
AJAL VODIYSI haqida malumot bilib oling.
AJAL VODIYSI (DeathValley) — AQSH jan.-gʻarbida joylashgan Moxave choʻlidagi (Kaliforniya shtati) togʻ oraligʻi botigʻi. Amargosa va Panamint tizmalari oraligʻidagi suvsiz joy. Uz. 250 km chamasida, mayd. qariyb 840 ming ga. Yer kurasidagi eng chuqur joylardan biri (dengiz sathidan 85 m past) va qaqragan choʻl. Shim. Amerikadagi eng past joy. Havoning mutlaq maksimum t-rasi 56,7° (Gʻarbiy yarim sharda eng yuqori). 1849-y. da bu yerda bir guruh oltin qidiruvchilar tashnalikdan nobud boʻlganligidan vodiy shunday nom olgan. Milliy tabiat yodgorligi sifatida 1933-y. dan muhofaza qilinadi.
Ensiklopediya.uz
AJAL VODIYSI