
AKSEPTOR ARALASHMA haqida malumot bilib oling.
AKSEPTOR ARALASHMA — yarimoʻtkazgich kristali tarkibidagi atomlari akseptor boʻlgan begona kimyoviy element. Bor, alyuminiy, galliy, indiy elementlarining atomlari yarimoʻtkazgichlar — germaniy va kremniy kristallari tarkibida ishtirok qilganda Akseptor aralashma hosil boʻlib, yarimoʻtkazgichlarning xossalari oʻzgaradi. Akseptor aralashmani belgilovchi muhim fizik kattaliklardan biri ularning ionlanish energiyasidir (q. Yarimoʻtkazgichlar).
Ensiklopediya.uz
AKSEPTOR ARALASHMA