Ajralish sabablari va uning salbiy oqibatlari

Ajralish sabablari va uning salbiy oqibatlari
ajralish sabablari va uning salbiy oqibatlari 65ca8a972020c

908bbc457e990ed7

Ajralish sabablari va uning salbiy oqibatlari

Mundarija скрыть
Ajralish sabablari va uning salbiy oqibatlari
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ajralish sabablari va uning salbiy oqibatlari
Reja:
  1. Ajralishlarning asosiy sabablari
  2. Shahar va qishloq oilalarining ajralish sabablari
  3. Psixolog olimlar fikrlari
     1.Ajralishlarning asosiy sabablari. «O’z juftinigizdan sizlar uchun jufti halollar yaratib berdi, toki ular bilan halovatli turmush qurgaysizlar. O’rtalaringizda mehr-muhabbat tuyg’usini paydo qildi. Bu esa Allohning                 biru-borligining nishonalaridan biridir. Aqlu-idrokli fikr yurituvchilar uchun bunda ko’p ishorat va alomatlar bordir» (Rum surasi, 21oyat).
     Boshqa mavzularga qaraganda bu mavzuni yoritish, ayniqsa aql o’rgatish qiyinroq tuyuldi. Sababi har kim boshidan o’tganini o’zi biladi, lekin holisanilloh qo’limizdan kelgancha yoritishga harakat qildik. Buni qarang-ki bu masalada ham ayollarga ko’proq mas’uliyat yuklanar ekan
     Bu masalada ko’proq raqamlarga, jadvallarga va hayotiy misollarga murojaat qilamiz.
     2.Shahar va qishloq oilalarining ajralish sabablari (foiz hisobida)
Sabablar mazmuni
Qishloq
Shahar
Er
Xotin
Er
Xotin
1
Turmush  o’rtog’ining   qo’pol munosabatda bo’lishi, hurmat qilmasligi.
80
62
65
60
2
Ota-ona va qarindoshlarning oilaviy hayotga aralashuvi
48
50
40
2,5
3
Turmush  o’rtog’ining  oilaviy hayot     masalalariga     befarq bo’lishi
48
48
75
78
4
Muhabbatsiz  oila qurish
43
48
62
5
Yengiltaklik bilan oila qurish
28
8
48
22, 5
6
O’zga kishini sevib qolish
2,0
17
23
13
7
Spirtli ichimliklar iste’mol qilish
28
20
8
Oilaviy hayotdagi iqtisodiy qiyinchilik
8
33
45
9
Yosh va jinsiy jihatdan nomu-tanosiblik
7,5
3,5
17,5
15
10
Bepushtlik
27
35
2,5
11
Bevafolik
7,5
7,5
10
10
12
Turmush o’rtog’ining bolalar tarbiyasiga   e’tiborsizligi, yoki tarbiya uslublarining mos kelmasligi
7
12
7,5
13
Ruhiy va somatik kasalliklar
5,0
2
12
17
14
Rashk
7,5
12
15
15
Turmush    o’rtog’ining    uzoq vaqt davomida oila bilan yashamasligi
5
7,5
10
16
O’zga oilasining mavjudligi
10
7,5
8
Oilaviy hayotdagi iqtisodiy qiyinchilik
8
33
45
9
Yosh va jinsiy jihatdan nomu-tanosiblik
7,5
3,5
17,5
15
10
Bepushtlik
27
35
2,5
11
Bevafolik
7,5
7,5
10
10
12
Turmush o’rtog’ining bolalar tarbiyasiga   e’tiborsizligi, yoki tarbiya uslublarining mos kelmasligi
7
12
7,5
13
Ruhiy va somatik kasalliklar
5,0
2
12
17
14
Rashk
7,5
12
15
15
Turmush    o’rtog’ining    uzoq vaqt davomida oila bilan yashamasligi
5
7,5
10
16
O’zga oilasining mavjudligi
10
Jadval ma’lumotlariga ko’ra ajralishning asosiy sabablarininig ko’p foizi turmush o’rtog’ining qo’polligidan, ota-ona va o’zga qarindoshlarning yoshlar hayotiga aralashuvi va turmush o’rtog’ining oilaviy hayotga tayyor emasligidan kelib chiqadi. Yoshlar orasida sevgi muhabbat hislarining yo’qligi va o’ylamasdan oila qurish talaygina foizni tashkil qiladi.
     Ko’rsatilganlarni psixologik tahlil qilsak, aksariyat ajralishlar yoshlarni muomala madaniyatiga e’tibor bermasliklaridan yoki ularda muomala madaniyati yo’qligidan, kattalarni, yoshlarni oilaviy hayotiga aralashuvidan, oila qurayotgan yoshlarning his-tuyg’ulari bilan hisoblashmaslik, ota-onalarning yoshlar taqdirini o’zlaricha hal qilishi, yoshlarni hayotga tayyor emasliklaridan kelib chiqadi. Yuqondagilarga ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilar alohida e’tibor berishlari lozim.
  1. Psixolog olimlar fikrlari. Psixolog olimlar E.N.Sattorov, N.A. Sog’inov, E.Usmonovlarning o’zbek oilalari bo’yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijasiga qaraganda oilaning shakllanishi, uning mustahkamligi, oilaviy nizolar, jinoyat, fojealar, shu jumladan o’z joniga qasd qilishning eng xavfli davri 18-30 yoshlarga to’g’ri kelar ekan. O’zbek oilalarida ajralishlarning aksariyat qismi shu yoshlarda kuzatiladi. Ajablanarlisi shuki, inson hayotidagi eng baxtli daqiqalar ham shu davrga to’g’ri keladi. Hisob-kitoblarga qaraganda ruhiy kasalliklar ichida keng tarqalgan shizofreniya kasalligining yuzaga chiqishi shu yoshda ko’zga tashlanadi. Psixiatorlar taxmini bo’yicha nasliy xastalikning shu yillarda ko’p yuzaga chiqishi asosida ham yosh davrining murakkabligi yotadi.
     Yangi yuzaga kelgan har sakkiz oiladan bittasi bir yilga yetmay ajralib ketadi, har to’rt oiladan bittasi besh yilga yetmaydi. Ajralish ko’rsatkichlari bo’yicha Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Litva, Latviya, Estoniya Evropa mamlakatlari ichida yetakchi o’rinni egallayapti. Ayrim tadqiqotchilar ma’lumotiga ko’ra sobiq SSSRda ajralishning 64 foiz sababchisi ayollardir. Olimlarning ma’lumotiga ko’ra ajralishning eng katta qismi 30-34 yoshlarga ya’ni, oilaviy hayotning 7-10 yillariga to’g’ri keladi. Ammo bu ma’lumotni chuqurroq tahlil qilganda, bunday oilalarda dastlabki 5 yil ichida psixologik ajrim yuzaga kelib, 7-10 yillarda qonun bilan rasmiylashtirilishini ko’ramiz. Demak, oila uchun eng xavfli payt nikohning dastlabki 5 yilidir. Bu fikrni «Yangi uylanganga yetti yil yaqin borma» degan o’zbek xalq maqoli ham tasdiqlaydi.
     Er-xotinlar qanchalik yosh bo’lsalar, olimlarning ta’kidlashicha bu davrda nizolar shunchalik ko’p bo’ladi. Ular yoshligi, tajribasizligi tufayli «Muhabbatimiz o’ldi» deb o’ylashadi, yoki bundan ham battarni «Umr yo’ldoshi tanlashda adashdim, men hali yoshman, xatoimni to’g’rilab olaman» degan xulosaga kelishadi. Kuyov o’ziga «Ko’cha to’la xotin» desa, kelin «Er qurib qolibdimi, qancha xushtorlarim bor, rozilik bersam, ertagayoq haqiqiy erkakka turmushga chiqaman» deydi.
     Ko’p hollarda esa asosiy sabab chetda qolib, kelin-kuyovning ota-onasidagi kamchiliklar o’rtaga tashlanadi, do’sti yoki qarindoshining to’ydan oldin ogohlantirgani bormi, to’ydan oldin sevishganlar orasida bo’lib o’tgan nizolar bormi eslashadi. Kuyov va kelin ma’lumotidagi tafovutlar ham chetda qolmaydi. «Savodsiz bo’lmasa shu ishni qilarmidi?», «Oliy ma’lumotli xotin olgandan ko’ra uylanmasdan o’tgan yaxshi». Ba’zan esa yosh orasidagi farq asosiy sabab qilib ko’rsatiladi. «Ering katta bo’lsa aql o’rgatadi», «Ering o’zingdan katta bo’lsa ezma bo’ladi». Kasblar ham nizoga bahona ya’ni, «Ering san’atkor bo’lsa oilaviy hayoting sahnaga aylanadi». Ayniqsa ota-onaga aloqador kamchiliklar axtariladi. «Ichkilikboz otaning o’g’li kim bo’lardi», «It egasiga tortadi» kabi aytishuvlar nikohning poydevori yemirilishiga, oila harbod bo’lishiga olib keladi. Sudda ko’pincha er-xotinlar emas, o’sha mayda-chuyda narsalar to’qnashadilar.
     Nazorat uchun savollar:
     1.Nima uchun ajralishlar haqida fikr yuritish qiyin?
       Shaxsiy fikringiz.
     2.»Ayollar mas’uliyati» deganda nimani tushunasiz?
     Hayotiy misollar keltiring.
  1. Psixolog olimlar fikrlari haqida.
  2. O’zbek oilalarining o’ziga xosligi nimalarda ifodalanadi?
  3. Statistik ma’lumotlarga munosabatingiz.

Ajralish sabablari va uning salbiy oqibatlari