Aka Men Dasturchi Bo’la Olamanmi? Degan savolga qanday javob berish kerak?

Aka Men Dasturchi Bo’la Olamanmi? Degan savolga qanday javob berish kerak?

Aka Men Dasturchi Bo'la Olamanmi? Degan savolga qanday javob berish kerak?

Barcha dasturchilarga va dasturchi bo’lmoqchi bo’lganlarga bu maqolani o’qishni tavfsiya qilaman. Related image

Mening o’z kuzatuvlarim natijasida shu narsaga e’tibor berdimki, har qanday dasturchilarda oz bo’lsada o’xshashlik bo’ladi(Bu joyda o’z ishini yaxshi ko’ruvchilar aytilayabdi).

Image result for start up

Masalan men hech kim qiziqmaydigan hobbilarga egaman. Dasturchilikga qiziqib boshlaganimda hali yosh bola edim. Adashmasam 4 yoki 5 — sinflik vaqtimda. Boshlagan vaqtlarim O’zbekistonda hali dasturchilik unchalik rivojlanmagan edi. Men o’rganish uchun manbalarni faqat rus tilidagi kitoblarda topar edim. Lekin tushunishim qiyin bo’lar edi.

Image result for start up

Vaqtlar o’tdi telegram tarmog’i yaratilganda dasturchilar jamoasini topib oldim. Bu men uchun ajoyib bir yangilik edi. O’sha vaqtlar dasturchilikni endi o’rganayotgaim uchun men beradigan savollar juda oddiy tuyular guruhdoshlarim vaqti vaqti bilan ustimdan kulib turishar edi. Menga bu narsa qattiq ta’sir qilar edi. Hattoki bu soha men uchun emas degan fikrlar ham hayolimga kelar edi. Lekin chekinish yaramaydi. Men maqolamni bu bo’limida aytmoqchimanki…

Agar dasturchi bo’lsangiz u sizga kimdir xoh o’zingizdan katta xoh kichik savol bersa iloji boricha savolga to’laroq javob qaytaring. Agar savolni juda oddiy deb o’ylasangiz bu kulguli emas. U bu savolni guruhda kulgu bo’lish uchun emas, balki, shu narsani o’rganish uchun bergan. Agar gaplarimni tushunmagan bo’lsangiz Sizga bir savol beraman. Meni hozir qo’limda nima bor? Topa olmadingizmi? Bu sizni aqlingiz past degani emasku.

Image result for i dont know

Yangi dasturchilarga yana bir maslahat, agar dasturchilikni o’rganmoqchi bo’lsangiz sizga eng yaxshi ustozni taklif etaman. Uning ismi youtube.com. Bu ustoz siz o’sha savolingizga kulib shu ham savolmi deb javob bergan bolalarga nisbatan ko’proq narsani tushunadi.

Image result for internet

Yana bir gap, agar internetdan yaxshi foydalanishni bilmasangiz. Avval internetdan to’g’ri foydalanishni o’rganganingiz yaxshi. Chunki, tushunmagan savollaringizni vaqtida sizda boshqa tushunmagan odamlar internetga javobini yozib ketishgan.

Masalan xohlagan narsani ingiliz tilida yozsangiz javob chiqadi. Ingiliz tilini bilishngiz shart emas. Ozror so’zlarni tarjima qilib qo’ysangiz bo’ldi. Masalan. Googledan html da biror bir matnni rangini o’zgartirish haqida manba olish uchun shunchaki html text color

deb yozish kifoya. Buyog’ini o’zi to’g’irlab yuboradi.

Image result for start up

Yana bir gap, agar dasturchilikni tez sifatli o’rganmoqchi bo’lsangiz men sizga o’z ustozimni tavfsiya qilaman. (Iltimos sayt administratorlari bu sohani reklama deb o’ylashmasin). Men dasturchilik dastur.uz dagi Qudrat Abduraximovning video darslaridan o’rganganman.

E’tiboringiz uchun rahmat, keyingi maqolalargacha hayr.

Ta‘lim
Aka Men Dasturchi Bo’la Olamanmi? Degan savolga qanday javob berish kerak?