AHOLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AHOLI haqida malumot bilib oling.

AHOLI — Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan max-sus fandemografiya shugʻullanadi.

Aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiyiqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Lekin Aholi rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsirni ijtimoiy-iqgisodiy omillar koʻrsatadi. Aholi muammolari odamlarning biologik xususiyatlari, insonlarning atrof muhit bilan oʻzaro aloqasi, ijtimoiy-iqgisodiy taraqqiyot b-n bogʻliq. Chunki Aholining mehnatga yaroqli qismi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir.

Aholini ilmiy va muntazam oʻrganish oʻrta asrlardan boshlangan. Aholini hisobga olish Yevropa va Amerikada 19-a. da, qolgan regionlarda 20-a. ning dastlabki choragida yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekistonda Aholi haqidagi statistik maʼlumotlar 19-a. 2-yarmidan boshlab mavjud. Respublikada Aholi muammolarini oʻrga-nish 1960 — 1970-y. lardan boshlab tez rivojlandi. Aholini ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlar qatorini — uning takror barpo qilinishi (tugʻilish, oʻlim, nikohga kirish, ajralish, tabiiy oʻsish), joylanishi, urbanizatsiyasi, migratsiyasi, yosh-jinsiy tarkibi va oilaviy holati, maʼlumot darajasi, irqiy, til, etnik, diniy tarkibi tashkil etadi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibini ifodalovchi koʻrsatkichlarga uning bandligi, iqtisodiy faolligi, kasb-hunari va b. kiradi.

Jahon aholisining soni uning joydan joyga tabiiy koʻchishi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar tabiiy aholisining soni esa tabiiy koʻpayish koʻrsatkichlaridan tashqari migratsiya jarayonlariga ham bogʻliq. Jahon aholisining soni, uning koʻpayish surʼati har bir mamlakatda oʻziga xos xususiyatga egadir va bu xususiyat muayyan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar aholisining soniga tabiiy koʻpayishdan tashqari migratsiya jarayoni ham taʼsir etadi. Yer shari aholisining soni va uning oʻsish surʼatlari umuman uzluksiz ravishda ortmoqda. Faqat ayrim joylarda va baʼzi bir davrlarda urushlar, epidemiyalar, tabiiy ofatlar natijasida Aholi oʻsish surʼatlarining vaqtincha pasayishi, uning mutlaq sonining esa qisqarishi kuzatilgan.

Yer kurrasi aholisining soni koʻp ming yillar davomida nihoyatda past surʼatlar bilan oʻsdi. Chamasi paleolit davrining oxirida (taxm. miloddan 15 ming yil avval) Aholi soni 3 mln. boʻlgan, neolit oxirida 50 mln. kishiga yetgan. Mil od boshlarida Yer yuzida Aholi soni 230 mln. ga yaqin boʻlgan. Milodiy 1000-yilda Yer sharidagi aholi soni 275 mln. kishiga yetgan.

20-a. boshida Yer yuzi Aholi soni 1617 mln. kishini tashkil etdi. 1995-y. da Yer shari aholisining soni 5,7 mlrd. kishiga yetdi. 1993-y. Yevropada 728 mln., Osiyoda 3336 mln., Afrikada 670 mln., Shim. va Markaziy Amerikada 442 mln., Jan. Amerikada 308 mln., Avstraliya va-Okeaniyada 28 mln. kishi yashadi. Aholi so-nining oʻsish surʼatlari 19-a. ning oxiri — 20 – a. ning 1-yarmida pasaydi. 2-jahon urushidan keyingi davrda esa yana oʻsdi. 20 – a. oxirida Yer yuzidagi Aholining oʻrtacha yillik oʻsish surʼatlari 1,6—1,7% ni tashkil etib, uning mutlaq soni yiliga 90—100 mln. kishiga koʻpaymoqda. BMT ning progno-ziga koʻra, Yer shari aholisining soni 2025-y. da 8,3 mlrd. kishiga yetadi.

Aholi sonining oʻsish surʼatlari nisbatan yuqori darajadagi tugʻilish va past darajadagi oʻlim taʼsirida shakllanmoqda. 1995-y. Yer shari aholisi tugʻilishining umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga nisbatan tugʻilganlar soni) 24,0% ni, oʻlimning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga nisbatan oʻlganlar soni) 9% ni tashkil etdi. Oʻsha yili Afrika mamlakatlarida tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti 41%o ga teng boʻldi. Oʻlimning umumiy koeffitsiyenti Osiyoda 8%o ni, Yevropada esa 11%o ni tashkil etdi. Yer shari aholisining muntazam koʻpayib borishi aholining oʻrtacha umr koʻrishi bilan ham bogʻliqdir. 1995-y. da Aholining oʻrtacha umr davri Yevropada 74 yosh, Osiyoda 65 yosh, Shim. Amerikada 75 yoshni, Jan. Amerikada 68 yosh, Afrikada 54 yosh, Avstraliya va Okeaniyada 73 yoshni tashkil etdi. Dunyoda Aholining oʻrtacha umr davri yuqori boʻlgan mamlakatlar qatoriga Yaponiya (79 yosh), Shvetsiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Fransiya (78 yosh), Gretsiya, Niderlandiya, Ispaniya, Italiya, Isroil, Belgiya (77 yosh), Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH (76 yosh) kiradi.

Oʻrtacha umr davri past boʻlgan mamlakatlarga Markaziy Afrika Respublikasi (41 yosh), Afgʻoniston (43 yosh), Gvineya (44 yosh), Syerra-Leone (46 yosh), Ruanda (46 yosh), Somali (47 yosh) va b. mamlakatlar kiradi. Oʻrtacha umr davrining uzayishi qariyalar soni va ulushining koʻpayishiga, yaʼni «aholining qarishi» jarayonining rivojlanishiga olib kelmoqda. Jahon mamlakatlarining aksariyatida (Hindiston, Nepal, Eron va b. istisno) ayollarning oʻrtacha umr koʻrishi erkaklarnikidan yuqori.

Yer yuzida Aholining joylashishida, hududiy taqsimlanishi va qayta taqsimlanishida, irqlar va xalqlar shakllanishida migratsiya jarayoni be-nihoya katta rol oʻinagan. Migratsiya murakkab iqtisodiy-ijtimoiy jarayon boʻlib siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot, ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy tarkibi hamda Aholining ijtimoiy faolligining kuchayishi bilan bogʻlangan. Migratsiya jarayonlarida asosan mehnatga yaroqli yoshdagi aholi faol ishtirok etadi. 1988— 96 y. larda Sharqiy Yevropa davlatlari siyosiy hayotida boʻlib oʻtgan jiddiy oʻzgarishlar va ayniqsa, SSSRning parchalanib ketishi umumjahon miqyosidagi Aholi migra-siyasini jadallashtirib yubordi.

Aholiga xos eng muhim koʻrsatkichlardan biri, uning joylanishi hisoblanadi. Aholi joylashuvini ifodalovchi eng oddiy mezon — aholi zichligidir. Yer kurrasi aholisining oʻrtacha zichligi 1996-y. da 1 km2 ga 39 kishi boʻldi. Aholi soni boʻyicha eng yirik davlatlar: Xitoy 1179,5 mln. kishi, Hindiston 896,6 mln. kishi, AQSH 258,2 mln. kishi, Indoneziya 188,2 mln. kishi, Braziliya 156,5 mln. kishi, Rossiya 148 mln. kishi (1993). 90-y. larning boshida dunyo aholisi yiliga taxm. 90 mln. kishiga koʻpaygan. Aholining geografik taqsimlanishi notekis: quruqlikning 7% da 70% A. yashaydi. Doimiy Aholi mavjud boʻlgan joylardagi (130 mln. km2) Aholi zichligi salkam 45 kishini tashkil etdi. Lekin Yer kurrasida Aholi nihoyatda notekis joylashgan. Jumladan, Bangladeshda Aholi benihoya zich (1 km2 ga 800 kishidan ortiq), Mongoliyada esa oʻta siyrak (1 km2 ga 1,4 kishi) joylashgan. Aholi zichligi, uning joylashish xususiyatlariga ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan birga tabiiy-geografik sharoitlar (iqlim, relyef) ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Jahon aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi (q. Shahar aholisi, Qishloq aholisi). Shahar aholisining salmogʻi uzluksiz tarzda koʻpaymoqda. Bunda mexanik harakatning roli juda katta (maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlar va Aholi migratsiyasi). Shahar aholisining ulushi Avstraliya va Okeaniya, Yevropa va Amerikada 70% dan ziyod, Osiyo va Afrikada esa 30%. Shahar aholisining ulushi eng yuqori (80% dan ortiq) boʻlgan mamlakatlar qa tori ga Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya kabi mamlakatlar kiradi.

Dunyoda qariyb 3 ming xalq mavjud. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida ularning bir qismi millatga aylandi, boshqalari elat, uchinchilari esa — kabila guruhidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida 120 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Oʻzbeklar mutlaq soniga koʻra dunyo xalhlari ichida 45-oʻrinni egallaydi (18,5 mln. kishi, 1992). Dunyodagi mamlakatlarning aksariyati koʻpmillatli hisoblanadi. Aholisi koʻp mil-latli mamlakatlarga Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Pokiston, Rossiya, Eron, Malayziya, Oʻzbeki ston, Qozogʻiston va b. kiradi. Aholisi asosan bir millat vakillaridan tashkil toptan mamlakatlar – Turkiya (82%), Germaniya (90% dan ziyod), Yaponiya, KXDR va Koreya Respublikasi (99%, 1993), Bangladesh (98%dan ortiq), Saudiya Arabistoni, Yaman, Gretsiya (95% dan ziyod) va b. kiradi. Dunyodagi bir kancha xalqlar (kurdlar, balujlar va b.) oʻz millim davlatchiligiga ega emas. Binobarin kurdlarning umumiy soni 16 mln. dan ziyod boʻlib, ular asosan boʻlingan holda Turkiya, Iroq va Eronda yashaydi. Balujlar Eron va Pokistonda mavjud. Ozarbayjonlar oʻzining milliy davlatiga ega boʻlsa ham koʻpchiligi Eronda istiqomat qiladi. Xuddi shunday holat yahudiylar, armanlar va tojiklarga ham xos. Din koʻpchilik mamlakatlarning ijtimoiy va siyosiy hayotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan va koʻrsatmoqda, shuning uchun eʼti-qod qiluvchilar soni va geografik tarqalish sonini aniqlash katta ahamiyatga ega.

LA:Valenten D. I, Kvash a AL, Osnovы demografii, M., 1989; Stranы Sentralnoy Azii v sovremennom mire, T., 1994; Migratsiya naseleniya Oʻzbekistona, T., 1986; Ekonomika Uzbekistana i stran SNG, T.,Abduhakim Qayumov.

Ensiklopediya.uz
AHOLI