
AGONIYA haqida malumot bilib oling.
AGONIYA (yun. agonia — kurash) , holati razm — oʻlim talvasasi. Uning oʻziga xos belgilari: bosh miya faoliyatining zaiflanishi, xirillash, hushdan ketish, nafas olish va yurak urishining bir tekis boʻlmasligi, koʻz qorachigʻining kengayishi, reflekslarning asta-sekin yoʻqolishi, oyoq va badanning sovishi, rang boʻzarishi, tananing koʻkimtir tus olishi. Kishi koʻp qon yoʻqotganda, shok, asfiksiya va b. da oʻz vaqtida tegishli chora-tadbirlar koʻrilganda uni Agoniya holatidan qaytarish mumkin. Agoniyani dastlab yunon tabiblari aniq tasvirlab berganlar.
Ensiklopediya.uz
AGONIYA