
AKRIL KISLOTA haqida malumot bilib oling.
AKRIL KISLOTA — toʻyinmagan oddiy karbon kislota. Rangsiz suyuqlik, sirka kislota hidi keladi. Akroleinning oksidlanishidan hosil boʻladi. Qaynash t-rasi 141°, suyuqlanish t-rasi 13°. Zichligi 1049 kg/m3. Sanoatda etilensiangidringa sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Akril kislota bosmaxona boʻyoqlariga, loklarga qoʻshiladi va b. maqsadlarda ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
AKRIL KISLOTA