
AHMAD ibn SAʼDIDDIN OʻZGANDIY haqida malumot bilib oling.
AHMAD ibn SAʼDIDDIN OʻZGANDIY (10 – a.) — tarixchi olim. U, asosan, bizgacha yetib kelgan «Tazkirai Bugʻroxon» nomli asari bilan mashhur. Bu asar uvaysiya tariqati muridlaridan biri boʻlgan birinchi qoraxoniy Abdulkarim Sotuq Bugʻroxonta bagʻishlangan. Asar uvaysiya tariqatidagi shayxlarning tarjimayi holini aks ettirgan. 30 bobdan iborat bu asarning 7 – bobida Bugʻroxon tarjimayi holi keltiriladi. Asar fors tilida yozilgan. Keyinchalik Muhammad Niyoz Koshgʻariy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Asarning fors tilidagi asl nusxasidan va turkiy tilga qilingan tarjimasidan koʻchirilib, bizgacha yetib kelgan 5 ta qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.
Ensiklopediya.uz
AHMAD ibn SAʼDIDDIN OʻZGANDIY