AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA haqida malumot bilib oling.

AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA — tuproqning oʻsimliklar oziqlanadigan elementlar bilan taʼminlanganlik darajasini ifodalovchi xarita-sxema. A. x. tuzishda tuproqlar tarkibidagi oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shakldagi fosfor va kaliy, mikroelementlar va b. miqdoriga koʻra 5 guruhga ajratiladi (azotni aniqlash kam qoʻllaniladi). Agrokimyoviy xaritagramma tuzish uchun maydoni 5 — 20 ga li raqamlangan maydonlardan olingan aralash tuproq namunalari tahlili natijalaridan foydalaniladi. Namuna haydalma qatlamning 20 joyidan (diagonali yoki oʻqi boʻyicha) 300 — 400 g miqdorda olinadi. Ayni paytda haydalma qatlam ostidan (30 — 40 sm chuqurlikdan) olingan alohida tuproq namunalari gʻam oʻrganiladi. Barcha aralash tuproq namunalaridagi harakatchan fosfor va kaliy miqdori aniqlanadi. Taxlil natijalariga qarab Agrokimyoviy xaritagrammalar tuziladi. Xaritaga tushuntirish tuziladi, xoʻjalik haqidagi maʼlumotlar, agrokimyoviy tekshirish natijalari, mineral oʻgʻitlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar beriladi.

Respublika «Oʻzdaverloyiha» inti beradigan xoʻjaliklarning yerlaridan foydalanish tarxlari Agrokimyoviy xaritagrammalar tuzish uchun xaritagrafik asos boʻlib xizmat qiladi. Ularning masshtabi sugʻoriladigan yerlar uchun 1:10000, lalmi yerlar uchun 1:25000. Ilmiy tavsiyalarga koʻra xar 5 yilda tuproqning agronomik holati tekshiriladi va yangi Agrokimyoviy xaritagramma tuziladi.

Ensiklopediya.uz
AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA