AKANT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKANT haqida malumot bilib oling.

AKANT (frans. acanthe) — ayiqtovon oʻsimligining bargisimon qilib ishlangan meʼmoriy naqsh bezagi. Inshoot (devor, friz, shift, ustun boshasi va b.)ni bezashda qadimdan qoʻllanilgan. Akant tosh, yogʻoch, ganch va sopoldan ishlangan.

Misr, Yunoniston, Rim A. na-qshlari pastga qaragan, Oʻrta Osiyo A. naqshlari, aksincha, tik holatda tasvirlangan. Munchoktepa, Ayritom va b. dan topilgan Akantlar antik meʼmorlikda oʻziga xos kurinishda boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
AKANT