Ahad Qayum sherlari
Yuragim qon bo`lgan kun, Yursam, yo`lim adashar, Qalbimni ko`p g`ashlama, Oylar o`tar, yil o`tar, Azobdagi rohatim, Hech yo`qolmas izimsan, Senga ne bor oylarda, Visoldagi furqatim, Yurak deya adosan, Har bosgan yering cho`g`dir, Azobdagi rohatim, Seni kechirmayman ketganing uchun, Sendan yashirmayman mendan ham o`tdi, Nimamga ishonib sevdim men nodon, Yig`lama…! Avval do`stlik, keyin sevgi, keyin hijron, Avval aql, keyin yurak, keyin vijdon, Seni ko`rsam yoningdan ham o`tolmayman, Axir hayot kitob emas, kino emas, Senga ishonishning bitta yo`li bor, o`zimni aldash… Baxtliman, agar baxt azobda bo`lsa, tole`im butun. Ey yuragim, nahot, nahotki bizlar qoldik zulmatda. Qachondir sen meni yodga olasan, Yaxshiga yaxshilik qaytadi bir kun, Mening muhabbatdan boshqa nimam bor, Men-ku erta yana baxtim toparman, Birov xaqqi birov qornida qolmas, Sizni yoqotganim yolgon bolmadi, Xammasini kordim, ne bersa qismat, Azobingiz menga pinxon baxt berdi, Oylamang, bu kunlar emasdir mangu, Yoq, xali xammasi tugagani yoq, (Endi ayt-chi,kimga keraksan, U yig’ladi artdim yoshini, Avji bahor ochilmagan gul, Sevdi baxtli bo’laman deya, Daydi shamol ermaklab o’tar, Baxti samoda yonmagan yulduz, Aldangan qiz xazonga o’xshar, Tinglang,do’stlar,Ahad dardini, Gulim, menga qalbingni, Yaxshimasmi yonimda, Tushunmayman sshi ham, Ko‘zlarimga termulib, Eshitmasang dod desam, Gulim, menga qalbingni, Yo‘llarimga gul to‘kib, Ishq shahrining darchasi, Siz quvnagan ko‘chalar, Endi qadrimiz bilib, Nozikkina bilaklar, Yo‘llarimga ko‘z tikib, Osmon titrab chaqmoq chaqar, Sevgi boshga balo bo‘ldi, Sen uchun qonlar yutdim-ay, Quyosh ko‘rmagan qishmisan, Chil-chil sinib sabr kosam, Bormikan azobning narxi, Borgan sari go‘zallashib boryapsan, Sevasanmi, sevmaysanmi bildirmay, Meni kechir, xato qildim, meni kechir, Dilda endi umid yo‘q bir dastagina, Meni kechir, xato qildim, meni kechir, Yurar bo‘lsam kutar meni xazonyo‘llar, Yig‘lamagin, chidaymizda taqdir endi, Meni kechir xato qildim, meni kechir, Sevgim izhoriga ocholmay labni, Qara, g‘unchalarin ochmoqda bahor, Sog‘insam ko‘zimdan daryo toshganday, Yurak malikasiz qasrday vayron, Seni aldamadim, ranjitmadim hech, Sevaman, poyingga ko‘zlarim surtib, Bilaman, savollar yoqmaydi senga, Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim, Alvido, alvido, senga xayr-xo‘sh, Ketdimu, ko‘changdan o‘tolmay qoldim, Sevaman qalbingni nolasigacha, Uni men senchalik balki sevmasman, Istayman, sening ham baxting ko‘rmoqni, So‘nggi so‘zlarimni eshit ey makkor, Meni shaydo qilgan dilbar, Atrofimda parvonadir, Diydoriga qarab to‘ysam, Oshiq Ahad ado bo‘ldi, Sevaman, o‘ziga aytolmayman hech, Boshim og‘riyapti, Yig‘la ko‘nglim, yig‘la bu oqshom, U kelmaydi, unut, sog‘inma, Ikkimizni ishq o‘ti, Umidlar so‘na so‘na, Hech nima talashmadik, Og‘rir yurak voy-voylab, Ikkimizni ishq o‘ti, Sevdim degan so‘zingni asra, Asra, dilda muhabbatingni, Ko‘ksingdan otilsa ming faryod, Sinab bir bor va’dalar kuchin, Uzun yillar kitobin yopgum, Yurakka in qurmayin qayg‘u, To‘ldir jonim, qalbingni nurdan, Qaylardasan, bergin menga, Yuragimda g‘amtoshlarim, Sochlaringni tarashlaring, Qara, hayot bir sahnadir, Qaro, qaro qoshginangda, Senga jonim fido, fido, Oshiq Ahad tilagida, Dil osmonim toraydi, Umid ipin uzgani, Xazonlarga dil ochgum, Uzim izlab borayman, Uyg‘onsaydim bag‘ringga, Yetolmay ming tilakka, Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku, Meni yupatasiz. Ko‘zlaringiz sotqin. Menga qarab turib o‘ylaysiz uni, Nima qilay axir, Axir, buning uchun yo‘q mening aybim… Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz, Xiyonat xanjaring qonlar sachratdi, U bir malaksiymo, pariro‘y bir qiz. Sotilgan, or-nomus, pushaymonga qasd, Nafratning qo‘ynida uxlaydi bir qiz, Endi u yo‘q hayotimda, Nahot qaytib uchrashmayman, Pushaymonlar qavat-qavat, Jim yig‘layman o‘ltirvolib, Ko‘zimizga termilar ishq, Qon qaqshayman yolg‘izliqda, Uyqusiz kechalar ko‘zlarimda yosh, Qo‘y, ovutma meni bir yig‘lab olay, Nima qilay axir ezilib ketdim, Boshim urib yorsam chidarmikin tosh, Uyqusiz kechalar ko‘zlarimda yosh, Sevgi — sharob, Nafasim iztirob, qadamim azob, Qo‘llaring eslayman, ko‘zing eslayman, Dil ko‘ndi, o‘tindi, yoring qayda deb, Sochlaringni silab o‘lsam qaniydi, Men yolg‘iz emasman, xayoling hamroh, Boshqacha yashayman ertadan boshlab, Unutaman hamma pushaymonlarni, Siz baribir boshqachasiz, Oshiqman, savdoyiman, Sizga baxt yarashadi, Sizni o‘ylab yasharman, Siz baribir boshqachasiz, Kimnidir sog‘inib yolg‘iz qolganda, Sendan baxtlar yuzin bursa, yig‘lama, Suyganing yuz burib vafo qilmasa, Qalbingni dardini aritolmasang, Ko‘z oldingda yoring xiyonat qilsa, Mayli, men roziman eslamasang ham, Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim, Ikki o‘tda sarson bo‘ldi muhabbatim, Kulib-kulib bu ko‘ksimni tig‘laysana-a, Oshiq Ahad hayronadir, hayronadir, Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim, Bilolmadim kimda yuraging, Bu yuraging otashmi, muzmi, Mening ham zor oshiqlarim ko‘p, Nahot bekor shuncha xonishim, Oshiq Ahad xatolari bor, Ey qoshlari kamonim, Dilingdagi ishq emas, Ey visoli xumorim, Bilganing hoyu havas, Ey lablari xandonim, Ahadni izlama bas, Kimnidir sog‘inib yolg‘iz qolganda, Sendan baxtlar yuzin bursa, yig‘lama, Suyganing yuz burib vafo qilmasa, Qalbingni dardini aritolmasang, Ko‘z oldingda yoring xiyonat qilsa, Mayli, men roziman eslamasang ham, Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim, Ikki o‘tda sarson bo‘ldi muhabbatim, Kulib-kulib bu ko‘ksimni tig‘laysana-a, Oshiq Ahad hayronadir, hayronadir, Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim, Bilolmadim kimda yuraging, Bu yuraging otashmi, muzmi, Mening ham zor oshiqlarim ko‘p, Nahot bekor shuncha xonishim, Oshiq Ahad xatolari bor, Ey qoshlari kamonim, Dilingdagi ishq emas, Ey visoli xumorim, Bilganing hoyu havas, Ey lablari xandonim, Ahadni izlama bas, (Endi ayt-chi,kimga keraksan, U yig’ladi artdim yoshini, Avji bahor ochilmagan gul, Sevdi baxtli bo’laman deya, Daydi shamol ermaklab o’tar, Baxti samoda yonmagan yulduz, Aldangan qiz xazonga o’xshar, Tinglang,do’stlar,Ahad dardini, Gulim, menga qalbingni, Yaxshimasmi yonimda, Tushunmayman sshi ham, Ko‘zlarimga termulib, Eshitmasang dod desam, Gulim, menga qalbingni, Kechikdim, Dod deyman, Sen umrim ma’nosisan, Sensan yulduzim, ketma, Sevgi, Nurli kunduzim ketma, Sevgi, Jonim, azizim, ketma, Sevgi, Sevgi, gulyuzim ketma, Men seni har kuni kutaman, Men seni har kuni kutaman, Men seni har kuni kutaman, Men seni har kuni kutaman, Men seni har kuni kutaman, Men seni har kuni kutaman…
Ko‘zguga boqsam ham ko‘rgum yuzingni, Xor bo‘ldim, qalbingni ostonasida, Ko‘nglimni tanlagan tanhosi eding, Sen desam, tillarim isming takrorlar, Xayolimdan ketmaysan aslo, Osmonga boq, bizdanda ma’yus, Ketolmay hasratlar shahridan, Dil daftari — muhabbatnoma, Hasratim tiqilar tomoqqa, Ikki qushmiz, bizlarni hech kim, Daryolari bilan dengizdek, Birga bo‘lsak gar ortimizdan, Tanni jondan ayirmoq mumkin, Sevishingni bilib qo‘ygin sen, Ikki qushmiz, bizlarni hech kim, Go‘zal pariruxsorning, O‘zimman hayronasi, Umrim o‘tar yo‘lida, Ishqi dilning ziynati, Qul bo‘layin poyinda, Oshiq Ahad telbadir, Umid osmonida yulduzlar so‘ndi, Yaproqni xazonrang ayladi kuzlar, Kulfatlar ketidan omadlar keldi, Oh, kimlar yo‘limni to‘smoq bo‘ldilar, Gohida yonsamda, gohida kuyib, Begona bag‘rida tong kabi otib, Yillar o‘tib oradan qancha, Yana dilga g‘ulg‘ula solding, Biz uchrashdik qayta, azizam, Yuragimga to‘ldi sadolar, Yillar o‘tib oradan qancha, Yo‘llarimga gul to‘kib, Ishq shahrining darchasi, Siz quvnagan ko‘chalar, Endi qadrimiz bilib, Nozikkina bilaklar, Yo‘llarimga ko‘z tikib, Osmon titrab chaqmoq chaqar, Sevgi boshga balo bo‘ldi, Sen uchun qonlar yutdim-ay, Quyosh ko‘rmagan qishmisan, Chil-chil sinib sabr kosam, Bormikan azobning narxi, Borgan sari go‘zallashib boryapsan, Sevasanmi, sevmaysanmi bildirmay, Yolg‘izlikdan yig‘lar, olovli dil cho‘g‘, Osmon hayqiradi, chaqmog‘in chaqib, Go‘yoki yonimga kelayotganday, O‘zimni qo‘yarga joy topolmayman, Lablarim titraydi, ismingni aytib, Kimdir hayron aytar, sevish shartmi der, Nahotki ayrildim men endi undan, Men seni hech kimga bermayman derdi, Qay devorga uray yolg‘iz boshimni, Hijron dilga soldi og‘u — jon, Jon — hasratda, titroqda tanam, Kiyikkinam, senga ham og‘ir, Men ham sendek yolg‘izman bugun, Osmon baland, yer esa qattiq, Ohujon, kel avji bahorda, Toshni tilla deb bo‘lmas, O`ziga bino qo‘ysa, Sevmoqlik ermak emas, Soxta ko‘z yoshin qilib, Ahad sizga zorman deb, Toshni tilla deb bo‘lmas, Juda ham charchadim, uyqum kelyapti, Tanishdik, do‘stlashdik tushunmay qoldim, Sizni sevishimni bugun angladim, Sizsiz yasholmayman degan edingiz, Yolg‘oningga duch bo‘ldim, Bildim xayoling kimda, G‘am yutib dardga to‘ldim, Ko‘zlarim qayda edi, Uvol ketdi muhabbat, Yolg‘oningga duch bo‘ldim, Ko‘ksimdagi yuraksan, Kuydiradi yolg‘izlik, Boshingga bo‘layin toj, Gulladi qayg‘ularim, Bo‘g‘zimda nafas kabi, Ko‘ksimdagi yuraksan, Shoshma yurak, shoshma dil, Osmoni yo‘q yulduzman, Yolg‘onlar kerak emas, Topganimda tengimni, Shoshma yurak, shoshma dil, Sevmadim zerikkandan, Qochib ko‘z yosh — ashkingdan, Sevdim seni jon qadar, O, mening parivashim, Yoningda men shunchaki, Tanlaganim o‘zingsan, Oshiqman yo‘l yo‘qotgan, Bu niyatdan to‘xtama, Visoling maqsad menga, O‘ylamoqni bilaman, Boshla meni jannatga, Sevganimni sizdan ham, Kechiring men nodonni, Oqshomlari qon yutib, Onajon, siz yig‘lamang, Makru tuzoq ilkidan, Onajon, Ahad endi, Qolgim ham kelmayapti, Yaltiragan ko`zmunchoqlar dur bo‘lmadi, Ne dillarni, ne dillarga ulamadik, Muhabbatni nimaligin bilmasdingiz, Sizsiz aslo dunyo menga tor bo‘lmadi, Ko‘rganingda kulib qo‘y, Agar qadrim bilmasang, Baxtishta qilma gumon, Suratimni ilib qo‘y, Ko‘rganingda kulib qo‘y, Ishqimiz kitob bo‘ldi, Menga zorlar ko‘p deysan. Sitora, jon Sitora, Muhabbatim rad etma, Ishqimiz kitob bo‘ldi, Bilmaganga o‘xshaysan, Boqasan hayron-hayron, So‘zing so‘zga yopishmas, Diling g‘unchadek toza, Ko‘zimdan qizg‘onaman, Boladek sof beg‘ubor, Tilingni tiy dedilar, Ko‘zlarim ochdi sevgi, Yurakkinam, sen eshit, Oxdarim otilganda, Dunyodir tosh-tarozi, Ko‘zlarim intilar faqat sen tomon, Men ham ishonmadim avvaliga rost, O, nega avvalroq buni sezmadim, Nimadir demoqchi bo‘lyapsan sen ham, Endi o‘rtamizda hech qanday sir yo‘q, Jimgina sevishib, KO`ZLARIM intilar faqat sen tomon.
Achinmaysan jonimga, Shoshildim sarobga man, Sevgi qanday azobsan, Yo sendan kechamanmi, Kelgin, sog‘indim sani, Cho‘mildim ko‘zyoshingga, Ko‘ksim kuydirgan ishqning, Kuyarman, alamlarda, Azobingdan to‘yarman, O‘zimdan tonib-tonib, Dil, jabr-u qanoatda, Ko‘qsim kuydirgan ishqning, Mensimay meni, Oramizda ko‘p hali, Gul umrin halol bezar, Hayot ham bir imorat, Oramizda ko‘p hali, Ko‘ngil yongan shamchiroq, Har qadami ming hikmat, Ota-onaday yaqin, Gohida sotar do‘stin, Bilmaydi yolg‘on riyo, Oramizda ko‘p hali, Kimdir zamon boshqa der, Sabrda der baxtini, Oramizda ko‘p hali, Ilmin arzonga sotmas Ahad Qayum ijodin, Sevgi bilan go‘zaldir hayot, Shunday do‘st top u sening, Shunday do‘st top yiqilsang, Shunday do‘stlarni ko‘rdik, Shunday do‘st top boringda, Shunday do‘st top otang ham, Shunday do‘stlarni ko‘rdik, Shunday do‘st top ko‘rganlar. Shunday do‘st top bir o‘zi, Shunday do‘st top, ey Ahad, Men uchun tabassum qilsin shu labing, Yoqa bo‘lsang birodar,Ahad Qayum sherlari
DO`STLARGA ULASHING:
MEN BORMASAM, SEN KELMASANG…
Men bormasam, sen kelmasang,
Men yonmasam, sen yonmasang,
Bir kun kuyib kul bo`larman,
Sevganimga ishonmasang.O`rtamizda g`urur bordir,
Ikkimizga dunyo tordir.
Har kun eshik qoqadi baxt,
Umidvordir, umidvordir.Ko`zlarimiz mahzun-mahzun,
Hislarimiz bizdan, mavhum.
So`zlarimiz qisqa-qisqa,
Shartlarimiz uzun-uzun.Birovlarga o`xsholmasak,
Odamlardek yasholmasak,
Oxiri qanday tugaydi,
O`zimizga ishomasak.Bu darddan qutulay deyman,
Bir umrga uxlay deyman.
Bir zumga seni o`ylasam,
Yig`lay deyman, yig`lay deyman.
Men bormasam, sen kelmasang…BOSHQAMI YO SEVGANING?
Ichimda g`am to`lgan kun,
Ko`z yoshim to`kilgan kun,
Holim so`rab kelmading,
Boshqami yo sevganing?
Kulsam dilim adashar,
So`zlab tilim adashar,
Baxtim eding bilmading,
Boshqami yo sevganing?
Sirli nigox tashlama,
G`irrom o`yin boshlama,
Rostmi ko`ngil uzganing,
Boshqami yo sevganing?
Javobing Ahad kutar,
Seni qanday unutar,
Ko`ngil uyin buzganing,
Boshqami yo sevganing?
BECHORA MUHABBATIM…
Bedorlikda toqatim,
Sendadir ko`ngil xatim,
Bechora muhabbatim.
Bahorimda kuzimsan,
Qismatimda to`zimsan,
Bechora muhabbatim.
Toza dil yo`q joylarda,
Panoh izlab yurarsan,
Mensiz yolg`iz kaylarda.
SHijoatsiz jur`atim,
Hech o`zgarmas suratim,
Bechora muhabbatim.
Sen kechagi xatosan,
Yaratgandan atosan,
Bechora muhabbatim.
Nigohing paykon o`qdir,
Ozor berib to`ymasan,
Ahadga rahming yo`qdir.
Bedorlikda toqatim,
Sendadir ko`ngil xatim,
Bechora muhabbatim.
SENI KECHIRMAYMAN…
O`zganing qo`lidan tutganing uchun,
O`zingni arzonga sotganing uchun,
Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam,
Hayotimni buzding uchrab qaydanam.
Mening gunohlarim dard bo`lib qaytdi,
Muhabbatim endi ko`z ochgan payti,
Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam,
Meni qaytarmadi birorta odam.
-Men ham kuyib ketdim
Qichqirar qozon,
Yaxshi niyat bilan uyg`onib azon,
Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam,
Omadimni sinab ko`ray deb men ham.
Shaytonning urg`ochisisan,
Hammani do`zaxga chorlovchisisan,
Yolg`onchilarning eng yolg`onchisisan,
Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam,
Bilmay bir shaytonni tanlab qo`yibman
AVVAL DO`STLIK…
Avval ishonch, keyin quvonch, keyin yolg`on…
Xoling ne deb so`rolmayman, so`rolmayman,
Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
Avval savol, keyin va`da, keyin armon…
Sababini aytolmayman, aytolmayman,
Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
Kecha kutgan Ahad kabi kutolmayman,
Qo`llaringdan mahkam quchib yurolmayman,
Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
Turmush bilan ko`ngil boshqa ma`no emas,
Men bu dardni yuragimga yutolmayman,
Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
SENGA ISHONISHNING BITTA YO`LI BOR
Yuragim yolg`onlar qamalgan diyor, qismati chalkash…
O`zimni so`roqqa tutmoq istayman, lekin qo`rqaman.
Seni unutmoqqa chora izlayman, shuni uqaman.
Qiynoqlar izma-iz so`roqlab kelsa, yashirmoq nechun.
Axir o`z-o`zimdan qochmoqning bu dam iloji yo`q-ku.
Garchi kul ostida bo`lgani bilan yuragim cho`g`-ku…
Ko`kka tig` sanchardim topolsam xanjar bunday fursatda.
Qalbimni aldashdir eng so`nggi choram azizim, tushun,
Sen uchun o`zimni o`tga tashlayman bilmayman nechun…
HAMMA QILGANLARING OZINGGA QAYTAR
Kimsasiz sahrodek yolgiz qolasan,
Sevgimizni eslab oyga tolasan,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilmishlaring ozingga qaytar.
El unga raxmatin aytadi bir kun,
Yomonni lanatlar kutadi bir kun,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilmishlaring ozingga qaytar.
Bir sening xayoling doim menga yor,
Bugun yuragimga sen berding ozor,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilganlaring ozingga qaytar.
Xayotga qaytaman shahdim toparman,
Yoqotgan davlat-u taxtim toparman,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilmishlaring ozingga qaytar.
Birov qarzi birov boynida qolmas,
Yomonlik Ahadning konglida qolmas,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilmishlaring o`zingga qaytar.
SIZNI YOQOTGANIM YOLGON BOLMADI
Ozimni topishim oson bolmadi.
YOlgizlik xayr endi, omon bol xijron,
Otgan damlarimiz yomon bolmadi.
Rux falakka yetdi tushganda kulfat.
Boshimdan otgani bu qaro zulmat,
Qayta xayot berdi, figon bolmadi.
Ijodimga ilxom, yangi dard berdi.
Niyatim birgina vaslingiz edi,
Dilda shundan boshqa armon bolmadi.
Otginchi sinovdir xar qanday qaygu.
Sizning labingizda uygondi kulgu,
Lek mening yuragim vayron bolmadi.
Kunglingiz Ahaddan bolsin mudom toq.
Dilda muxabbatdan yongan osha chog,
Xech kimga yashirin pinxon bolmadi.
ALDANGAN QIZ
Gul umrini uvol qilgan qiz.
Ming g’iybatchi tilda ermaksan,
Yoshligini zavol qilgan qiz.)
Savol bersam,egdi boshini.
Ko’tarolmas hasrat toshini,
Aldangan qiz.
U bir dildor,sochilmagan dil.
Yolg’iz qolsa,ne qilsin,axir,
Aldangan qiz.
Aldanishin kutmagandi-ya.
Yig’lar endi u kuya-kuya,
Aldangan qiz.
U-chi bedor kimnidir kutar.
Yostiqlari toshdan ham battar,
Aldangan qiz.
Qalbi nafrat to’la bir dengiz.
Gul umrini so’ldirdi essiz,
Aldangan qiz.
Hayotdan hech umidsiz yashar.
Yolg’izlikdan ezilib qaqshar,
Aldangan qiz.
Yig’lab yozgan har bir satrini.
Sen Xudoga sol nomardlarni,
Aldangan qiz.
SEVGANING YAXSHIMASMI?
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
Jonim bo‘lsang jonimda,
Ayni yeog‘inganimda,
Kelganing yaxshimasmi?
Qiynab yubording biram,
Qaynoqqina mehrimga,
To‘yganing yaxshimasmi?
Dardlarim olib-olib,
Dilga muhabbat solib,
Qolganing yaxshimasmi?
Kammi yo jonim bersam,
G‘amdan to‘lmay boshginang,
Kulganing yaxshimasmi?
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
BEGOYIM
Keling demang guloyim.
Dilim og‘ritib ketib —
Begim demang begoyim.
Menga yopiq barchasi.
Oh, xiyonat zarbasi,
Begim demang begoyim.
Biz yig‘lagan kechalar.
Dilda afsus kuy chalar,
Begim demang begoyim.
Yig‘laysiz, qaytib kelib.
Poyimizga yiqilib,
Begim demang begoyim.
Endi kimni ermaklar.
Menga aytmang ertaklar,
Begim demang begoyim.
Keling demang muloyim.
Dilim og‘ritib ketib —
Begim demang begoyim.
MENI SOG‘INMADINGMI
Yuragimni chayon chaqar,
Nafasimdan olov chiqar,
Meni sog‘inmadingmi?
Ko‘z yoshlarim daryo bo‘ldi,
Bu qandayin jazo bo‘ldi,
Meni sog‘inmadingmi?
Umrbod seni kutdim-ay,
Dunyodan yolg‘iz o‘tdim-ay,
Meni sog‘inmadingmi?
Loyi pishmagan g‘ishtmisan,
Shunchalar bag‘ri toshmisan,
Meni sog‘inmadingmi?
O‘zim seni izlab borsam,
Qumlar bosgan qabring topsam,
Meni sog‘inmadingmi?
Ahadga yo‘q buning farqi,
O‘sha sof muhabbat haqqi,
Meni sog‘inmadingmi?
BORGAN SARI…
Ammo battar qaysarlashib boryapsan,
Meni qiynab o‘jarlashib boryapsan,
Ado bo‘ldim,
Ahvolimni ko‘ryapsan…
Kelasanmi, kelmaysanmi sezdirmay,
Kel, muhabbat qasrin obod etaylik,
Yonimda bo‘l,
Ko‘p o‘zingdan bezdirmay…
MENI KECHIR
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir,
Kirib qoldim xiyonatning ko‘chasiga,
Or-nomusni savdo qildim meni kechir.
Yurakkinam yig‘lar endi astagina,
Bosh ko‘tarib yurolmaysan endi men deb,
Xastagina gulim meni, xastagina!
Qiynayverib ado qildim, meni kechir,
Bergan eding menga oppoq ko‘nglingni sen,
Yuzlaringni qaro qildim meni kechir!
Yolg‘onyo‘llar, gumonyo‘llar, arzonyo‘llar,
Nima qilay, nima qilay, nima qilay,
Pushaymonlar yuragimni g‘ajiyverar!
Mendan ko‘ra senga ko‘proq og‘ir endi,
Baxtsiz qolding nahotki sen meni o‘ylab,
Yongin Ahad, dod sol endi, hayqir endi!
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir,
Kirib qoldim xiyonatning ko‘chasiga,
Or-nomusni savdo qildim meni kechir.
DIL BERMOQ AYBMI?
Yoningda yonaman, qiynayman qalbni,
Nega muhabbatim qabul qilmaysan,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Atirgul atrini sochmoqda bahor,
Yurakkinam seni qilmoqda xumor,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Qalbim har lahzada senga shoshganday,
Sensiz hayotimdan ma’no qochganday,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Ko‘nglim qaldirg‘ochlar tark etgan ayvon,
Nima gap deb sevgi o‘rtada hayron,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Ismingni tilimdan qo‘ymay erta-kech,
Endi xotiralar mendan olar o‘ch,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Ko‘zda yoshlarimni shamolda artib,
Tushun, hayotimda qolmadi tartib,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Bir kuni yolg‘onlar aylanar chinga,
Ertaga pushaymon naf berar kimga,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
KETDIMU…
Eng‘ so‘nggi so‘zimni aytolmay qoldim.
Bedavo, bedavo, dardim bedavo,
Bunga sabab xiyonating, bevafo.
Sen yo‘qsan, hayotim, qalbim ham bo‘m-bo‘sh.
Ishqning bozorida mening narxim yo‘q,
Kelib ko‘r, telbadan mening farqim yo‘q.
G‘azabdan o‘zimni tutolmay qoldim.
Yashirmayman tunlar ko‘z yoshim daryo,
Yomonam sog‘inib ketaman goho.
Sevaman sochingni tolasigacha…
Bilgin, nega o‘zga qo‘lini tutdim,
Seni, faqat seni unutish uchun.
Ammo, butun umr tashlab ketmasman…
Yillar o‘tib ko‘zlar tushganda ko‘zga,
Tilimiz kelmasa biror bir so‘zga.
O‘zim ham baxtiyor yashab o‘lmoqni.
Bir kun senu men baxt toparmiz axir,
Ammo ikki o‘tda sevgiga og‘ir.
Bir kuni bo‘larsan aftoda va xor.
Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim,
Eng so‘nggi so‘zimni yutolmay qoldim.
DILBAR
Ishqi sarmast etdi do‘stlar,
Qarashlari sirli-sirli,
O‘tli boqar, o‘tli boqar.
Ta’rifi bir afsonadir,
Yurishlari mayin-mayin,
Qoshlar qoqar, qoshlar qoqar.
Lablariga labim qo‘ysam,
Nafaslari shirin-shirin,
Biram yoqar, biram yoqar.
Qomatiga gado bo‘ldi,
Qarab qo‘yea kulib-kulib,
Gullar sochar, gullar sochar.
SEVAMAN…
Ammo ortimga ham qaytolmayman hech,
O‘zi ham indamas bir sado kutsam,
Nima qilay bir zum kutolmayman hech.
Kallam ishlamayapti
Axir sevaman deb aytaman qanday,
Menday dilbezovta tentak oshiq yo‘q,
Muhabbatga asir ko‘ngil yo‘q menday…
YIG‘LA KO‘NGLIM…
Yig‘la, eslab baxtli kunlarni,
Baxt o‘rniga bizning muhabbat,
Boshlab keldi qaro tunlari.
Uchrab qolsa, baxli bo‘l deb ayt,
Ammo, izlab borma, yalinma,
Telba kunglim shu fikringdan qayt…
YOLG‘ON TUSHIB O‘RTAGA
Devona qilib qo‘ydi.
Yolg‘on o‘rtaga tushib,
Begona qilib qo‘ydi.
Qancha kuydim mengina.
Gap-so‘zlar anchagina,
Ovora qilib qo‘ydi.
Baxt uchun kurashmadik,
Charchadim men shunchalik,
Yuragim to‘yib bo‘ldi.
Birgina seni o‘ilab,
Kimlar yo‘limiz poylab,
Tuzog‘in tashlab ko‘ydi.
Devona qilib qo‘ydi.
Shayton o‘rtaga tushib,
Begona qilib qo‘ydi.
MEN UCHUN HAM O‘ZINGNI ASRA
Meni kutgan ko‘zingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Asra menga ko‘ngil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Seni ko‘p yig‘latsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Dildan olmay xatolar o‘chin,
Urtada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Bir kun yig‘lab izlaring o‘pgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Hayotingga solmagin og‘u,
Sendan bitta iltimosim shu —
Men uchun ham o‘zingni asra.
Go‘zal bo‘lsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Ahadni chindan,
Men uchun ham o‘zingni asra.
QAYLARDASAN
Sado, sado.
Muhabbatdan kechib qilma,
Xato, xato.
Tugar sabr-u bardoshlarim,
Sen kelmasang, kuz yoshlarim,
Daryo, daryo.
Boshqachadir yurishlaring,
Kipriging qarashlaring,
Dunyo, dunyo.
Umr o‘zi bir lahzadir,
Seni dilga solgan Xudo,
Tanho, tanho.
Buncha savdo boshginangda,
Oh, o‘n sakkiz yoshginangda,
Buncha g‘avg‘o.
Buncha qilma ado, ado,
Qilgin vafo, qilmay jafo,
Zebo, zebo.
Qonli bu ishq ko‘ylagida,
To‘lib ketgan yuragida,
Navo, navo.
KELMASANG
Zulmat tushib qoraydi,
Mendan kim hol so‘raydi,
Kelmasang.
Ishq qasrini buzgani,
Sevolmayman o‘zgani,
Kelmasang.
Armonlarga qo‘l ochgum,
Gumonlarga yo‘l ochgum,
Kelmasang.
Ostonangda tunayman,
Sevmaydi deb o‘ylayman,
Kelmasang.
Uchramayin qahringga,
Qanday kiray qalbingga
Kelmasang.
Qolsam, g‘iybat ermakka,
Nima deyman yurakka,
Kelmasang.
BILAMAN, XALI HAM UNI SEVASIZ
Nega buncha menga azob berasiz,
Yarim ko‘nglingizda hamon yashar u,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
Yolg‘onlar zanjir,
Uzingizni aldab nima qilasiz,
Quying, hammasini bilaman axir,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
Dardingiz oshkor,
Ko‘ngil qasringizdan meni quvasiz,
Yurak osmoningiz mening uchun tor,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
Uning yo‘llaridan umid uzasiz.
Sizning fojeaga aybim ne meni,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
Nima qil deysiz,
Orzular yovvoyi kapalaklarim,
Bilaman, hali ham uni sevasiz,
Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku,
Nega buncha menga azob berasiz,
Yarim ko‘nglingizda hamon yashar u,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
SEVGI KO‘CHASIDA
Ojizgina qalbin tig‘laydi bir qiz,
Gul umrini barbod qildi u yigit,
Beshafqat taqdirni qarg‘aydi bir qiz…
U nomardni hayot qaydan uchratdi,
Falakni titratar shu bitta dardi,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz.
Sarviqomat barno, tishlari dur qiz,
Uning aybi nima tushuntir hayot,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz.
Endi u hech kimga ishonmaydi bas,
Yo‘qotish, insonga saboqmaktab, dars,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,
VISOLning uyiga sig‘maydi bir qiz,
Qalbini titratib shoir Ahadni,
Hayot ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,
KECHIR MENI, KECHIR, YURAK
Yashar faqat faryodimda,
Ayrildim bir qanotimdan,
Qaytib sevolmasam kerak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Ko‘rishmayman, so‘rashmayman,
Baxtlibosda yarashmayman,
Qalbimda kuz xazonko‘ylak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Bir yon alam bir yon nafrat,
Dilda shovqin shahri hasrat,
Yig‘lar xasta dil jonsarak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Suratlaring keltirvolib,
Dilni dardga to‘ldirvolib,
Kechagi baxt shirin ertak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Gumonlarga cho‘milar ishq,
Qay qabrga ko‘milar ishq,
U kelmaydi yo‘qsir darak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Oshiq Ahad yorsizliqsa,
Sensizlikda, holsizlikda,
Vasli umid telba istak,
Kechir meni, kechir, yurak.
UYQUSIZ KECHALAR
Beshafqat g‘amlarga yuragim talosh,
Yodimga tushadi o‘sha bag‘ritosh,
Jim, bir zum gapirma yurak yig‘lasin,
Uning yo‘llariga umid bog‘lasin…
Telba, tentakkinam yodimga solay,
Xayolda bo‘lsa qam yoniga boray,
Sog‘inchlar xanjari qonli tig‘lasin,
Yolg‘ondan bo‘lsa ham ruhim uxlasin.
Uni esga olsam jimirlar etim,
Ey dil, gulfaslimni kimlarga berdim,
Dod sol, qichqiriqqa dunyo sig‘masin,
Jim, bir zum gapirma, yurak yig‘lasin.
Farqini bilmayman qon bilan ko‘z yosh,
Yodimga tushganda o‘shal bag‘ritosh,
Uyqusiz kechalar dardim cho‘g‘lasin,
Tushimda bo‘lsa ham meni yo‘qlasin.
Beshafqat g‘amlarga yuragim talosh,
Yodimga tushadi o‘sha bag‘ritosh,
Jim, bir zum gapirma yurak yig‘lasin,
Uning yo‘llariga umid bog‘lasin…
SEVGI SHAROB
Ichib bo‘lmas.
Sevgi — azob,
Kechib bo‘lmas.
Nima qilay,
Dil cho‘g‘ endi,
Qanday kulay,
U yo‘q endi.
Sevgi — yig‘lab,
Kuldiradi,
Sevgi — qiynab,
O`ldiradi…
Kuta-kuta,
Dilim ko‘ndi.
Jon bezovta,
U yo‘q endi.
Sevgi — bahor,
Ko‘z yosh — yomg‘ir,
Sevgi — ozor.
Chidash og‘ir…
Dil — qush bilmay,
Qayga qo‘ndi,
So‘rar tinmay,
U yo‘q endi.
Sevgi — kitob,
O‘qib bo‘lmas,
Sevgi — uzuk,
Taqib bo‘lmas.
Ahad yig‘lab,
Bag‘ri yondi,
Jim, yiroqlab,
U yo‘q endi…
SENI KO‘RSAM EDI
Sening darding ila bo‘lyapman xarob,
Visoling qalbimga bo‘lmasdan sarob,
Sog‘ingan yurakni etmay umidvor,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
Oppoq nurga cho‘mgan yuzing eslayman,
Meni kuting degan so‘zing eslayman,
Muzlayman, nigoxing eslab betakror,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
Sen deb ado bo‘lgan zoring qayda deb,
Nomusing qayda deb, oring qayda deb,
Nasib etarmikan eng so‘nggi diydor,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
Yoningda yig‘lasam kulsam qaniydi,
Sen meni unutsang, qalbim taniydi,
U menga intizor, menga vafodor,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
Muhabbatdan ortiq yo‘q menga panoh,
Bu yo‘lda jon bermoq bo‘lsa ham gunoh,
Oshiq Ahad mudom aybiga iqror,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
BOSHQACHA YASHAYMAN…
Yo‘q, bugundan boshlab o‘zgaraman men.
Yomon odatlarim hammasin tashlab,
Yangidan ochaman hayot daftarim.
Do‘st, dushman hech kimdan olmayman o‘chim.
Yurakni muzlatib qo‘ysam ham hatto,
Seni unutmoqqa yetmaydi kuchim.
SIZ BARIBIR BOSHQACHASIZ
siz boshqacha go‘zalsiz,
Siz boshqacha yoqasizda,
boshqalardan o‘zarsiz,
Ucharsiz dilosmonimda,
boshqalardan o‘jarsiz,
Dilsahromda siz kezarsiz,
dildaryomda suzarsiz!
telbaman shaydoyiman,
Husningiz adoyiman,
mehringiz gadoyiman,
Sevaman, baxtim sizda,
yuragim, dardim sizda,
Dardingiz davoyiman,
qalbingiz navoyiman.
bizga dard yarashadi,
Uzgalar havas bilan
termulib qarashadi,
Bir qiyo boqsangiz bas,
oshiq dil yasharadi,
Siz ketsangiz dilda g‘am,
ko‘z yoshim sharsharadir.
yolg‘izlikda qaqsharman,
Poyizga dil to‘sharman,
poyizga gul to‘sharman,
Ahad yashar kim uchun,
qiynaysiz uni nechun,
Yig‘lab bag‘rim tesharman,
devonaga o‘xsharman.
siz boshqacha go‘zalsiz,
Siz boshqacha yoqasizda,
boshqalardan o‘zarsiz,
Ucharsiz dilosmonimda,
boshqalardan o‘jarsiz,
Dilsahromda siz kezarsiz,
dildaryomda suzarsiz!
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:56]
YODINGGA TUSHSIN
Seni sevganlarim yodingga tushsin,
Qismatning oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yedingga tushsin.
Yuraging alamga tulsa, yig‘lama,
Hayotdan umiding so‘nsa, yig‘lama,
Meni aytganlarim yodingga tushsin.
Bitta shirin so‘zin ravo qilmasa,
Va’dalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodingga tushsin.
Umringni bir kunin yoritolmasang,
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodingga tushsin.
Sen ko‘z yosh to‘ksang-u beparvo kulsa,
Atayin yoningda o‘zgani quchsa,
Meni ko‘rganlarim yodingta tushsin.
Ahad qaydasiz deb izlamasang ham,
Kimgadir bu haqsa so‘zlamasang ham,
Seni sevganlarim yodingga tushsin.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
KUYIB KUYIB
Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,
Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Sen kelmading, vayron bo‘ldi muhabbatim,
Yuragimda armon bo‘ldi muhabbatim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Sog‘intirib o‘zingga jim bog‘laysan-a,
Qayerlarda diling xushlab chog‘laysan-a,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Seni o‘ylab devonadir, devonadir,
Har bir ohi afsonadir, afsonadir,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,
Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
AYTGIL QACHON DILING OCHASAN
Menga bordir sening keraging,
Kelib bir bor qalbim so‘ragin,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Nigohlaring oymi, yulduzmi,
Muhabbatim endi afsusmi,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Senga aytar qo‘shiqlarim ko‘p,
Lekin boshqa ma’shuqlarim yo‘q,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Sening uchun yolg‘on yonishim,
Sensizlikka qiyin ko‘nishim,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Olib bo‘lgan jazolari bor,
Yuragida nidolari bor,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
EY QOSHLARI KAMONIM
Ey ko‘zlari jayronim,
Sizni sevaman degan,
Muhabbati yolg‘onim.
Tilingdagi rashk emas,
Ahdu vafo qilganlar,
O‘zgasini tanlamas.
Ey nozlari makkorim,
Ishqini o‘yin qilgan,
Oshiqi beqarorim.
Aldolmay olmas nafas,
Bular o‘ziga o‘zi,
Dunyoni aylar qafas.
Ey yulduzsiz osmonim,
Suyganini yo‘qotib,
O‘z holiga hayronim.
Hijron senga bo‘lsin dars,
So‘zlarimdan ranjima,
Buni aytmoq menga qarz.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:56]
YODINGGA TUSHSIN
Seni sevganlarim yodingga tushsin,
Qismatning oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yedingga tushsin.
Yuraging alamga tulsa, yig‘lama,
Hayotdan umiding so‘nsa, yig‘lama,
Meni aytganlarim yodingga tushsin.
Bitta shirin so‘zin ravo qilmasa,
Va’dalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodingga tushsin.
Umringni bir kunin yoritolmasang,
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodingga tushsin.
Sen ko‘z yosh to‘ksang-u beparvo kulsa,
Atayin yoningda o‘zgani quchsa,
Meni ko‘rganlarim yodingta tushsin.
Ahad qaydasiz deb izlamasang ham,
Kimgadir bu haqsa so‘zlamasang ham,
Seni sevganlarim yodingga tushsin.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
KUYIB KUYIB
Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,
Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Sen kelmading, vayron bo‘ldi muhabbatim,
Yuragimda armon bo‘ldi muhabbatim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Sog‘intirib o‘zingga jim bog‘laysan-a,
Qayerlarda diling xushlab chog‘laysan-a,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Seni o‘ylab devonadir, devonadir,
Har bir ohi afsonadir, afsonadir,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,
Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
AYTGIL QACHON DILING OCHASAN
Menga bordir sening keraging,
Kelib bir bor qalbim so‘ragin,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Nigohlaring oymi, yulduzmi,
Muhabbatim endi afsusmi,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Senga aytar qo‘shiqlarim ko‘p,
Lekin boshqa ma’shuqlarim yo‘q,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Sening uchun yolg‘on yonishim,
Sensizlikka qiyin ko‘nishim,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Olib bo‘lgan jazolari bor,
Yuragida nidolari bor,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
EY QOSHLARI KAMONIM
Ey ko‘zlari jayronim,
Sizni sevaman degan,
Muhabbati yolg‘onim.
Tilingdagi rashk emas,
Ahdu vafo qilganlar,
O‘zgasini tanlamas.
Ey nozlari makkorim,
Ishqini o‘yin qilgan,
Oshiqi beqarorim.
Aldolmay olmas nafas,
Bular o‘ziga o‘zi,
Dunyoni aylar qafas.
Ey yulduzsiz osmonim,
Suyganini yo‘qotib,
O‘z holiga hayronim.
Hijron senga bo‘lsin dars,
So‘zlarimdan ranjima,
Buni aytmoq menga qarz.
Ahad Qayum she’rlari, [16.01.19 11:28]
ВАФО ҚИЛМОҚ ҚИЙИНДИРМуҳаббатнинг шартлари, кимлар учун ўйиндир,
Жуфтингнинг қадрига ет, севгин уни суюнтир,
Ҳатто ҳаёлингда ҳам, қилма унга хиёнат,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.Ошиқлик йўлларида, синовлари кўп экан,
Гулим деб асраганинг, гоҳида санчар тикан,
Танлаган ягонангнинг қалбида топгин маскан,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.Бир ишонган, суянган тоғига айлан уни,
Тўртта фасли яшнаган боғига айлан уни,
Ҳаётининг энг гўзал чоғига айлан уни,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.Шохдан шохга сакраган ёлғончидан қоч синглим,
Севгингга арзийдиган инсонга дил оч синглим,
Юракдан қадрласа бор меҳрингни соч синглим,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.Сен учун жон куйдирсин, ота онангдан кўпроқ,
Рашк қилиб қизғонсину, меьёрда бўлсин бироқ,
Севдими бас, ортиқча шубҳадан бўлсин йироқ,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.Бир телбаю савдойи, ошиқ Аҳад Қаюмдир,
Бевафолар жабридан, дардлари бир уюмдир,
Севаман деган билан, уни исботлаш мушкул,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.Муҳаббатнинг шартлари, кимлар учун ўйиндир,
Жуфтингнинг қадрига ет, севгин уни суюнтир,
Ҳатто ҳаёлингда ҳам, қилма унга хиёнат,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.Аҳад Қаюм
@Ahad_Qayum
Ahad Qayum she’rlari, [16.01.19 11:28]
SEVGANING YAXSHIMASMI?Gulim, menga qalbingni,
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?Yaxshimasmi yonimda,
Jonim bo‘lsang jonimda,
Ayni sog‘inganimda,
Kelganing yaxshimasmi?Tushunmayman seni ham,
Qiynab yubording biram,
Qaynoqqina mehrimga,
To‘yganing yaxshimasmi?Ko‘zlarimga termulib,
Dardlarim olib-olib,
Dilga muhabbat solib,
Qolganing yaxshimasmi?Eshitmasang dod desam,
Kammi yo jonim bersam,
G‘amdan to‘lmay boshginang,
Kulganing yaxshimasmi?Gulim, menga qalbingni,
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?@Ahad_Qayum
1⃣5⃣3⃣
Ahad Qayum she’rlari, [16.01.19 13:15]
ALDANGAN QIZ(Endi ayt-chi,kimga keraksan,
Gul umrini uvol qilgan qiz.
Ming g’iybatchi tilda ermaksan,
Yoshligini zavol qilgan qiz.)U yig’ladi artdim yoshini,
Savol bersam,egdi boshini.
Ko’tarolmas hasrat toshini,
Aldangan qiz.Avji bahor ochilmagan gul,
U bir dildor,sochilmagan dil.
Yolg’iz qolsa,ne qilsin,axir,
Aldangan qiz.Sevdi baxtli bo’laman deya,
Aldanishin kutmagandi-ya.
Yig’lar endi u kuya-kuya,
Aldangan qiz.Daydi shamol ermaklab o’tar,
U-chi bedor kimnidir kutar.
Yostiqlari toshdan ham battar,
Aldangan qiz.Baxti samoda yonmagan yulduz,
Qalbi nafrat to’la bir dengiz.
Gul umrini so’ldirdi essiz,
Aldangan qiz.Aldangan qiz xazonga o’xshar,
Hayotdan hech umidsiz yashar.
Yolg’izlikdan ezilib qaqshar,
Aldangan qiz.Tinglang,do’stlar,Ahad dardini,
Yig’lab yozgan har bir satrini.
Sen Xudoga sol nomardlarni,
Aldangan qiz.@Ahad_Qayum
1⃣5⃣2⃣
Ahad Qayum she’rlari, [16.01.19 13:15]
Сиз менинг борлиғим жон-у жаҳоним,
Ўзимнинг севгилим, азизим, жоним,
Барчадан қизғонган рашкчи инсоним,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан!
Турмуштнинг муштлари оғир келса ҳам,
Сизнинг борлигингиз дардимга малҳам,
Қалбдаги ардоғим, жон томир риштам,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан!
Гулни асраб келган боғимсиз бегим,
Доимо суянган тоғимсиз бегим,
Малика бўлсам гар шоҳимсиз бегим,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан!
Менга ҳашамату, тилло керакмас,
Сизни шодон кўрсам дейман ҳар нафас,
Шу азиз бошингиз омон бўлса бас,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан.
Дуода сўрайман у дунёда ҳам,
Бирга туташ бўлсин тақдиримиз ҳам,
Бизни топиштирса Яратган Эгам,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан.Facebook dan
Ahad Qayum she’rlari, [18.01.19 12:32]
[Переслано из shoira-qiz]
SEN MENING VATANIM,MENING ONAMSANSening borligingni men madh etayin
Shifobaxsh tuprog’ingni ko’zimga surib
Seni ham sevib,ham erkalayin
Sen mening Vatanim,mening OnamsanSeni kuylab o’tgan har bitta shoir
Sen shoirning ko’ksidagi so’zlaridursan
Seni asrash uchun har ishga qodir
Sen mening Vatanim,mening OnamsanTemur bobom asragan diyor
Mangu berdi haq deganing bor
Boburni ham qildi sog’inch giriftor
Sen mening Vatanim,mening OnamsanMuhammad Yusuf seni kuylab,so’zlabdi
Sening borligingni yurt ham tinglabdi
Sening borliging ellarga doston
Sen mening Vatanim,mening OnamsanHech kimsa qo’ymaydi seni tilidan
Chunki sen ularning yuragidasan
Vatanim,Ona xalqim deb aytar dilidan
Sen mening Vatanim,mening OnamsanSamarqand-u,Xivalaring qad roslagan
Minoralar qurshovida go’zaldurlar
Shahri azim Toshkentimsan
Sen mening Vatanim,mening OnamsanSeni alishmayman gavhar-u,durga
O’xshaysan chunki ochilgan gulga
Seni sotib ololmas odamlar pulga
Sen mening Vatanim,mening OnamsanEy ona o’lkam,jonajon o’lkam
Bunchalar go’zalsan,juda ham ko’rkam
Senga qarab-qarab ko’zlarim tolmas
Sen mening Vatanim,mening OnamsanTongda tog’lar ortidan quyosh mo’ralar
Butun o’zbek xalqiga salomlar aytar
Tong sahardan xalqing ham tinim bilmaydi
Ey xalqning Vatani,xalqning OnasiSen borsanki biz ham kulib yuribmiz
Shukurkim tinch-totuv yilib yuribmiz
Sen hamhonamsan,qadrdonimsan
Sen mening Vatanim,mening onamsanTog’larning bag’rida Vatanim dedim
Aks sado berdi butun olamga
Seni ardoqlayman,asrayman dedim
Ey mening Vatanim,ey ona o’lkamSen jahonda bittasan,bittasan O’zbekiston
Senga har yerdan havas qilib kelishar inson
Har yerda bor,bor-ku bog’-u bo’ston
Sen mening Vatanim,mening OnamsanOsmon o’par baland tog’laring bordur
Sharqirab oqayotgan soylaring bordur
Sen buyukdursan,sen go’zalsan
Sen mening Vatanim,mening OnamsanAhad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:12]
ALDANGAN QIZ
Gul umrini uvol qilgan qiz.
Ming g’iybatchi tilda ermaksan,
Yoshligini zavol qilgan qiz.)
Savol bersam,egdi boshini.
Ko’tarolmas hasrat toshini,
Aldangan qiz.
U bir dildor,sochilmagan dil.
Yolg’iz qolsa,ne qilsin,axir,
Aldangan qiz.
Aldanishin kutmagandi-ya.
Yig’lar endi u kuya-kuya,
Aldangan qiz.
U-chi bedor kimnidir kutar.
Yostiqlari toshdan ham battar,
Aldangan qiz.
Qalbi nafrat to’la bir dengiz.
Gul umrini so’ldirdi essiz,
Aldangan qiz.
Hayotdan hech umidsiz yashar.
Yolg’izlikdan ezilib qaqshar,
Aldangan qiz.
Yig’lab yozgan har bir satrini.
Sen Xudoga sol nomardlarni,
Aldangan qiz.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:12]
SEVGANING YAXSHIMASMI?
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
Jonim bo‘lsang jonimda,
Ayni yeog‘inganimda,
Kelganing yaxshimasmi?
Qiynab yubording biram,
Qaynoqqina mehrimga,
To‘yganing yaxshimasmi?
Dardlarim olib-olib,
Dilga muhabbat solib,
Qolganing yaxshimasmi?
Kammi yo jonim bersam,
G‘amdan to‘lmay boshginang,
Kulganing yaxshimasmi?
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:12]
KECHIKDIM
Sen o‘zgani tanlab bo‘libsan,
Oysiz tunda oydek to‘libsan…
Kechikdim,
Besamardir endi ne qilsam,
Nahot seni yo‘qotdim, erkam.
Dod deyman, dod deyman….
Qand yeyman deb nuqul pand yeyman.
Kechikdim,
O‘z-o‘zymga deyman qo‘y endi,
Ko‘nasan-da o‘tdi to‘y endi.
Nochorman, peshonam tirishar,
Bilmam qachon ko‘nglim yorishar…
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
KETMA YOLG‘IZIM, KETMA SEVGI
Sen qalbim tanhosisan,
Sen yurak sadosisan…
Ketma yolg‘izim, ketma.
Senga uchramagan kim,
Sendirsan ko‘ngil ohim,
Nedir mening gunohim.
Ketma, yolg‘izim ketma.
Sog‘indim diydoringni,
Dardingni ozoringni,
Lablaringda bolingni.
Ketma yolg‘izim, ketma.
Samolardan izlaymi,
G‘avg‘olardan izlaymi,
Xatolardan izlaymi,
Ketma, yolg‘izim ketma.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
MEN SENI HAR KUNI KUTAMAN
Yoningta borishga yuzim yo‘q,
O‘zimni oqlashga so‘zim yo‘q,
Visolingga qachon yetaman…
Armonni o‘rayman gullarga,
Kunlarni ulayman yillarga,
Sog‘inchlarga bo‘sa tutaman.
Kelmasligtyg bilsamda garchi,
Orzularga urmayman qaychi,
Umid haqda she’rlar bitaman.
To‘g‘ri, balki kechirmagansan,
Ammo dildan o‘chirmagansan,
Xotiradan ilinj titaman.
Seni eslamagan lahzam yo‘q,
Sen meni sevasan, ko‘nglim to‘q,
Xayollarga cho‘mib ketaman.Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
SEVGILIM, AZIZIM…
Ayt jonim, men qaydan topay o‘zingni,
Nahotki unutding bergan so‘zingni,
Sevgilim, azizim, jonim eding sen,
Ko‘rganim, bilganim, borim eding sen.
Yig‘ladim, muhabbat vayronasida,
Ishonib, so‘zlaring afsonasiga,
Yo‘llarimni kutgan zorim eding sen,
Hayotim, nomusim, orim eding sen.
Umrimning mazmuni, ma’nosi eding,
Osmonim yulduzi, Zuhrosi eding,
Ko‘zlari xumorim, yorim eding sen,
Qo‘limda kuy chalgan torim eding sen.
Sen desam, yo‘llarim sen tomon boshlar,
Sen desam, hasratim — ko‘zlarim yoshlar,
Ko‘zguga boqsam ham ko‘rgum yuzingni,
Ayt jonim, men qaydan topay o‘zingni,
Nahotki unutding bergan so‘zingni,
Sevgilim, azizim, jonim eding sen,
Ko‘rganim, bilganim, borim eding sen.
Ko‘zguga boqsam ham ko‘rgum yuzingni,
Ayt jonim, men qaydan topay o‘zingni,
Nahotki unutding bergan so‘zingni,
Sevgilim, azizim, jonim eding sen,
Ko‘rganim, bilganim, borim eding sen.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
SENSIZ, SEVGINGIZ
Tushlarimda tinch qo‘ymay hatto,
Hayotimda qolmadi ma’no,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Tuproq uzra xazondir afsus,
Armon bilan bo‘ldim yuzma-yuz,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Ichaman hijronning zahridan,
Qo‘rqaman alamning qahridan,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Dil dardlari mendan devona,
Baxtim izlab bo‘ldim ovora,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Tunlarim o‘tmoqda ingrokda,
Qanday yashay sendan uzoqda,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
BIZNI HECH KIM AYIROLMAYDI
Qanotimiz qayirolmaydi.
Gumon — yomon, qo‘rqma azizim,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Osmonlari bilan yulduzdek,
Yaproqlari bilan ildizdek,
Bizni Hech kim ayirolmaydi.
Do‘stu dushman gapirolmaydi.
G‘amlar yiroq yuradi bizdan,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Ko‘zni nurdan ayirmoq mumkin,
Sinab ko‘rgin sevgimning kuchin,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Bu ko‘zlaring yashirolmaydi.
Menga ishon vafodorginam,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Qanotimiz qayirolmaydi.
Gumon — yomon, qo‘rqma azizim,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
DEVONASI O‘ZIMMAN
Parvonasi o‘zimman.
Dilim olgan dildorning,
Devonasi o‘zimman.
O‘zimman afsonasi,
O‘zimman begonasi,
Giryonasi o‘zimman.
Oshiq jonim qo‘lida,
Navosiman tilida,
Taronasi o‘zimman.
Hajri baxtim zulmati,
Taqdiriman — qismati,
Peshonasi o‘zimman.
Ado bo‘ldim ko‘yinda,
Ul malak saroyinda,
Ostonasi o‘zimman.
Yorug‘ kuni tiyradir,
Bilmay suyibman axir,
G‘amxonasi o‘zimman,
Vayronasi o‘zimman…
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
SEN KELMADING
Sen kelmading.
Sog‘inch ummonida afsuslar to‘ldi,
Sen kelmading.
Tushlarimga kirar ul ohu ko‘zlar,
Oh, endi ko‘mildi biz bosgan izlar,
Sen kelmading.
Toqatlar ketidan rohatlar keldi,
Niyatlar ketidan davlatlar keldi,
Sen kelmading.
Goh sening o‘rningni bosmoq bo‘ldilar,
Mening hayotimni buzmoq bo‘ldilar,
Sen kelmading.
Chidadim, tishimni tishimga qo‘yib,
Hijron yuragimni ketsada o‘yib,
Sen kelmading.
Ahadning ko‘ksiga xanjarday botib,
O`zingni bunchalar arzonga sotib,
Sen kelmading…
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:14]
Senga ishonishning bitta yo‘li bor,
o‘zimni aldash…
Yuragim yolg‘onlar qamalgan diyor,
qismati chalkash…
O‘zimni so‘roqqa tutmoq istayman,
lekin qo‘rqaman,
Seni unutmoqqa chora izlayman,
shuni uqaman.
Baxtliman, agar baxt azobda bo‘lsa,
toleim butun,
Qiynoqlar izma-iz so‘roqlab kelsa,
yashirmoq nechun.
Axir o‘z-o‘zimdan qochmoqning bu dam
iloji yo‘q-ku,
Garchi kul ostida bo‘lgani bilan
yuragim cho‘g‘-ku…
Ey yuragim, nahot, nahotki bizlar
qoldik zulmatda,
Ko‘kka tig‘ sanchardim topolsam xanjar
bunday fursatda.
Qalbimni aldashdir eng so‘ngti choram
azizim, tushun,
Sen uchun o‘zimni o‘tga tashlayman
bilmayman nechun…Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:14]
NAHOT YANA UCHRASHDIK BIZLAR
Nogahonda to‘qnashdi ko‘zlar,
Ketgan eding dilga tig‘ sancha,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Yana qaydan yo‘liqib qolding,
Ko‘zlarimga termulib qolding,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Uchrashgandek tong bilan shabnam,
O‘zgarmabsan yillar o‘tsa ham,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Balki mendan o‘tdi xatolar,
Aytsak hamki ming alvidolar,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Nogahonda to‘qnashdi ko‘zlar,
Ketgan eding dilga tig‘ sancha,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:38]
BEGOYIM
Keling demang guloyim.
Dilim og‘ritib ketib —
Begim demang begoyim.
Menga yopiq barchasi.
Oh, xiyonat zarbasi,
Begim demang begoyim.
Biz yig‘lagan kechalar.
Dilda afsus kuy chalar,
Begim demang begoyim.
Yig‘laysiz, qaytib kelib.
Poyimizga yiqilib,
Begim demang begoyim.
Endi kimni ermaklar.
Menga aytmang ertaklar,
Begim demang begoyim.
Keling demang muloyim.
Dilim og‘ritib ketib —
Begim demang begoyim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:38]
MENI SOG‘INMADINGMI
Yuragimni chayon chaqar,
Nafasimdan olov chiqar,
Meni sog‘inmadingmi?
Ko‘z yoshlarim daryo bo‘ldi,
Bu qandayin jazo bo‘ldi,
Meni sog‘inmadingmi?
Umrbod seni kutdim-ay,
Dunyodan yolg‘iz o‘tdim-ay,
Meni sog‘inmadingmi?
Loyi pishmagan g‘ishtmisan,
Shunchalar bag‘ri toshmisan,
Meni sog‘inmadingmi?
O‘zim seni izlab borsam,
Qumlar bosgan qabring topsam,
Meni sog‘inmadingmi?
Ahadga yo‘q buning farqi,
O‘sha sof muhabbat haqqi,
Meni sog‘inmadingmi?
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
BORGAN SARI…
Ammo battar qaysarlashib boryapsan,
Meni qiynab o‘jarlashib boryapsan,
Ado bo‘ldim,
Ahvolimni ko‘ryapsan…
Kelasanmi, kelmaysanmi sezdirmay,
Kel, muhabbat qasrin obod etaylik,
Yonimda bo‘l,
Ko‘p o‘zingdan bezdirmay…
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
QAYG‘ULI MUHABBAT
Darddengizlar oqdi ko‘zda yoshimdan,
Ayrildim, sevgimdan bir qanotim yo‘q,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Tushimda ko‘zlari qilmoqda ta’qib,
Yig‘layman, shu xasta holimga boqib,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Bag‘rimda jim nafas olayotganday,
Har lahza qo‘ng‘iroq qilayotganday,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Qanchalik urinmay unutolmayman,
Qop-qorong‘u dilni yoritolmayman,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Nahotki kelmaydi endi u qaytib,
Xazonyo‘l bog‘larni yurarman daydib,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Sevgi shunday dardki yuragingni yer,
Qaydasan, kim bilan, kel qo‘lingni ber,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Qaytib ko‘rmaymanmi qurqaman shundan,
Qalbi sovidimi shunchalar mendan,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Sensiz hatto tush ham ko‘rmayman derdi,
Sendan yo‘llarimni burmayman derdi,
Ayrilib qoldim oh, omadqushimdan,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Olib ketdi axir mening borimni.
Ahad yig‘lar chertib siniq torini.
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
OHUJON
Qilmay qo‘ydi nega orzu — jon,
Senda ne g‘am, ko‘zing buncha nam,
Ohujon!
Ishq dardiga chalindim qaydan,
Toqqa chiqib ketaymi men ham,
Ohujon!
Senda ham yov mendek ko‘p axir,
Bu odamzod buncha toshbag‘ir,
Ohujon!
Qalbim ichra ming gumon tugun,
Bizni hech kim tushunmas nechun,
Ohujon!
Yuragimda ming yara sanchiq,
Qalbimizda ortmoqsa chandiq,
Ohujon!
Jannatday aziz shu diyorda,
Qutqaraylik bo‘yinni dordan,
Qutqaraylik dilni ozordan,
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
OSHIQ DEB BO‘LMAS UNI
Do‘stlarim biling shuni,
Yori deb jonin bermas,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Kunda bittasin suysa,
Yolg‘ondan yonib kuysa,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Muhabbat ertak emas,
Taqdiriga ishonmas,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Ichida turar kulib,
Bo‘lmas kimligin bilib,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Bir umrga yorman deb,
Yo‘lingizda borman deb,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Do‘stlarim biling shuni,
Yori deb jonin bermas,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
JUDA HAM CHARCHADIM
Ammo, seni yana o‘ylayveraman.
Shu kunlarda menga nima bo‘lyapti,
Jonimni bekorga qiynayveraman.
Qachon biz ulgurdik sevishishga ham.
Nega aytmayapman rostdanam sevsam,
Nega sog‘inyapman, agar sevmasam…
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:43]
SIZNI SEVISHIMNI BUGUN ANGLADIM
Yurakni tingladim bugun ilk bora.
Nega shu kungacha buni bilmadim,
Iltimos, qalbimni so‘rang bir bora.
Yo‘q demang.
Charchadim, men ham kutishdan,
G‘urur bu eng g‘irrom o‘yinchi ekan.
Sizni ko‘rsam…
Tamom, uyg‘onib tushdan
Yana, yuragimga yoqurman gulxan.
Nega so‘zlaringnz yolg‘onga yo‘ydim.
Nahotki shunchalar ojizman, ojiz,
Sizni ko‘z o‘ngimda yo‘qotib qo‘ydim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:43]
SEVMASLIGING KECH BILDIM
Va’dalarga o‘ch bo‘ldim,
Endi vasling tush bildim,
Sevmasliging kech bildim.
Yig‘ladim yolg‘iz tunda,
Angladim buni shunda,
Sevmasliging kech bildim.
Ko‘z yoshimga yuvildim,
Suvsiz sahrodek qoldim,
Sevmasliging kech bildim.
Xayolim oyda edi,
Orzular sarob ketdi,
Sevmasliging kech bildim.
Sevgi bo‘ldi manfaat,
Afsusda o‘ksir Ahad,
Sevmasliging kech bildim.
Va’dalarga o‘ch bo‘ldim,
Endi vasling tush bildim,
Sevmasliging kech bildim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:43]
MENGA JUDA KERAKSAN
Meni qiynab halaksan,
Tushungin axir bugun,
Menga juda keraksan.
To‘ydiradi yolg‘izlik,
O‘ldiradi yolg‘izlik,
Menga juda keraksan.
Sevgim bilan to‘lab boj,
Vasling dilga ehtiyoj,
Menga juda keraksan.
Yig‘ladi tuyg‘ularim,
Kelmadi uyqularim,
Menga juda keraksan.
Eng katta havas kabi,
Yolg‘oni yo‘q rost kabi,
Menga juda keraksan.
Meni qiynab halaksan,
Tushungin axir bugun,
Menga juda keraksan.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:43]
XAFA BO‘LMASIN YORIM
Ko‘p haddingdan oshma dil,
Sohilingdan toshma dil,
Xafa bo‘lmasin yorim,
Ketib qolmasin yorim.
Kemasi yo‘q dengizman,
Hech kimi yo‘q yolg‘izman,
O`shal yor mening borim,
Ketib qolmasin yorim.
Gumonlar kerak emas,
Armonlar kerak emas,
Kam bo‘lmasin qatorim,
Ketib qolmasin yorim.
Tortma hayot yengimni,
Yorug‘ ayla tongimni,
Ko‘rmayin dil zavolim,
Ketib qolmasin yorim.
Ko‘p haddingdan oshma dil,
Sohilingdan toshma dil,
Xafa bo‘lmasin yorim,
Ketib qolmasin yorim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:44]
Yoningda men shunchaki,
Yurmoq uchun sevmadim.
Men seni birovlarga,
Bermoq uchun sevmadim.
Mehrga zoriqqandan,
Yuragim zo‘riqqandan,
Ermak uchun sevmadim.
Kechib ko‘ngil ko‘shkingdan,
Bezor bo‘lib rashkingdan,
Ketmoq uchun sevmadim.
Eng yaqin inson qadar,
Har kuni ming qayg‘u, dard,
Yutmoq uchun sevmadim.
Qo‘limda qo‘nmas qushim,
Qalbimni bir bor tushun,
Kutmoq uchun sevmadim…
Yurmoq uchun sevmadim.
Men seni birovlarga,
Bermoq uchun sevmadim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:44]
SEVISHNI O‘RGAT MENGA
Biror yo‘l ko‘rsat menga,
Sevgi o‘yinmas deysan,
Sevishni o‘rgat menga.
Mudom jabringni tortgan,
Muhabbatingni kutgan,
Sevishni o‘rgat menga.
Mayli yuzing ko‘rsatma,
Yashamoqni o‘rgatma,
Sevishni o‘rgat menga.
Sensizlik kulfat menga,
Ber imkon fursat menga,
Sevishni o‘rgat menga.
So‘ylamoqni bilaman,
Kuylamoqni bilaman,
Sevishni o‘rgat menga.
Yetkaz shunday ne’matga,
Rahm et shoir Ahadga,
Sevishni o‘rgat menga.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:45]
ONAJON
Afzal bildim onajon.
O‘sha qizni o‘ylab man,
Kasal bo‘ldim onajon.
Do‘st bilibman shaytonni,
Ajratishni o‘rgandim,
Yaxshi bilan yomonni.
Zahar ichdim, onajon.
Kech bo‘lsada sevgimdan,
Endi kechdim, onajon.
Aqlim kirdi har holda.
Qumdan qasr quribman,
To‘zg‘ib ketdi shamolda.
Endi qochgum, onajon,
O‘g‘lingizni avrolmas,
Endi hech kim onajon.
Kechagi yosh bolamas.
Yaxshiga quchoq ochib,
Yomonlikni xohlamas.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:45]
DUNYO, BUNCHA DARDING KO‘P
Ketgim ham kelmayapti,
Nokerak azoblarni,
Yutgim ham kelmayapti.
Dunyo, buncha darding ko‘p,
Qadring yo‘g‘-u, sharting ko‘p,
Kim senga mehr qo‘ysa —
O‘shani qiynading xo‘p…
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:45]
SIZGA SEVGI XATOLARI OR BO‘LMADI
Ne-ne qizlar izimizga zor bo‘lmadi,
Uchraganni boshidan zar sochaverdik,
O`zimizga omad qushi yor bo‘lmadi.
O‘zimizga hech nimani so‘ramadik,
Qish chog‘ida g‘uncha ochib gullamadik,
Izg‘irinda yoqqan balo qor bo‘lmadi.
Siyratimmas suratimni sevardingiz,
O‘zgasiga vafodor ham bo‘lmadingiz,
Sizga sevgi xatolari or bo‘lmadi.
Sochlaringiz tushlarimda dor bo‘lmadi,
Sizga emas, muhabbatga achinaman,
Sizsiz Ahad xor bo‘lmadi, xor bo‘lmadi.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:45]
KECHIRMAYMAN, BILIB QO‘Y
Ko‘nglimni bir olib qo‘y,
Bir marta qovoq uysang
Kechirmayman, bilib qo`y.
Kutganimda kelmasang,
Mening kabi sevmasang,
Kechirmayman, bilib qo‘y.
Yo‘lingni to‘ssa shayton,
Xiyonatni hech qachon,
Kechirmayman, bilib qo`y.
Dilingga qulf qilib qo‘y,
Gar unutsang Ahadni,
Kechirmayman, bilib qo`y.
Ko‘nglimni bir olib qo‘y,
Bir marta qovoq uysang
Kechirmayman, bilib qo`y.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
SITORA
Yuragim betob bo‘ldi,
Ko‘rganim azob bo‘ldi,
Qiynaldim bora-bora,
Seni sevib Sitora!
Yo‘limda to‘p-to‘p deysan,
Qachon menga xo‘p deysan,
Oshiqlaring qator-a,
Seni sevib Sitora!
Ko‘zlaring qora-qora,
Qalbing ishqimga tor-a,
Mayli dunyoni so‘ra,
Seni sevib Sitora!
Ahaddan olis ketma,
O‘zga qo‘llardan tutma,
O‘ldirgin undan ko‘ra,
Sevmasang gar Sitora!
Yuragim betob bo‘ldi,
Ko‘rganim azob bo‘ldi,
Qiynaldim bora-bora,
Seni sevib Sitora!
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
SEVMAGANGA O‘XSHAYSAN
Sezmaganga o‘xshaysan,
Menimcha bundan avval,
Sevmaganga o‘xshaysan.
Ko‘zingda buncha gumon,
Boshqasini hech qachon,
Sevmaganga o‘xshaysan.
Tiling gapga qovushmas,
Niyatim ayb topishmas,
Sevmaganga o`xshaysan,
O‘zgarma menga qolsa,
Yuraging tongday toza,
Sevmaganga o‘xshaysan.
So‘zimdan qizg‘onaman,
O‘zimdan qizg‘onaman,
Sevmaganga o‘xshaysan.
Qalbing ko‘zingga oshkor,
Ahadga bo‘l vafodor,
Sevmaganga o‘xshaysan.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
TILINGNI TIY DEDILAR
G‘arazni qo‘y dedilar,
U-ku bevafo ekan,
Boshqani suy dedilar.
Mendanam kechdi sevgi,
Labimga bo‘sa tutib,
Qush misol uchdi sevgi.
Senga g‘amli bir qo‘shiq,
Aytayin nolam bilan,
Aytayin dardim qo‘shib!
Muhabbat sotilganda,
Gunoh o‘tdi ayt, kimdan,
Qasding bormi yo menda?
Ahad dunyodan rozi,
Bulbul xonishi tinmas,
Tushmas qo‘lidan sozi.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
KO‘ZLARIM INTILAR FAQAT SEN TOMON
Yuragim ismingni takrorlar har on,
Hech qachon,
Hech qachon,
Yo‘q, yo‘q, hech qachon,
Senchalik hech kimni sevmadim ishon…
O‘yladim,
Yuragim aldayotgandir.
Seni uchratganda tilim aylanmay,
Qo‘llarim, lablarim titrayotgandi.
Seni sevishingni bilar edim-ku.
Endi o‘z qalbimni darddengiz qilib,
O‘z g‘amimdan o‘zim to‘lib to‘ydim-ku.
Yonimga kelasan, bezovta, o‘ychan.
Mayli shunday turgin,
Hech nima dema,
Axir hammasini o‘zim bilaman.
Bir-birin tushunar yuraklar, hislar,
Biz qanchalik qochsak bir-birimizdan,
Qalblarimiz shuncha bir-birin izlar.
Jimgina yashab,
Ayt, kimga asraymiz bu muhabbatni,
Sabr kosam to‘lib toshmasdan oldin,
Sen ham ochib o‘qi dildagi xatni,Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
SEVGI!
Tashnadirsan qonimga,
Qo‘ymaysan o‘z holimga,
Sevgi!
Yetolmay visolga man,
Ul sohibchiroygaman,
Sevgi!
Og‘umisan, sharobsan,
Darding menga atabsan,
Sevgi!
Yo zahring ichamanmi,
O‘zimdan qochamanmi,
Sevgi!
Izlagan yorim mani,
Ahdingga vafo qani,
Sevgi!
Ko‘mildim bardoshingga,
Tushunmayman ishingga,
Sevgi!
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:47]
KUYARMAN
Hijronida kuyarman.
Vasl topmagan dilning,
Armonida kuyarman.
Til — ozor, dilim dorda,
Ko‘ngil umidi yorda,
Yolg‘onida kuyarman.
Dilda nafrat o‘yarman,
Dunyoga o‘t qo‘yarman,
Xumoringda kuyarman.
So‘zimdan tonib-tonib,
Seni deb yonib-yonib,
Ozoringda kuyarman.
Til, sabr-u sinoatda,
Tan-u jon ming ofatda,
Fig‘oningda kuyarman.
Hijronida kuyarman.
Vasl topmagan dilning,
Armonida kuyarman.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
KETSANG KETAVER
Ketsang ketaver.
Mendan boshqani,
Sevsang sevaver.
Bu sening ishing,
Sen boshlagan to‘y.
Qilmay tashvishim,
O‘z holimga qo‘y.
Tonib so‘zingdan,
Qaytsang qaytaver.
Sevdim deb unga,
Aytsang aytaver.
Niyating nima,
Bilmay hayronman,
Yurakni qiynab,
Jig‘ibiyronman.,..
Mensimay meni,
Ketsang ketaver.
Mendan boshqani,
Sevsang sevaver.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
OQIBATLI ODAMLAR
Oriyatli odamlar.
Jigaringdanda yaqin,
Oqibatli odamlar.
Toleyi naqshin yozar.
Ikki dunyosi go‘zal,
Oxiratli odamlar.
Kurashmoqdan iborat.
Mehnatidan topar baxt,
Diyonatli odamlar.
Saxovatli odamlar.
Adolatli odamlar,
Zakovatli odamlar.
Bir kun o‘chadi biroq.
Ortida qoldirar bog‘,
Halovatli odamlar.
Har suhbati ming bir baxt.
Borligi ming bir davlat,
Xosiyatli odamlar.
Yurakka saqlamas kin.
Qalbi serhimmat to‘kin,
Gul niyatli odamlar.
Titadi kamu ko‘sting.
Sof chizar u qalb ko‘zin,
Fazilatli odamlar.
Yolg‘onga boqmas qiyo.
Jannatdan kelgan go‘yo,
Farishtali odamlar.
Saodatli odamlar.
Arzir joning bergali,
Sadoqatli odamlar.
Kelajak g‘amini yer.
Shukr, bugun bor axir
Hidoyatli odamlar.
Ichga yutar dardini.
Qarichlamas qadrini,
Qanoatli odamlar.
Diyonatli odamlar.
Mehrga to‘la qalbi,
Muhabbatli odamlar.
Nafsi kibrga botmas.
Sendan manfaat kutmas,
Ma’rifatli odamlar
O‘ylaydi elning baxtin.
To‘g‘ri baholar satrin,
Muruvvatli odamlar.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
SEVGI BILAN GO‘ZALDIR HAYOT
Muhabbatsiz urmas bu yurak,
Ishq bu hijron, visol yo najot,
Muhabbat bu eng shirin ertak.
Ko‘zlaringda yongan bu yulduz,
Yuragingda toshgan bu dengiz,
Oshiqlikni chegarasi yo‘q,
Xayollarning sarhadi cheksiz.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
SHUNDAY DO‘ST TOP…
Pulingta do‘st bo‘lmasin.
Sovg‘ayu salomingga,
Gulingga do‘st bo‘lmasin.
Tepib o‘tib ketmasin.
Mansab yo ayol uchun,
Seni arzon sotmasin.
Arzimas do‘st deyishga,
Bilolmaysan ularga,
Nima deb nom qo‘yishga.
Yo‘g‘ingda qam do‘st bo‘lsin.
Boshingdan omad ketgan,
Chog‘ingda ham do‘st bo‘lsin.
Qilmagan ishni qilsin.
Akang ukang bo‘lmasa,
Yoningda tayanch bo‘lsin.
Arzimagan gapni deb,
Yashaydilar qasdlashib,
Bir-birini go‘shtin yeb.
Otangga rahmat desin.
Do‘stingga qaraganda,
Sening kimliging bilsin.
O‘ntani o‘rnin bosar.
Ortiqcha ig‘volaru,
G‘iybatlar yo‘lin to‘sar.
Shuhrating, nomingamas.
Yuragingni tushunar,
Chin bir inson bo‘lsin bas.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
MEN UCHUN…
Men uchun bahorday ochilsin qalbing,
Har bir nafasingni ma’nosi bo‘lay,
Sevgilim, men uchun ursin yuraging…
Ismimni takrorla hatto tushingda,
Doim, o‘zim bo‘lay aqlu hushingda,
Dunyolarni izlab qalbingdan topdim,
Endi sen ham meni bir bor tushun-da.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
TENGING BILAN DO‘ST BO‘LGIN
Yenging bilan do‘st bo‘lgin,
Dil, dilga bo‘ydosh izlar,
Tenging bilan do‘st bo‘lgin.
O‘rgimchak o‘rgimchakka,
To‘rini to‘qimaydi,
Bilsang qarg‘a qarg‘ani,
Ko‘zini cho‘qimaydi.
Yaxshi kun bor, yomon kun,
Halol, yorug‘ yuz bo‘lgin,
Balandga intilgin, lek
Tenging bilan do‘st bo‘lgin.
Ilon chaqmas ilonni,
Chayon chaqmas chayonni,
Yuqori yo past bo‘lgin,
Tenging bilan do‘st bo‘lgin.
Bu hayot qimor ekan,
Kim sog‘, kim bemor ekan,
Bir yutish, bir yutqazish,
Taqdirimda bor ekan.
Ahad Qayum dardlari,
Ichiga sig‘may ketsa,
Umringga mazmun kirar,
Bir chin do‘st qo‘lin tutsa.
Odam darddan, qayg‘udan,
Ochlikdan hech o‘lmaydi,
Do‘stlaring nomard bo‘lsa,
Yashaging ham kelmaydi.
Ahad Qayum sherlari