Akromov Toshxo‘ja Akromovich Tarjimai hol haqida malumot

Akromov Toshxo‘ja Akromovich Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

Toshxo‘ja Akromovich 1936 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1955 yil A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va badiiy rassomchilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan.

Hamza nomidagi Davlat akademik drama teatrida aktyor, 1961 yildan rejissyor yordamchisi va “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissyori bo‘lib ishlagan.

1968 yildan “O‘zbektelefilm” studiyasi rejissyori. “Komiljon Otaniyozov kuylaydi”, “Ra’no Sharipova kuylaydi”, “O‘zbekiston qo‘shiq va raqslari” kontsert-filmlarini, “Shoshmaqom” badiiy musiqiy filmini (1973 yil Toshkentdagi V Butunjahon televideniye filmlari festivali bosh mukofotiga sazovor bo‘lgan) hamda “Oq oyoqli ot haqida ballada” televizion badiiy filmini (Andijondagi respublika kinofestivali mukofoti) yaratgan.

Arboblar
Akromov Toshxo‘ja Akromovich

manba:arboblar.uz