AHMADXOʻJAYEV Saidbotir Saidgʻaniyevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AHMADXOʻJAYEV Saidbotir Saidgʻaniyevich haqida malumot bilib oling.

AHMADXOʻJAYEV Saidbotir Saidgʻaniyevich (1941.30.5, Toshkent) — operator va rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Ijo-dini 1966-y. «Oʻzbekfilm» kinostudiyasining «Nashtar» satirik kino-jurnalida boshlagan. 1969-y. dan «Oʻzbektelefilm» studiyasida. Operator sifatida osori atiqalar, milliy qadriyatlarimiz haqida hikoya qiluvchi «Sharqning mangu obidalari», «Buxoro», «Hamro buvi ertaklari» hujjatli filmlarini yaratgan. 1972-y. dan rej. sifatida ijod qilib, «Brigada», «Usta Salimjon», «Xalq farzandi», «Mukarrama opa va qirq goʻzal», «Intizor», «Xotira», «Qalb saxovati», «Farzandlar qasamyod qildilar» kabi hujjatli, shuningdek «Aziz» televizion badiiy, «Oʻzbegim» badiiy-publitsistik filmlarni yaratdi.

Ensiklopediya.uz
AHMADXOʻJAYEV Saidbotir Saidgʻaniyevich