Ajinga qarshi mahsulotlar haqida malumot
Yuzdagi ajinlar oldini olish va bartaraf etish uchun turli sun’iy aralashmali surtma (krem)lardan foydalanamiz. Ular ajinni tashqi tomondan silliqlab tursa-da, terining ichki qavatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu maqsadga erishishda tabiiy mahsulotlarning ahamiyati beqiyos.
Array ( [title] => [pic] => [list_link] => )
Yong‘oq tarkibidagi E vitamini va koenzim moddalari teri hujayralarini oziqlantirib, yoshartirish xususiyatiga ega. Buning uchun istagan yong‘oq mag‘zidan kuniga 50 gramm yeyish kifoya.
Meva va sabzavotlar
Sabzi, pomidor, qovoq, o‘rik tarkibida teri hujayralarini yangilovchi beta-karotin moddasi mavjud. Apelsin, kivi, qorag‘at tarkibida C vitamini juda ko‘p. U qarishni sekinlashtiruvchi kollagen hosil bo‘lishiga yordam beradi. Anor teridagi elastik xususiyatni kuchaytirib, turli shikastlanishlarni tezda bartaraf etadi.
Bo‘tqalar
Ular tarkibidagi kremniy moddasi kollagen ishlab chiqarishda qatnashadi. Shuningdek, tanadagi turli tiqilma va zaharli moddalarni tozalab, terining yaxshilanishiga ko‘maklashadi.
Zaytun yog‘i
Ma’lumki, quruq terining ajin tushishiga moyilligi yuqori. Zaytun yog‘i esa boshqa mahsulotlarga qaraganda uch karra ko‘proq yog‘ kislotasiga ega bo‘lib, teri hujayrasining qayta tiklanishini kuchaytiradi.
© Feruza FUZAYLOVA.
«Oila davrasida» gazetasi.
Array ( [title] => [pic] => [list_link] => )
Kasalliklar
Ajinga qarshi mahsulotlar