AGROKIMYO LABORATORIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AGROKIMYO LABORATORIYASI haqida malumot bilib oling.

AGROKIMYO LABORATORIYASI — 1) oʻsimlik, tuproq, oʻgʻit, zaharli kimyoviy moddalar, q. x. mahsulotlari, yemxashak va b. ni tahlil qilish yoki agrokimyodan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan xona (bino); 2) agrokimyo boʻyicha maxsus tadqiqotlar oʻtkazadigan korxona, tashkilot yoki uning maxsus boʻlimi. Oʻzbekistonda oʻquv (oʻquv yurtlarida); ilmiy tadqiqot (in-tlar va b. da), agrokimyo xizmati tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish A. l. lari mavjud. Ishlab chiqarish Agrokimyo laboratoriyasi lariga rahbarlikni Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi olib boradi. Agrokimyo laboratoriyasilari oʻz zonasidagi xoʻjaliklarni agrokimyoviy xaritagrammalar va oʻgʻitlarni qoʻllash boʻyicha tavsiyanomalar bilan taʼminlaydi. Agrokimyo laboratoriyasi har xil tabiiy zonalar tuprogʻi uchun mos oʻgʻitlar va ularning optimal ulushlarini aniqlash maqsadida dala tajribalari oʻtkazadi; yem-xashak sifatini yaxshilash va chorva mollarini ratsional oziqlantirishda tavsiyanomalar tuzish uchun oʻsimliklarni tahlil qiladi, mineral va mahalliy oʻgʻitlarning sifatini nazorat qilish maqsadida ularni tekshirishdan oʻtkazadi. Dala tajribalari, oʻsimlik va tuproq tahlili natijalariga asosan xizmat koʻrsatayotgan zonadagi tuproq oziq moddalari balansini, har xil xoʻjaliklarda va almashlab ekish dalalarida tuproq sharoitlari hamda ekin turiga qarab oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi, agrokimyoviy xaritagrammalar tuzadi. Q. x. ishlab chiqarishida kimyoviy vositalarni qoʻllash masalalari yuzasidan targʻibot va tushuntirish ishlari olib boriladi.

Ensiklopediya.uz
AGROKIMYO LABORATORIYASI