AKS SADO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKS SADO haqida malumot bilib oling.

AKS SADO (musiqada) — musiqali ibora yoki hamohang tovushlarning zaif kuch bilan takrorlanishiga (ayni yoki boshqa ovozlar, sozlarda) asoslangan badiiy uslub. Xor, opera, orkestr va b. musiqasida qoʻllaniladi. O. Lassoning mashhur «Aks sado» («Exo») xor asari Aks sado uslubida yaratilgan. L. Betxoven, E. Grig, G. Maler va b. kompozitorlar ijodida koʻp uchraydi. Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida Aks sado ifodaviy vosita sifatida qoʻllaniladi. Mas, M. Burhonovning «Alisher Navoiyga qasida» joʻrsiz xorlari, M. Mahmudovning «Muxammas va ufor» va h. k. Organ cholgʻusi registrlaridan biri ham «Aks sado» deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
AKS SADO