AKKORDEON haqida malumot bilib oling.
AKKORDEON (frans. accordeon) — 1) chap qoʻl tomonda tayyor akkordlari boʻlgan tilchali musiqa asboblarining umumiy nomi. 1829-y. paydo boʻlgan. Bir tugmachasi bosilsa, butun akkord sadolangan; q. Garmon;
2) oʻng qoʻl tomonda fortepiano toifasidagi klaviaturasi boʻlgan bayansifat cholgʻuning nomi.
Oʻzbekistonda 50 – y. lardan professional va havaskorlik ansambllari tarkibidan oʻrin olgan.
Ensiklopediya.uz
AKKORDEON