yetmaydi , deb o’ylaydilar. Bunday odamlar o’zlari bilgan narsalarni ham buzib talqin etishga intilib, erishgan narsalarini haqiqat emas, balki buzib talqin qilganlarini haqiqat deb o’ylaydilar.
Aholilarning diniy e’tiqodlari xurofiy, xato dunyoqarashlarga asoslangan shaharlarni jaholatdagi yoki adashgan shaharlar deymiz.
Ularning ba’zilari bunday fikirlashadi: ba’zi mavjudodlar bir-biriga qarashidir va bir-birlarini yo’q qilishga intiladilar. Mazkur mavjudodlarning har biri yashash sharoitida shunday quvvayi maxfuzaga egaki, shu narsa vositasida u qarama-qarshi mavjudoddan o’zini himoya qiladi va o’z zotini yo’qolib ketishidan asrab qoladi. U, yashash sharoitida yana shunday quvvatga egaki, shu narsa vositasida u qarshi narsani yo’qotib , o’rnida o’ziga o’xshash narsani paydo qiladi. Va nihoyat , unga shunday bir qobiliyat beriladiki , shuning yordamida u turli narsallardan foydalanib, yashash uchun doimiy yaxshi sharoit vujudga keltirishga intiladi.
Mana shu (sabab)larning hammasi tufayli ko’pchilik shaharlarda jaholatdagi shaharlar shaharlarning aholisining qarashlariga xos fikr-aqidalar kelib chiqadi. Ba’zilar odamlar o’rtasida tabiiy yoki ihtiyoriy bog’lanishlar yo’q, har bir odam o’z manfaati uchun boshqalarning manfaatiga zarar yetkazishi , biri boshqasiga begona bo’lishi zarur , mobodo ular birlashsalar ham zarurat , majburiyat tufayli birlashadilar, murosaga kelishsalar ha biri g’olib chiqib , boshqalari mag’lub bo’lgandagina kelishadilar, deb o’ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta’sir qiluvchi bir kuch taziyqida o’zaro kelishuvga majbur bo’ladilar, agar anashu kuch yo’qolsa kelishuv ham yo’qoladi, yana begonalashuv paydo bo’ladi va ular tarqalib ketadilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan biri mana shu aqidadir.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, uyg’onish davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o’chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq Arastuning asarlarini targ’ib qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o’zini namoyon qildi.
Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, o’z davri fanlarining barcha muhum masalalari:
Falsafaning umumiy muammolari
tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari
borliqni bilish
mantiqning bahsli muammolari
inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik
ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikirlari o’zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. Forobiy ushbu asarda Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb ta’riflagan g’oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: “Har bir inson, o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishish uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug’uladi… bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi”. E’tibor bersak bu fikrning zamirida falsafaning bosh muammosi bo’lgan bahsli masala – insonning paydo bo’lishi, shakillanishi va yetuklikka erishuvi haqida so’z bormoqda. Eng muhumi bu jarayonda jamoatning ro’li va ahamiyati to’g’risida aniq va lo’nda fikr bildirilmoqda. Darhaqiqat, Forobiy o’z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga intilgan buyuk shaxsdir.U o’z asarlarida:
komil inson
fozil fuqaro
odil hukmdor
baxt-saodat, unga erishish yo’llari,
davlatning hususiyatlari,
axloqiy va aqliy tarbiya,
ijtimoiy istiqbol tog’risida ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi.
Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi.
Forobiy Sharq xalqlari talim tarbiya to’g’risidagi falsafiy tafakkuri rivojiga ta’siri sezilarli darajada bo’lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Rasmiy adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T., “O’zbekiston”,
–42 bet.
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T., “O’zbekiston”, 2011. – 440 bet.
Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi. T., O’zbekiston, 2006.–121
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. , O’zbekiston, 1999.
–75 bet.
O’zbek tilidagi adabiyotlar:
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. T., “O’zbekiston”, 2000.–267
Abdullayeva M.N., Abdurashidov M. va boshqalar. Falsafa. Qisqacha izohli lug’at. –T.: Sharq, 2004. –345
Falsafa Nazarov Taxriri ostida T 2000.
Falsafa ensiklopedik lug’at. –T., “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, –344 b.
Fozil odamlar shahri. Abu Nasr Forobiy Toshkent “A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi”-1993.
Jaxon falsafasi tarixidan lavhalar. 1-kitob T-2004.
Rus tilidagi adabiyotlar:
История философии в кратком изложении. М., «Наука», 1989.
Историяфилософияв кратком изложение. M.,
МапелмонВ. M.,ПенковаЭ.M.Историяфилософия. ,-1997.
Мирфилософиив 1-2-хтомах. М.: «Мысль», 1989.
Фараби. Комментариии к «Категориям» Аристотеля// В кн.: Избранные произведения мыслителей стран Бижнего и Среднего Востока.
Философия. Учебник, под.редВ.Д .Губина. M.,
Internet saytlari:
Ziyo net.
Google. Uz
[1]Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.T., 2006.312-bet.
[2]O’sha asar.312-bet.
[3]Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.T., 2006. 304-bet.
[5] Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока. 172-б.
[6]Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока.. 191-б.
[7]Farobiy ta’limot// «Majmua at-risole al-hukama» («Takimlar risolalarining majmuasi »to’plamida ). Toshkent, 1963. 255-b.
[8]Qarang: Farobiy Al-masoyil al-falsafiya va ala javob anxa// «Majmul al-Farobiy»to’plamida .94, 105-106-b.
[9]Al-Farabis intraductoty risolah on logic. The Islamic Quarterly, vol III, 3-4, 1957, h/ 227.
[10]Farobiy.Fozilshaharaholisi qarashlari haqidarisola // Vkn.: С.Н.Григорян. Из истории Средней и Ирана VII-XII веков. –М., 1960. 136-б.
[11]Qarang: Farobiy siyosat al-madaniya. 40-41-б.
[12]Qarang:Farobiy Majmut at-rasil al-hukuma.O’z FA Abu Rayhon Beruniy nomidagisharqshunoslik institutida arab tilida saqlanayotgan 2385raqamli ostidagi qo’lyozma 2a sahifasi.
[13]O’.M.Ensklopediyasi T.: “Davlat ilmiy nashriyoti” 2007
Darsliklar
Al Forobiy falsafiy qarashlari