Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshirish to’liq malumot oling
“Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son, 21.06.2024-y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1 yanvardan “Korruptsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.
Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
korruptsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korruptsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reestrini yuritish;
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
korruptsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.
Foydali Maslahatlar
Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshirish