Agentlik yoki kompaniya?

Agentlik yoki kompaniya?

Baʼzan yaxshi karyera qurishga harakat shaxsiy rivojlanishni cheklab qoʻyadi. Aslida teskarisi boʻladi, deb oʻylaysiz. Lekin hammasi boshqacha ishlaydi

Kopirayter sifatida kompaniya, agentlik yoki frilansda oʻz faoliyatingizni yuritishingiz mumkin. Frilans va agentlik eng yaxshi tanlov, ammo kompaniya ham yomon emas

Katta kompaniya yoki startap?

Koʻpchilik junior kopirayterlar Pepsi, Coca-Cola, GM, Akfa kabi katta brendlarda ishlashni istaydi. Men buni xato deb hisoblayman.

Nega? Gigant kompaniyalarda hammasi aniq: TOV, kalit soʻzlar, uslub, shablon

Shunchaki xatosiz qolipda yozib bersangiz boʻldi. Kreativ kampaniyalar haqida unutsangiz ham boʻladi. Katta kompaniyalar katta ishlarni agentliklarga topshiradi, siz esa SMM uchun postlar, tabriklar yozib oʻtiraverasiz

Yaʼni siz katta mashinaning bitta gaykasi boʻlasiz. Qayergadir qotirilasiz va qolasiz oʻsha joyda.

Yomon tarafi: siz qolipga tushasiz. Pepsi sizni almashtirgan kun sizda Coca-Cola’dan boshqa variant boʻlmaydi (mayli, «Milliy Cola» ham) Yaxshi tarafi: maosh va obroʻ

Eng yaxshi tanlov: startaplar

Ular pul kamroq boʻladi. Agentlik uchun toʻlov qilish imkoni ham. Siz TOV ishlab chiqasiz, senariylar yozasiz, kontent uchun gʻoya berasiz, saytni toʻldirasiz. Kreativ kampaniyalarda asosiy rolda boʻlasiz va hokazo. Koʻp narsalarni siz hal qila olasiz

Yaʼni siz jamoada gayka emas, qaysidir tizim boʻla olasiz.

Yomon tarafi: bosim. Sizda doim vazifa boʻladi, stress ham Yaxshi tarafi: oʻsa olasiz. Yaʼni siz marketingni ancha tushunasiz, kontent menejmentni ham, hatto dizaynni ham.

Tavsiyam: katta brendlarga qiziqmang! Ular istagan paytda sizni boʻshatib, boshqa bolt olib keladi. Siz esa gazli ichimlikka moslashgan kopirayter boʻlib, bir chetda qolib ketasiz

Oʻrta va kichik bizneslar eng yaxshi tanlov. Ularda ancha erkin va muhim inson boʻlasiz. Jamoada ham doʻstona muhit yashaydi. Hatto frilansda ham ishlayverasiz

*aslida agentlik yaxshiroq, ammo nailoj

Muallif: Nurbek Yuldoshev

Dasturlash, Koperayting
Agentlik yoki kompaniya?