AJMER haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AJMER haqida malumot bilib oling.

AJMER, Ajmir — Hindistonning Rajastxan shtatidagi shahar. Aravali togʻida, 900 m balandlikda joylashgan. Aholisi 402 ming kishi (1991). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik sanoati markazi. Ipgazlama, shoyi va trikotaj f-kalari, mashinasozlik korxonalari, t. y. ustaxonalari bor. Badiiy hunarmandchilik (shoyiga gul tikish, toʻr tuqish) rivojlangan. Mamlakatning asosiy diniy markazlaridan. Ajmer 12-a. boshlarida vujudga kelgan va Chauxanlar davlatining poytaxti boʻlgan. 1192-y. dan Muhammad Gʻuriyga qarashli, keyinroq Dexli sultonlari tasarrufiga oʻtgan. 1556-y. dan Boburiylar hukmronligida boʻlgan. 1818-y. da inglizlar bosib olgan. 1947-y. dan mustaqil Hindiston tarkibida. Ajmerda 12-a. da qurilgan masjid, 16-a. da solingan qalʼa va saroylar saqlangan.

Ensiklopediya.uz
AJMER