Ahmadjonning kitobxonligi haqida to’liq ma’lumot oling
DO`STLARGA ULASHING:
Hay-hay chiroyli kitob,
O’qimoqqa juda bop.
Bizning Ahmad qayoqda?
Qidirgani bu yoqda.
Ahmadjon kelib qolar,
Kitobni qo‘lga olar.
Bir-bir varaqlar sekin,
Rasmi kam ekan lekin.
Ana sichqon, mushukvoy,
Ana xo‘roz, kuchukvoy.
Ana mug‘ambir tulki,
Pisib turishi kulki.
Ana o‘rdak, ana g‘oz,
Ana maymun — sho‘x darvoz.
Xo‘roz qichqirar: «Qu-qu!»
Bunday yo‘lbars, sher yo‘g‘-u…
Shu bilan qolar kitob,
Go‘yo o‘qiydi hisob.
Talabimiz Ahmaddan,
Ko‘rganini – suvratdan
Bizga ham aytsin, qani,
Kitobda hamma ma’ni.
Xameleon degan jonvor
Nechun uzun tili bor?
Olmaxon nozik hayvon
Nechuk dumi kattakon?
Hammadan qiziq ukki,
Tumshug‘i Efi-dukki.
Nechun yurmas kunduzi,
Nega yonadi ko‘zi?
Juda qiziq shaparak,
Xuddi jajji charxpalak.
O’rdakning bag‘ri yoyiq,
Gavdasi misli qayiq?
Savolim bo‘ldi odosh,
Javob kutaman, yo‘ldosh!
Quddus Muhammadiy (1907-1997)
Malumotlar
Ahmadjonning kitobxonligi