AGREMAN (frans. agrement — rozilik) — xalqaro huquqda bir davlat hukumatining boshqa davlat doimiy diplomatik vakilini oʻz mamlakatida qabul qilish toʻgʻrisidagi roziligi. Agreman ikkala mamlakat tashqi ishlar idoralari tomonidan yozma ravishda talab qilib olinadi va beriladi.