
AGROMETEOROLOGIK BYULLETEN haqida malumot bilib oling.
AGROMETEOROLOGIK BYULLETEN — agrometeorologi k sharoitlar taxlil qilingan axborotning asosiy shakli. Har oʻn kunlikda gidrometeorologiya markazi tomonidan nashr qilinadi. Agrometeorologik byulleten quyidagi boʻlimlardan iborat:
1) oʻn kunlikning gidrometeorologik xususiyatlari (havo va tuproq harorati, yogʻinlar, shamolning yunalishi va tezligi va h. k.); bunda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishiga qulay yoki noqulay sharoitlar — qorasovuq, garmsel, shoʻzonli boʻron va h. k. alohida qayd qilinadi;
2) ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi hamda mollarni oʻtlatishning agrometeorologik sharoitlari. Bu bulimda asosiy q. x. ekinlari (ayniqsa, gʻoʻza)ning rivojlanish surʼatlari, ularning namlik b-n taʼminlanganlik darajasi tahlil qilinadi, ekinzorlar holatiga baho beriladi.
Agrometeorologik byulleten Oʻzbekistonda 1927-y. dan boshlab nashr etiladi. 1930-y. dan muntazam chiqarila boshladi.
Ensiklopediya.uz
AGROMETEOROLOGIK BYULLETEN