Aida Yunusova Haqida to’liq malumot oling
Aktrisa Aida Yunusova 1948 yil 10 fevralda Marg’ilon shahrida tug’ilgan.U oilada uch qizning eng kichigi bo’lgan.
Mundarija
скрыть
Aida Yunusova 1970 yilda Toshkent Davlat teatr va rassomchilik oliygohini kino va teatr aktyorligi fakultetini tamomlagan.
O’qishni tugatgach u «O’zbektelefilm» kinostudiyasida aktrisa sifatida ishlay boshlaydi.
Bu aktrisa o’zining ilk rolini talabalik paytida «Yoz yomg’iri» nomli filmida o’ynagan.
Aida Yunusovani xalqqa tanitgan rollari bu «Ajoyib Xayolparast» va «Chinor ostidagi duel» filmlari hisoblanadi.
Bulardan tashqari aktrisa faoliyati davomida yana o’ndan oshiq filmlarda qatnashgan.
Bu Aktrisa «Ajoyib Xayolparast» filmidan keyin boshqa filmlarda qatnashmaydi. oradan 30 yil o’tib 2016 yilda esa u yana aktrisa sifatida kinoga qaytdi.
U 2016 yili Qoraqolpog’istonlik kinoijodkorlar bilan birga ishlangan filmda ishtirok etdi.
Aida Yunusova
Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida:Aida Yunusova birinchi marta talabalikdagi kursdoshiga turmushga chiqqan va ular uch farzandli bo’lishgan.keyinroq aktrisa bu inson bilan ajrashgan va bir necha yil o’tib ikkinchi marta turmushga chiqqan.Uning ikkinchi turmushdan ikki o’gil farzandi bor.
O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan aktrisa Aida Yunusova hozirda 70 yoshda u bugungi kunda o’z aktyorlik faoliyatini davom ettirish bilan birga nabiralar tarbiyasi bilan band.
Biografiya
Aida Yunusova Haqida