AKVAMARIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKVAMARIN haqida malumot bilib oling.

AKVAMARIN (lot. aqua marina — dengiz suvi) — mineral. Qattiqligi 7,5 — 8. S. or. 2,63—2,80. Berillnchng och zangori, koʻkimtir-yashil yoki kulrangzangori tiniq turi. Geksagonal prizmasimon choʻziq shaklga ega. Akvamarin granit pegmatitlarida va yuqori t-rali kvars yertomirlarda uchraydi. Akvamarin qimmatbaho tosh, zargarlikda ishlatiladi. Uning yaroqsiz darz ketgan turlari berilliy uchun xom ashyo hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
AKVAMARIN