AHMAD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AHMAD haqida malumot bilib oling.

AHMAD (? – 1481) — Katta Oʻrda xoni (1465 — 81). 1465-y. akasi Mahmudxon (1459 — 65)ga qarshi isyon koʻtarib taxtni egallagan. Ahmad 1472-y. Polsha qiroli Kazimir IV bilan Ivan III Vasilyeviga qarshi ittifoq tuzgan. 1476-y. A. Ivan IIIdan Katta Oʻrdaga qaram boʻlishni talab qilgan. Biroq kuchlar nisbati Oʻrda foydasiga emasdi. 1480-y. A. Moskva ustiga muvaffaqiyatsiz yurish qilgach (q. Ugradagi turish), Rus moʻgʻullar istibdodidan uzil-kesil xalos boʻlgan. A. 148I y. 6 yanv. da Dones daryosining quyilish yerida noʻgʻaylar bilan ittifoklikda harakat qilgan Tuman xoni Iboq tomonidan oʻldirilgan.

Ensiklopediya.uz
AHMAD