AKKREDITIV haqida malumot bilib oling.
AKKREDITIV (lot. accredo — ishonaman) — 1) naqd pulsiz hisobkitoblar olib boriladigan bank hisob varagʻi;
2) tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartno-maga koʻra amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) oʻziga tegishli toʻlovlarni Akkreditiv topshirigʻida koʻzda tutilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi;
3) nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan koʻrsatilgan summani olish huquqini tasdiklovchi qimmatbaho qogʻoz. Bundan tashqari A. lar turli shaharlarda joylashgan korxonalarning mulkiy munosabatlarida (joʻnatilgan mahsulotlar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq toʻlash), xalqaro hisobkitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
AKKREDITIV