
AHMEDOVA haqida malumot bilib oling.
AHMEDOVA Nazira (1913.5.6, Namangan — 1964.25.2, Toshkent) — oʻzbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). Oʻzbekiston xalq artista (1951). Moskva oʻzbek opera studiyasi (1927—30) da taʼlim olgan. Oʻzbek ishchiyoshlar teatri (1930), Hamza teatri (1931) artis-ti. Oʻzbekiston radio qoʻmitasi (1932), Oʻzbek musiqa teatri (1935 — 39), Navoiy teatri (1939-64) yakka xonandasi. Oʻzbek, qardosh xalqlar operalari va chet el hamda rus klassik operalarida 20 dan ortiq rollar ijro etgan: Norgul, Nodira (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, «Boʻron», 1939 — 43, «Buyuk kanal», 1941), Tana (Ye. Brusilovskiy, «Er Targʻin», 1939— 43), Asal, Layli (R. Glier, T. Sodiqov, «Gulsara», 1949—54, «Layli va Majnun», 1954-58), Mikaela (J. Vize, «Karmen», 1944—47) va b. Qator oʻzbek xalq qoʻshiqlari va kompozitorlarning romanslari (D. Zokirov, «Kurmadim», M. Burhonov, «Ishqida», T. Sodiqov, «Sarvigul»)ni mahorat bilan ijro etgan.
Ensiklopediya.uz
AHMEDOVA