AKRILAMID haqida malumot bilib oling.
AKRILAMID (2 – propenamid) , — rangsiz kristall. Mol. m. 71,08, suyuqlanish t-rasi 84,5°, kaynash t-rasi 215°. Eruvchanligi (100 g erituvchida g hisobvda): suvda — 211,5; metanolda — 155,0; etanolda —86,2; atsetonda — 63,1; etilatsetatda — 12,6; xloroformda — 2,16; benzolda — 0,346; geptanda — 0,0068. Kuchsiz amfoterlik xususiyatiga ega. Akrilonitrilning sulfat kislota ishtirokida gidrolizlanishi natijasida hosil boʻladi. Akrilamid polimerlar va sopolimerlar olishda ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
AKRILAMID