Ajinlarga qarshi uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar

Ajinlarga qarshi uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar

Ajinlarga qarshi uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar

DO`STLARGA ULASHING:

Yuzdagi ajinlarga qarshi niqoblar — bu nafaqat ajinlarning dastlabki belgilari paydo bo’la boshlagach yordam beradigan «tez yordam», balki yuzaga kelib bo’lgan yoshga bog’liq teri muammolarini bartaraf etadigan samarali vositadir.

maska3

Ushbu maqolada uy sharoitida ajinlarga qarshi niqoblarning qay birlari eng samarali ta’sir ko’rsatishi haqida so’z yuritiladi — amaliyot shuni ko’rsatadiki, yuz terisidagi ajinlarni yo’qotish uchun uyda tayyorlangan niqbolar samara bobida fabrikada ishlab chiqarilgan maxsus kremlardan ham o’zib ketishi mumkin, unda ortiqcha pul sarflashning nima keragi bor…

Xo’sh, ajinlarga qarshi uy sharoitidagi niqoblarning qaysi turlari eng samarali ta’sir ko’rsatadi. Ajin tushishining asosiy sababi — terining quruqlashishi natijasida elastikligi va tonusining yo’qolishidir, shuning uchun niqoblar birinchidan, tarkibida oziqlantiruvchi va namlovchi moddalar saqlashi kerak. Bunday tarkibli mahsuotlarga tuxum sarig’i, o’simlik va kosmetik moylar, meva va rezavorlardan tayyorlangan pyure va boshqalar kiradi. Ikkinchidan, niqoblar yuz terisiga taranglashtiruvchi ta’sir ko’rsatishi kerak — chunki aynan elastik tolalarning yo’qotilishi natijasida yuzda mayda ajinlar va teri muammolari namoyon bo’ladi. Ikkinchi holatda asal, gil va jelatin (faol kollagenning tabiiy manbai) kabilar yaxshi yordamchilar bo’ladi.

Qanday qilib uy sharoitida yuz terisidagi ajinlarga qarshi niqob tayyorlash kerak

Ajinlarga qarshi niqoblar foydalanish uchun oldindan tayyorlanib, olib qo’yilmaydi, chunki ulardagi faol moddalar tezda o’z xususiyatlarini yo’qotadi.

Foydali moddalar teriga yaxshiroq kirish uchun, teriga niqob qo’yishdan oldin uni yaxshilab yuvish kerak.

Ajinlarga qarshi niqoblar yuzda oddiy niqoblardan ko’ra bir oz ko’proq vaqt ushlab turiladi, 30 daqiqa, so’ng sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.

Uyda tayyorlanadigan ajinlarga qarshi niqob samarali ta’sir qilishi uchun foydali moddalar teriga yasxshilab so’rilishiga imkon berish kerak. Shuning uchun, bunday niqoblarni kechqurun, yotishdan oldin qo’llash maqsadga muvofiq.

Ajinlarga qarshi niqobni tez-tez qo»lash mumkin emas, aks holda yuz terisida normal modda almashinuvi jarayonlari sekinlashishi mumkin. Eng maqbul davriylik — haftasiga 2 ta marta qo’llash hisoblanadi.

Har safar ajinlarga qarshi niqoblarning bir turdagisini qo’llash kerak emas, ular har ikki haftada bir marta boshqasiga o’zgaritirilishi kerak.

Uy sharoitida tayyorlanadigan ajinlarga qarshi niqoblar retseptlari

Yuzdagi ajinlardan halos qiluvchi bodringli niqob
Ushbu niqobni tayyorlash uchun, o’rtacha kattalikdagi bodringni yarmini qirg’ichdan o’tkazib, 1 osh qoshiq bodom moyi (boshqa moylar ham qo’shsa bo’ladi, ammo bodomniki eng samarali) va bitta tuxum sarig’ini qo’shing. Barchasini yaxshilab aralashtiring va yuz va bo’yin terisiga qo’llang, taxminan 40 daqiqaga qoldiring. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang, ortidan sovuq suv bilan chaying va namlovchi vosita qo’llang.

Asal mumidan tayyorlanadigan ajinlarga qarshi niqob
Ushbu mo’jizaviy niqobini tayyorlash uchun sizga kerak: asal mumi (asal sotadigan do’konlarda sotiladi), bir choy qoshiq asal, bitta o’rtacha piyoz. Asal mumini eritib, bir oz sovutish kerak, konsistentsiyasi plastilindek bo’lishi talab qilinadi. Niqob uchun bir osh qoshiq mum yetarli. U erigunigacha, piyozni qirg’ichdan o’tkazib, ikki osh qoshiq sharbatini siqib olish kerak. Barcha tarkibiy qismlar — mum, piyoz sharbati va asal yaxshilab aralashtiriladi va 10 daqiqaga yuzga qo’llaniladi. Ushbu niqob nam salfetkalar yordamida olib tashlanadi.

Ajinlarga qarshi jelatinli niqob
Jelatin faol kollagenni o’z ichiga oladi va samaradorlik bobida jelatinli niqoblar qimmat kosmetik vositalar bilan bir qatorda turadi. Jelatinni chuqur va sezilarli ajinlarga qarshi kurashuvchi birinchi darajali vosita deb atasa ham bo’ladi. Jelatinni turlicha usullarda qo’llash mumkin, buning uchun 1 osh qoshiq jelatinga yarim stakan suv soling va jelatin suvni shimib olishini kutib turing (bu 10 daqiqadan 1 soatgacha vaqt talab qiladi, barchasi jelatin turiga bog’liq). Shundan so’ng jelatin to’liq erishi uchun uni suv hammomiga yoki mikroto’lqinli pechga joylashtiring, erigach qulay haroratgacha sovuting. Tayyor bo’lgan jelatinni sut, limon sharbati, faollashtirilgan ko’mir yoki bodring sharbati kabilar bilan aralashtirib, ajin tushgan sohalarga qo’llang.

Quruq teri uchun ajinlarga qarshi niqob
Moylar odatda yuzdagi ajinlarga qarshi maxsus vositalarning bir qismi hisoblanadi — ajinlarni tekislash, terini namlash, quruq yuz terisiga taranglik bag’ishlashda uzum urug’i moyi yordam beradi, u dorixonalarda sotiladi. 1 osh qoshiq moy oling va biroz isiting, keyin 3-5 tomchi atirgul yoki sandal moyini qo’shing. Yaxshilab aralashtiring va yuzga yengil massaj qilib surta boshlang, ajinlar mavjud sohaga alohida e’tibor bering. Bunday niqob bir kecha davomida qoldirilishi mumkin.

Tvorog va kivili ajinlar bilan kurashuvchi niqob
Sizga yog’li tvorog (uni do’kondan emas, balki bozorda sotib olish yaxshiroq) va kivi kerak bo’ladi. Kivini ezib, pyure holatiga keltiring va shu ikki mahsulotni yaxshilab aralashtiring. Yuzni yumshoq skrab bilan tozalang, keyin bu niqobni yuz va bo’yinga bir qavat qilib surting. Niqob taxminan yarim soat turishi kerak, shundan so’ng uni sovuq suv bilan yuvib tashlang. Qo’llashdan keyin krem surtish kerak emas, haftada 2-3 marta qo’llash tavsiya etiladi.

Bodyaga va vodorod periks bilan ajinlarga qarshi yuz niqobi
Bodyaga — kremniy va spongin bo’lib, an’anaviy ravishda terini yoshartirishi uchun ishlatiladi va vodorod peroksidi bu moddalarning tezda chuqur qatlamlariga kirishiga yordam beradi. 1 osh qoshiq bodyaga kukuni bilan bir choy qoshiq peroksidini aralashtiring. Yuzni ajinli sohalariga qo’llang, faqat ko’zlar yaqiniga qo’yish tavsiya etilmaydi, chunki bu kuchli ta’sirlanishni chaqirishi mumkin. Birinchi hafta 5-7 daqiqa, ikkinchi hafta — 10, uchinchi hafta — 15 daqiqa ushlab turing, so’ngra ehtiyotlik bilan chayib tashlang. Tunda foydalanilsa yaxshi bo’ladi, chunki ushbu niqob qo’llanilganidan so’ng, qon oqimining yaxshilanishi tufayli teri 2-3 soat qizarib turishi mumkin.

Ajinlarga qarshi aloe moylari
Aloe terini tarang qiladi, oziqlantiradi va namlaydi, shuning uchun yuzda ajin paydo bo’la boshlagach va chuqur ajinlar mavjud bo’lganida ayollarga aloeni qo’llash tavisya etiladi. Ajinlarga qarshi niqobni tayyorlash uchun 2 osh qoshiq aloe sharbati kerak bo’ladi, uni tayyorini sotib olish yoki uy sharoitida aloeni qirg’ichdan chiqarib, sharbatini siqib olish mumkin. Niqob uchun yana 1 osh qoshiq yog’li qaymoq va 1 osh qoshiq zaytun moyikerak bo’ladi. Ushbu uch mahsulotni yaxshilab aralashtirib, yuzga surting. Yuzda niqobni 30 daqiqaga qoldiring, keyin quruq salfetka bilan niqob qoldiqlarini shimdirib oling. Agar niqob bir kechaga qoldirilsa, yanada yaxshi natija beradi.

Ajinlar paydo bo’lganda mevali niqoblar
Yuz ajinlariga qarshi mevali niqoblar vitaminlar, aminokislotalarga boy bo’lib, ular terini mustahkamlaydi, yoshartiradi va taranglashtiradi. Ushbu niqob uchun 2 osh qoshiq yashil olma pyuresi va 1 osh qoshiq zaytun moyi kerak bo’ladi. Bu mahsulotlarni yaxshilab aralashtirib, biroz isitib, yuz va bo’yin terisiga qo’llang. 30 daqiqadan so’ng iliq suv, ortidan esa sovuq suv bilan yuvib tashlang. Bundan tashqari olma pyuresi o’rniga avakado, banan, shaftoli, malina, qora smorodina, qulupnay pyuresini ham ishlatish mumkin.

25-yoshdan keyin paydo bo’lgan ajinlarga qarshi niqob
Ushbu yoshda kichik mayda ajinlar paydo bo’lishi mumkin, ammo teri hali elastik va tarangligini yo’qotmagan, shuning uchun terining tabiiy funktsiyalarini saqlab turish kerak. Buning uchun sizga tuxum yordam beradi. Kichik ajinlarga qarshi niqobni tayyorlash uchun 1 ta tuxum sarig’i, 2 osh qoshiq bug’doy kepagi va 1 choy qoshiq zaytun moyini yaxshilab aralashtiring. Teriga bir tekisda surting va yarim soatga qoldiring. So’ng iliq suv bilan yuvib tashlang.

Har qanday yoshdagi ajinlarga qarshi niqob
Uyda ajinlarga qarshi mukammal kurashuvchi mo’maygina niqob tayyorlasa bo’ladi, u juda kuchli taranglashtiruvchi, namlovchi va oziqlantiruvchi ta’sirga ega. Bu yerda ajinlarga qarshi niqob komponentlari juda foydali mahsulotlar to’rtligidir. Buning uchun 1 osh qoshiq oq loy (gil), 1 osh qoshiq yog’li smetana, 1 choy qoshiq limon sharbati va yumshatilgan asalni aralashtirish kerak bo’ladi. Ushbu niqob gil qurib qolguniga qadar ushlab turiladi, keyin iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Zaytun moyi bilan ajinni yo’qotish
Qadim zamonlardan beri zaytun moyi shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur bo’lib, ajinli yuzlarga yaxshi ta’sir qiladi. 1 osh qoshiq zaytun moyinini tana haroratigacha qizdiring va hohishingizga ko’ra biror meva, masalan olma pyuresi qo’shing. Niqobni yuzga bir tekisda yoying va 30-40 daqiqa ushlab turing, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlang.

Ko’z atrofidagi ajinlarga qarshi niqob
Ajinlar ko’pincha ko’z atrofida paydo bo’ladi. Bu muammo kuzatilganda zig’ir yoki bodom moyi yordam beradi. Ushbu moylardan birini olib, 2-3 tomchi neroli yoki atirgul efirlaridan qo’shing. Tayyor bo’lgan aralashmani yengil urib-urib ko’z atrofiga surta boshlang. 1 soatlarcha ushlab turing, keyin shimilmay qolgan moylarni salfetka bilan artib tashlang.

Ajinlarga qarshi kurashishning boshqa usullari
Agar ajinlaringiz juda chuqur bo’lsa yoki siz ajinlar uchun niqob ta’sirini kuchaytirishni istasangiz, go’zallik salonlari va kosmetologik klinikalarining muolajalaridan o’tish mumkin. Ushbu hollarda ajinlarni bartaraf qilish uchun quyidagi muolajalar qo’llaniladi:

Ajinlarga qarshi uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar