Ahmad Yugnakiy. “Hibat ul-haqoyiq” asari

Ahmad Yugnakiy. “Hibat ul-haqoyiq” asari
ahmad yugnakiy hibat ul haqoyiq asari 65ca8b25b14dc

slide 1

Ahmad Yugnakiy. “Hibat ul-haqoyiq” asari

Mundarija скрыть
Ahmad Yugnakiy. “Hibat ul-haqoyiq” asari
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ahmad Yugnakiy. “Hibat ul-haqoyiq” asari
Dars rejasi:
  1. Ahmad Yugnakiyning o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni.
  2. “Hibat-ul haqoyiq” – turkiy didaktik doston.
  3. “Hibat-ul haqoyiq” asarining tarbiyaviy ahamiyati
Tayanch so’z va iboralar:  Olim va shoir, turkiyzabon ijodkor, “Haqiqatlar armug’oni”, A. Navoiy asarlari, asarning qo’lyozma nusxalari, asar boblari, ilmning afzalligi, til odobi, sahovat va baxillik.
Qoraxoniylar davrida ijtimoiy – siyosiy hayotda bir qadar barqarorlik va iqtisodiy – madaniy rivojlanishi ko’zga tashlanadi. Shuning oqibatida Yusuf Xos Hojibning “Qutag’u bilig” (1069-1070), Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit — turk” (1072) asarlari yuzaga kelgan edi. Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq” asari ham qoraxoniylar davridagi madaniy yuksalishlar mevalaridan biridir. U XII asrda yozilgan. Ahmad Yugnakiy va uning asari haqida ham boricha mukammal ma’lumotlar yetib kelgan emas. Ayrim xabarlar kitobning o’zida mavjud.
                               Adib Ahmad otim, adab, pand so’zim,
So’zim munda qolur, borur bu o’zim.
   Demak, muallif o’z nomini Ahmad deb tanishtirmoqda. Adib uning ijodkorligiga ishora. Ehtimol, bu xalq orasidagi Yugnakda istiqomat qilgan. Adib Ahmad haqida Alisher Navoiy o’zining “Nasoyim-ul muhabbat” asarida muhim ma’lumotlarni beradi.
   “Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g’arib (ajoyib) nimalar manquldur (naql qilingan). Derlarki, ko’zlari butov (bitta, yopiq) ermishki, also zohir emas ermishki, ko’z bo’lg’ay. Ammo bag’oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy (taqvodor, parhezkor) kishi ermish…
Haq subxonaxu taolo agarchi zohir ko’zin yopuq yaratkondur, ammo ko’ngli ko’zin bag’oyat yorug’ qilg’ondur”.
 Bu fiqrlarni “Hibatul — haqoyiq” misralari ham tasdiqlaydi:
“Tug’a ko’rmas yerdi adibning ko’zi”.
Alisher Navoiy Ahmad Yugnakiyning Bog’dod atrofidagi qishloqlardan birini maskan tutgani va mashhur Imom A’zam saboqlariga piyoda kelib ketishi haqida ham xabar beradi.
Ammo bu Imomi A’zamning shaxsiyati aniq emas. Tarixda mashhur bo’lgan Imomi A’zam VIII asrda Bog’dodda yashagan. Ammo Ahmad Yugnakiy XII asrda yashaganligi uchun gap bu yerda boshqa shaxs ustida boravotganligini tasavvur etish mumkin.
Alisher Navoiy aytgan fikrlar, shuningdek, asarning uyg’ur va arab harflari bilan ko’chirilgan nusxalarining ko’plab tarqalishi “Hibat ul-haqoyiq”ning Navoiy yashagan davrida ham ancha mashhur bo’lganini ko’rsatadi.
Kitob Dod Sipohsolarbekka bag’ishlangan.
Adib uning “qoshg’archa til” bilan yozilganligini ta’kidlaydi.
“Hibat ul-haqoyiq” hozirgi tilda “Sevimli haqiqatlar” demakdir.
Ahmad Yugnakiyning o’zidan oldingi didaktik adabiyot an’analarini izchil va ijodiy davom ettiradi. Asarda ma’rifat g’oyalari yetakchi o’rin tutadi.
Asar 14 bobdan iborat. U 254 misrani tashkil qiladi. Asar an’anaviy ham, na’t va bag’ishlovlarga ega. so’ng bilim maqtovi va johillikning zarari, til odobi va uni tiyish, saxiylik va baxillik haqida bahs yuritiladi.
Adib ilm ma’rifatga, alohida e’tiborni qaratadi. Bilimdonlik va bilimli kishilarni ulug’laydi, nodonlik, jaholat inson sha’nini yerga uruvchi hodisalar qatorida sanaladi.
   Baholik dinor ul biliklik kishi
   Bu johil biliksiz, bahosiz kishi,-
Ya’ni bilimli kishi bahosi baland bo’lgan dinor-oltinga o’xshaydi.
Johil, bilimsiz odam esa qadri yo’q mevaga o’xshaydi.
Muallif bilimli va nodon odamlar hech qachon teng bo’lmaydi, ular orasidagi tafovut aniq ko’rinib turadi, deydi. Hatto bilimli ayol-erkaklar qatorida, aksincha johil er-ayollar qatorida bo’lishini istehzo bilan ko’rsatmoqda. Albatta, bu yerda ma’naviy hodisalar jismoniy kuch qatorida sanalmoqda. Bilimning insonga kuch – quvvat, qudrat baxsh etishi ta’kidlanmoqda.
Adib nazarida, eng avvalo, kishi bir so’zni o’ylab, anglab o’zlamog’i kerak.
   Agar so’zlasang, o’ylab, bilib so’zlagin.
Ana shunda kishi el nazdida qadrli, obro’- e’tiborli bo’ladi. So’z aytuvchini boshqalar nazariga tushurishi lozim.
Buning uchun esa kishi so’z mag’zini chaqib, o’qib, so’zlashi, gapirganda, boshqalar so’zlayotganda mutlaqo shoshilmasligi kerak. Agar o’zini aksincha tutadigan bo’lsa so’zdan tiyilgani ma’qul. Chunki pinhon tutilishi kerak bo’lgan so’z qo’lidan chiqib ketsa, boshni yashirib yuborishga majbur qilishi hech gar emas.
                      Uqub so’zla so’zni, esa so’zlama,
                      So’zung kizla, kezin bashing kislama.
Mazmuni:
                      So’zni uqub so’zla, shoshib (behuda) gapirma,
                      So’zingbi yashir, keyin boshingni yashirib yurma.
Ahmad Yugnakiy o’zigacha yashab ijod etgan salaflar ijodini puxta o’zlashtirgan.
So’zni o’z o’rniga qo’llash – nozik san’at. Bu har kimning qo’lidan osonlikcha keladigan birinchi shart bilim hamda bilimdonlikdir. Bilimli odam so’zni qo’llash me’yorlarini ham biladi, undagi ma’no noziklikni yaxshi tuyadi. Bilimsiz esa, so’zga e’tibor bermaydi, unda ifodalangan ma’noning kishi qalbiga, ruhiy olaimga ko’rsatadigan ta’sirini his etishdan mahrum. Har kim ko’rgilikni tilidan ko’radi.
Xususan, ko’p gapirish, ayniqsa, yolg’on so’zni aralashtirish Ahmad Yugnakiy ta’rificha, qabohatdir.
Yusuf Xos Hojibga o’xshab Ahmad Yugnakiy ham kitobida til odobiga doir mahsus boblarni ajratgan. Ulardan biri “Tilni tiyish va axloq-odob haqida” deb ataladi. Keyingisi esa “Aqldan ozish, til jarohati va uni tiyish haqida” deb nomlangan.
Ahmad Yugnakiy umumturkiy adabiyot, jumladan, o’zbek adabiyoti tarixida ham alohida o’ringa ega.  U Yusuf Xos Hojibdan keyin didaktik adabiyot rivojiga katta hissa qo’shdi.
Hajman katta bo’lmagan (500 misradan ko’proq) “Hibat ul-haqoyiq” asari orqali yuksak insonning ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsata oladigan xususiyatlarni targ’ib qildi.
Asarda qasida va g’azal shakliga mos keladigan namunalar, murabba’ va to’rtlik janrlari, masnaviy shakli uchraydi.
Yugnakiy ijodida chorvadorlik bilan bog’liq bo’lgan tasvirlar ko’p:
Biliksiz yiliksiz so’bgakteg hali,
Yiliksiz so’ngakka sunulmas elik.
Bu yerda bilimi yo’q odam ichida iligi yo’q suyakka nisbatan berilmoqda. Iligi yo’k suyakka qo’l chuzilmaganidek (sunulmas elik) bilimsiz odam ham boshqalar e’tiboridan chetda qolishi ana shunday obraz orqali ifodalanmoqda.
Nazorat savollari
  1. Alisher Navoiy Ahmad Yugnakiy haqida qanday ma’lumotlar bergan?
  2. “Hibat-ul haqoyiq” ning ma’nosi nima? Adib asariga nima uchun shu nomni
qo’ygan deb o’ylaysiz?
Savol va topshiriqlar
  1. Asarning tarkibi haqida gapirib bering
  2. Shoirning bilim va bilimdonlik haqidagi fikrlarini sharhlab bering.
  3. Adib Ahmad va Yusuf Xos Hojib o’rtasida qanday fikrdoshlik, borligini o’rganib keling

Ahmad Yugnakiy. “Hibat ul-haqoyiq” asari