
AGLOMERAT haqida malumot bilib oling.
AGLOMERAT (lot. agglomero — ayqash-uyqash uyumlangan, yigʻilgan) — 1) petrografiyada — har xil togʻ jinslari bir-biriga yopishib hosil qilgan gʻovak toʻplam. Aglomeratlar sementlashganda brekniyalyar, tuflar hosil boʻladi. Lavali Aglomerat — lava oqimlari harakati vaqtida oʻta yopishqoq lavalar palaxsalari toʻplamidan iborat;
2) metallurgiyada — mayda ruda yoki kukunsimon metallarni maxsus mashinalarda qovushtirib, hosil qilingan yirik boʻlaklar. Qora va rangli metallurgiya uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi (q. Aglomeratlash).
Ensiklopediya.uz
AGLOMERAT