
AKROPOL haqida malumot bilib oling.
AKROPOL (yun. akros — yuqori, polis — shahar) — yunon shaharlarining muhofazalangan va balandlikka joylashgan qismi, yuqori shahar. Afina A. ining qad. mudofaa devorlari mil.-av. 2 – ming yillikka oid. Odatda Akropol dastlabki manzilgoh boʻlib, uning atrofida uncha mustahkam boʻlmagan quyi shahar deb atalmish qism joylashgan. Akropol dastlab yunon jamoasining diniy va madaniy markazi boʻlgan. Akropol larning ay-rim xarobalarigina (Miken, Argos kabi) saqlanib qolgan. Bular oʻsha davr moddiy-madaniy va maʼnaviy hayotining yuksak taraqqiyotidan darak beradi. Ular orasida mil. av. 447—438-y. larda haykaltarosh Fidiy rahbarligida meʼmorlar Iktin, Kallikrat qurgan Afina Akropoli mashhur. Afina Akropoli majmuasidagi binolar orasida Parfenon ibodatxonasi diqqatga sazovordir. Afina Akropol ida arxeologik qoʻriqxona va muzey barpo etilgan.
Ensiklopediya.uz
AKROPOL