AKSIOMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKSIOMA haqida malumot bilib oling.

AKSIOMA (yun. axioma) — oʻzoʻzidan ravshanligi, ayonligi sababli isbotsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlangʻich xossalari. Aksiomalar tizimi b-n kiritiladi va b. hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foydalanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy Aksioma hisoblanadi. Aksiomaga misol sifatida Yevklid geometriyasiiat parallellik Aksioma sini keltirish mumkin: «Tekislikda a toʻgʻri chiziqqa tegishli boʻlmagan O nuqta orqali shu toʻgʻri chiziqqa bittadan ortiq parallel toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin emas». Arximed aksiomasi, Sermelo aksiomasi va b. A. atamasi Yunonistonda paydo bulgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan.

Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va b. allomalar ham Aksiomani atroflicha tekshirishgan.

Ensiklopediya.uz
AKSIOMA