AJIBOY QOʻLTIGʻI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AJIBOY QOʻLTIGʻI haqida malumot bilib oling.

AJIBOY QOʻLTIGʻIOrol dengizining jan.-gʻarbidagi qoʻltiq. Mayd. 1000 km2, uz. 41 km, eni 30 km, eng chuqur joyi 9,2 m boʻlgan. Orol dengizi sathining 8 m ga pasayishi tufayli 1981-y. qoʻltiq kuridi. Ajiboy qoʻltigʻi tubi qirgʻoqqa yaqin (10—15 km masofagacha) yalang eol qum shakllari (barxan, doʻng va h. k.), undan shim. esa qoldiq, taqir va faol shoʻrxoklar bilan band. Qumliklarda qora saksovul, cherkez, qandim, shoʻra, shoʻrxoklarda sarisazan, yulgʻun, qorabaroq oʻsadi. Sudochye koʻlidan boshlangan yer osti suvlarining oqimi mavjudligidan grunt suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashganligi uchun Ajiboy qoʻltigʻida galofit oʻsimliklari keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
AJIBOY QOʻLTIGʻI