Ajali yaqinlashgan kishining oldida bo‘lganlar nima qilishlari kerak? to’liq malumot oling

Ajali yaqinlashgan kishining oldida bo‘lganlar nima qilishlari kerak? to’liq malumot oling

Ajali yaqinlashgan kishining oyoqlari bo‘shashadi, yuzining rangi o‘chib, burni bir tomonga og‘adi, terisi bo‘shashadi. Ajali yaqinlashgan kishi yonida bo‘lganlar uni o‘ng tomoni bilan, yuzini qiblaga qaratib yotqizishi sunnatdir. Agar buning imkoni bo‘lmasa, chalqancha yotqizib, boshini ko‘tarib, oyoqlarini qiblaga qaratib, qiblani hurmatidan tizzasini biroz ko‘tarib qo‘yiladi. Bu holatlar unga noqulaylik tug‘diradigan bo‘lsa, uni o‘z holiga qo‘yiladi. Uni huzurida tahlil (La ilaha illallohu Muhammadur rosululloh)ni eshittirib aytib turiladi. Ammo unga “ayt” deyilmaydi. Agar tahlil kalimasini bir marta aytsa, boshqa aytilmaydi (“Muxtasar”, “Fatavoi hindiya”, “Hidoya”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

fatvo hay’ati. @diniysavollar

Islom
Ajali yaqinlashgan kishining oldida bo‘lganlar nima qilishlari kerak?