AKTIVLIK QATORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKTIVLIK QATORI haqida malumot bilib oling.

AKTIVLIK QATORI, kuchlanishlar qatori — metallarning elektrolit eritmalaridagi normal poten-siallarining ortib boradigan tartibda joylanishi: Li, K, Sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Cr, Fe, Cd, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Hg, Ag, Pt, Au A. q. ga taqqoslash maqsadida, metallardan tashqari, vodorod (potensiali nolga teng deb qabul qilingan) ham kiritiladi. Aktivlik qatorida muayyan oʻrinda turgan metall oʻzidan oʻngda turgan (potensiali musbatroq) metallarni ularning birikmalaridan siqib chiqaradi. Mac, toʻtiyo (mis kuporosi) eritmasiga rux tashlansa, rux misni uning birikmasidan ajratib chiqaradi. Vodoroddan chapda turgan (potensiali manfiyroq) metallar vodorodni uning birikmasidan (mas, kislotadan) siqib chiqaradi. Tarkibida bir qancha metall tuzlari boʻlgan eritma elektroliz qilinsa, katodda avvalo Aktivlik qatorida oʻngda turgan metall ajralib chiqadi. Metallarning qotishmasida avval Aktivlik qatorida chapda turgan element korroziyalanadi. Metallmaslarning ham oʻziga xos kuchlanishlar qatori mavjud.

Ensiklopediya.uz
AKTIVLIK QATORI