AJDARGUL haqida malumot bilib oling.
AJDARGUL, itogʻiz (Antirhinum) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar (baʼzan, chalabuta oʻsimliklar) turkumi. 40 ga yaqin turi bor. Asosan, Yevropa va Shim. Amerikada, qisman Osiyoda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Ajdargulning bir turi — yirik ajdargul (A. majus L.) xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Bu toʻrning poyasi 30—60 sm, bargi nashtarsimon, pastdan yuqoriga maydalashib boradi. Gullari ikki labli, ogʻzi yumuq, shingil toʻpgullariga yigʻilgan. Ajdargulning qizil, pushti, sariq yoki oq gulli xillari uchraydi. Changchilari toʻrtta, gulkosachasi 5 bargchali, tukli. Mevasi — koʻsakcha. Oʻzbekistonda sigirquyruqsoshlar oilasiga mansub va Ajdargulga oʻxshash bir qancha oʻsimliklar (mas, zigʻirak) ham baʼzan Ajdargul deb yuritiladi.
Ensiklopediya.uz
AJDARGUL