AGATCHAGʻIL TOGʻI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AGATCHAGʻIL TOGʻI haqida malumot bilib oling.

AGATCHAGʻIL TOGʻI — OʻzR Surxondaryo viloyatidagi Sherobod-Sariqamish tizlasining bir qismi. Oqqapchigʻay darasidan Ulaynor dovonigacha (22 km ga) choʻzilgan. Mutlaq bal. — 1280—1300 m. A. t. ning jan.-sharqiy yon bagʻri tik va shim.-gʻarbiy yon bagʻri esa qiyaroq. Agatchagʻil togʻi zamini boʻr davrining yashil gil, qumtosh, alevrolit, gips va ohaktoshlaridan, suvayirgʻich qismi qattiq ohak-toshlardan tuzilgan. Ohaktosh qatlamining baʼzi joylari suvda erib, kichik gʻorlar hosil qilgan. Togʻ etaklarida quruqsoy koʻp. Soylarning tagini prolyuviy jinslari qoplagan.

Ensiklopediya.uz
AGATCHAGʻIL TOGʻI