AKTINOMETR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKTINOMETR haqida malumot bilib oling.

AKTINOMETR (aktino… va metr) — Quyoshdan bevosita keluvchi radiatsiya jadalligini ulchaydigan asbob. Ishlash tarzi tushayotgan radiatsiyaning qoraytirilgan sirtga yutilishiga va nur energiyasining issiqlik energiyasiga aylanishiga asoslangan. Bunday Aktinometr larda radiatsiyani qabul qiluvchisi sifatida qoraga boʻyalgan yupqa metall boʻlagi (plastinka) ishlatiladi. Yutilgan radiatsiya issiqligini bir necha usul b-n, mas, radiatsiya taʼsirida asbob qabul qiluvchisi t-rasining oshish qiymatini (kumush diskli Aktinometr), qabul qiluvchi bilan uning atrofidagi muhit t-rasi orasidagi farq natijasida hosil boʻluvchi termotokni (Yanishevs-kiy termoustuni, Moll Aktinometri), bimetall plastinkaning quyosh nuri taʼsirida deformatsiyalanish kattaligini (Mixelson Aktinometri) oʻlchab topiladi. Noʻrning ayrim spektri (rangi) quvvatini oʻlchashda fotokimyoviy, fotoelektrik hamda fotografik kabi selektiv usullar ishlatiladi. Bir necha nur filtrlari bilan taʼminlangan Aktinometr ham shu maqsadda qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
AKTINOMETR