AKTYORLAR UYI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKTYORLAR UYI haqida malumot bilib oling.

AKTYORLAR UYIteatr xodimlarining ijodiy klubi. 1966-y. tashkil etilgan. 1997-y. dan «Oʻzbekteatr» ijodiy i. ch. birlashmasi qoshida. Aktyorlar uyida respublika sahna ustalari va yosh aktyorlarning ijodiy uchrashuvlari, hisobotlari muntazam oʻtkaziladi, xotira kechalari, maʼruza va munozaralar, koʻrgazma, koʻrik va tanlovlar, ogʻzaki jurnallar uyushtiriladi, yangi filmlar namoyish qilinadi. Aktyorlar uyi qoshida «Toshkent» teatr-studiyasi, «Oʻzbekiston» xalq raqs ansambli, «Sin Sen» koreys folklor teatr-studiyasi va b. ijodiy jamoalar faoliyat koʻrsatadi (1998).

Ensiklopediya.uz
AKTYORLAR UYI