Ahad Qayum haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Ahad Qayum haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Ahad Qayum haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Mundarija скрыть
Ahad Qayum haqida, oilasi, instagram, rasmlari
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yoshligidan matematik bo`lishni orzu qilgan Ahad, kutilmaganda so`z sehrining maftuniga aylanadi. «Garchi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) matematika hamda fizika yo`nalishi bo`yicha tahsil olgan bo`lsamda, ijod olamidagi ilk odimimni aktyorlik orzusida boshlaganman» deydi ijodkor. Ammo kino sinovlardagi ketma-ket omadsizlik uning qalbida umidsizlik uyg`ota boshladi va u qo’liga qalam tutib, o`zini ijodning boshqa bir yo`nalishi — she`riyatda sinab ko`rishga qaror qildi. «Mening taqdirim, omadim, haqiqiy baxtim she`rga bog`langanidan benihoya xursandman» deydi u.
Uning she`rlari shu darajada tez mashhur bo`lib ketdiki, bunga ko`pchilik shubha ko`zi bilan qaray boshladi. Har bir she`ri taqdirining unga tayyorlab qo`ygan imtixonida toblanib o`quvchilari tomon yo`l oldi. Faqatgina ota-onam, ustozlarimning duolari va ishonchi, shuningdek muxlislarimning mehru-muhabbati meni ijod maydonida saqlab qoldi» deydi shoir.
Ahad Qayum haqida
Ahad Qayum haqida
Ahad Qayumning qisqa vaqt mobaynida bir qator kitoblari nashr etilganligi esa uning yaqinlari uchun kutilganidanda ziyoda quvonch olib keldi. Kitoblarida ezgulik, do`stlik, Vatanga, ota-onaga bo`lgan cheksiz ehtirom, yorga muhabbatni yozadi. «Yana sogìndim, yana», «Sinishimni sogìndi kimlar», «Yig`lama, o`zimning farishtaginam», «Begim demang begoyim», «So`nggi qo`ngìroq», «Yolgìzman», «Otamga o`xsha o`g`lim», «Vaqt yoxud Ko’ngil kaliti», «Meni yig`latma, hayot», Äldangan qiz», «Sevgidan kechmaydilar», «Qizmi bu, kiyikmi bu?!», «Ismsiz dardlarim», «O`n sakkizda edim o`shanda», «Ikki dushmani bor erkak kishini», «Jiyda gulim», «Yolgìz ayol», «Ey inson, ko`zingni och», «Oqibatli bo`ling, odamlar», «Yulduzim mening», «Onalar madhi», «Ayriliq kitobin tuzgan maktublar», «Ey do`st», «Qofiyaga sig`magan qaydlar», «Chiroyligim», «Xayr, bevafo», «Meni kechir, xato qildim meni kechir» kabi kitoblari o`quvchilar e`tiboriga havola etildi.
Biroq, aktyorlik, modelyerlik va boshlovchilikka bo`lgan havas uni bir lahzaga ham tinch qo`ymadi. U o`z ustida tinmay ishlardi, harakat, g`ayrat, mehnat va muhabbat uning yo`lchi yulduziga aylandi. U birin-ketin bir nechta film va kliplarda rollar ijro etdi. «Men baribir qachondir eng yaxshi rollarimni yaratishimga ishonaman. Rejissorlar nazariga tushish uchun 15 yil harakat qildim va hech qachon ortga qaytishni istamayman» deydi Ahad Qayum.

Ahad Qayum haqida, instagram, oilasi, rasmlari