Ajrimdan keyin ona bolani otaga ko‘rsatmaslikka haqqi bormi. haqida to’liq ma’lumot oling
Ajrimdan keyin ona bolani otaga ko‘rsatmaslikka haqqi bormi.
⚡️Savol;
O‘g‘lim kelinim bilan ajrashdi, kelinim o‘g‘limga nabiramizni ko‘rishga qarshilik kilmokda, nima kilsak bo‘ladi. Kelinimizning bunga haqqi bormi ?
⚡️Javob;
Oila kodeksiga ko‘ra, bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko‘rishib turish huquqiga ega. Ota-ona yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ularga imkoniyat berishi mumkin. Shuningdek, bola bilan ko‘rishib turish vaqtini belgilash va to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklash yuzasidan sudga da’vo ariza bilan murojaat qilish mumkin.
🟢 Qisqasi keliningiz bolani sizlarga ko‘rsatmaslikka haqli emas. Agar amaliyotda siz aytgandek muammo bo‘layotgan bo‘lsa sudga ariza berib masalani ijobiy xal etish mumkin.
Malumotlar
Ajrimdan keyin ona bolani otaga ko‘rsatmaslikka haqqi bormi.