
AGRESSIYA haqida malumot bilib oling.
AGRESSIYA (lot. agressio — hujum qilish) , tajovuz — bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtayi nazaridan gʻayriqonuniy boʻlgan har qanday kuch ishlatish. Agressiyaning eng xavfli koʻrinishi qurolli kuch ishlatishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavfsizligiga qarshi ogʻir xalqaro jlnoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 29-sessiyasi (1974) «Agressiyani belgilash toʻgʻrisida»gi rezolyutsiya yakdillik bilan maʼqullagan. Bilvosita, iqtisodiy va gʻoyaviy Agressiya tushunchalari ham bor.
Ensiklopediya.uz
AGRESSIYA